“yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning zaruriyati, tamoyillari va dastaklari



Yüklə 331,8 Kb.
səhifə10/15
tarix27.12.2023
ölçüsü331,8 Kb.
#162124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2YASHIL IQTISODIYO1

Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar – bu hukumat tomonidan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (masalan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida to‘laydigan to‘lovlardir. Ushbu to‘lovlar ekotizim bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (jumladan, bio xilma-xillik 42 ni saqlab qolish) bilan bog‘liq holda to‘lanishi mumkin. Ushub iqtisodiy yondashuv fermerlar yoki er egalari, o‘z erlarini boshqaruvchilar va o‘z faoliyatlari natijasida iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini yumshatishga xizmat qiluvchilar ushbu faoliyatlari uchun to‘lovlar olishi, kim ushbu xizmatlardan manfaatdor bo‘lsa to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligiga asoslanadi. Mazkur kategoriya


41 CHiqindilar – ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, o‘zga buyumlar yoki mahsulotning qismlari, shuningdek o‘z iste’mol qilish xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar). O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 5 apreldagi “CHiqindilar to‘g‘risida”gi 62-II-son qonuni, 2-modda.
42 Biologik xilma-xillik – barcha manbalar, shu jumladan, quruqlik va dengizdagi, shuningdek, boshqa suv ekotizimlari va ekologik komplekslariga oid tirik organizmlar xillari (Bioloigik xilma-xillik to‘g‘risidagi Rio-de Jeneyro konvensiyasi. 1992 y.).
ekologiyaga zarar keltiruvchi subsidiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi. Bu sohada oxirgi yillarda qazib chiqariladigan yoqilg‘i turlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchi subsidiyalarni iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlari kuchayib ketish xavfi tufayli bekor qilishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Koreya Respublikasida yuqori energiya tejamkorligi va samaradorligiga ega uskunalarni ishlab chiqarish va foydalanishda kreditlar va soliq imtiyozlaridan foydalaniladi. Jumladan, KEA Energiyadan oqilona foydalanish loyihasi doirasida kichik va o‘rta korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Agar turli iqtisodiy loyihalarga investitsiyalar sarflashda yuqori samaradorlik sertifikatiga ega uskunalardan foydalanilgan bo‘lsa, daromad solig‘i yoki foyda solig‘idan 3/100 nisbatda mablag‘ korxona (o‘rta korxonalar uchun 5%, kichik va o‘rta korxonalar uchun 10%) ixtiyorida qoldiriladi43.

Yüklə 331,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə