Yeoju technical institute in tashkent “Bank ishi va Buxgalteriya hisobi” kafedrasi “Pul, kredit va banklar” fani


Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə3/6
tarix19.10.2023
ölçüsü5,97 Mb.
#128054
1   2   3   4   5   6
2-mavzu(3)

Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish undovchi omillari:
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning amaldagi shakllari
O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro kitoblar naqd pulsiz hisob kitoblarning quyidagi shakllari asosida amalga oshiriladi:
To‘lov topshiriqnomasi – to‘lovchi korxonaning uning bankdagi hisobvarag‘idan pul mablag‘larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka bergan yozma topshirig‘idir.
To‘lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to‘lovchi tomonidan rasmiylashtirilib, bankka topshiriladi. To‘lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi:
– tovarlar va xizmatlar uchun hisob kitoblar;
– notovar operatsiyalar bo‘yicha hisob kitoblar;
– markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bank ssudalar unga qo‘shilgan foizlarni qoplash uchun mablag‘ o‘tkazish;
– hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to‘lovlari.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOM
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3229
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda dastlab sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi oldindan umumiy to‘lov summasining 15 foizini to‘lagandan so‘ng, tovarlarni jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (2), sotib oluvchi shartnomada kelishilgan summani mol sotuvchining hisobraqamiga o‘tkazish maqsadida to‘lov topshiriqnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalter xodimi to‘lov topshiriqnomalarni tegishli nazoratdan o‘tkazgandan so‘ng mablag‘ni elektron to‘lov tizimi orqali respublika bankiga jo‘natadi (4), respublika aksiyadorlik tijorat Agrobankida elektron to‘lov topshiriqnoma tegishli dasturiy nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng sotuvchining bankiga jo‘natiladi (5), elektron to‘lov topshiriqnoma Agrobankning Oqtosh bo‘limida dasturiy nazoratdan, mablag‘ sotuvchining hisobiga kirim qilinadi va bu haqda unga xabar qilinadi (6).

Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə