Yer egaligi va soliq tizimi Sug’orish tizimi va tartiblari Hunarmandchilik va savdo-sotiq



Yüklə 74 Kb.
səhifə2/4
tarix31.12.2021
ölçüsü74 Kb.
#82150
1   2   3   4
XIVA XONLIGIDA YERGA EGALIK QILISH SHAKLLARI. ANDO AVSAT VA A’LO

Sug’orish tizimi va tartiblari

O’rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga qulay bo’lgan. Bu soha taraqqiyoti sug’orish ishlarining holati va suv ta’minotining qay darajada ekanligiga bog’liq edi. Shuning uchun ham sug’orish va suv ta’minoti sohasi O’rta Osiyoda muhim hamda davlat ahamiyati darajasiga ko’tarilgan. Qolaversa, xazingaga tushadigan asosiy daromadni dehqonlardan yig’iladigan soliqlar tashkil qilgan.

Har bir hududda aholi va ma’muriyat vakillari sug’orish sohasiga mas’ul va javobgar bo’lgan. Sug’orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan bu sohaning mutaxasislari – miroblar shug’ullanganlar. Ular sug’orish ishlari, suv inshootlarinign qurilishi, ta’minoti, ta’mirlanishi, tozalanishi suv ta’minotini yaxshi bilgan kishilar bo’lgan. O’rta Osiyoda sug’orish tizimi qadimdan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi. Mazkur ishlar asosan keng xalq ommasi tomonidan hashar yo’li bilan bajarilgan. Aholisi asosan sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan Farg’ona vodiysida sug’orish tizimiga katta e’tibor qaratilgan. Vodiy hududida yirik sug’orish inshoootlari – Shaxrihonsoy, Andijonsoy, Marg’ilonsoy, Yangiariq, Ulug’nor, Qoradaryo kabilar bo’lgan. Suv chiqishi qiyin bo’lgan joylarga maxsus qurilmalar – chig’irlar yordamida suv chiqarilgan. Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli sun’iy sug’orish tizimlari – kanallar hamda uning bo’ylariga qurilgan to’g’onlar orqali ekin maydonlariga yetkazilgan. Bu hududda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini asosan paxta va donli ekinlar tashkil qilgan. Bundan tashqari bog’dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.


Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə