Yer egaligi va soliq tizimi Sug’orish tizimi va tartiblari Hunarmandchilik va savdo-sotiq



Yüklə 74 Kb.
səhifə1/4
tarix31.12.2021
ölçüsü74 Kb.
#82150
  1   2   3   4
XIVA XONLIGIDA YERGA EGALIK QILISH SHAKLLARI. ANDO AVSAT VA A’LO
XIVA XONLIGIDA YERGA EGALIK QILISH SHAKLLARI. ANDO AVSAT VA A’LO

XIVA XONLIGIDA YERGA EGALIK QILISH SHAKLLARI. ANDO AVSAT VA A’LO
Reja:


  1. Yer egaligi va soliq tizimi

  2. Sug’orish tizimi va tartiblari

  3. Hunarmandchilik va savdo-sotiq



Yer egaligi va soliq tizimi

Xorazm dehqonchiligida eng qiyin muammo tuproqni ishlash va uning hosildorligini saqlash muammosi bo‘lgan. Xorazm sharoitida yerni sug‘orish ham qiyin muammo edi. Xorazmda ko‘p yer bo‘lishiga qaramay, har bir dehqon Amudaryoga tutashgan yerning har bir qarichi uchun qattiq kurash olib borar edi48. Daryo chetidan uzoqlashgan sari yer ishlanmas va ekilmasdan qola berar edi. Bunday yerlarga faqat suv jon kirgizishi mumkin edi. Xorazmda yerlar ikki usul bilan chig‘iriq bilan va chig‘iriqsiz sug‘orilar edi. Chig‘iriqsiz sug‘oriladigan yerlarga suv daryolardan ariqlar orqali chiqarilar, ariq suvlari yerlarning nishabiga qarab oqar edi. Yerni chig‘riq (chig‘ir) bilan sug‘orilgan taqdirda buning uchun daryoga katta chig‘iriq o‘rnatilar, bu chig‘iriqni suvning oqishi harakatga keltirmay, balki ot, ho‘kiz yordami bilan harakatga keltirilar, kichikroq chig‘irlarni esa odamlarni o‘zi aylantirib, harakatga keltirar edi.

Tabiiyki, sug‘orish inshootlarini muttasil ta'mirlab turish va yangi inshootlar qurish, katta sug‘orish tizimlarini qurishda ishni tashkil etish uchun juda ko‘p mablag‘ va kuch sarflash zaruriyati tug‘ilar edi. Shu sababli Xorazm vohasida davlat hokimiyati qanchalik barqaror bo‘lsa, sug‘orish tizimi shu qadar keng miqdorja olib borilar va foydalaniladigan yerlar ham shunchalik ko‘payar edi.

1860 yillarda qurilgan Daryoliq kanalining Yormish va Qilichniyozboy ariqlari oralig‘idan Amudan chiqqan suvni butun o‘zani bo‘ylab, Ko‘hna Urganchdan yuqorida Lavzan ariqqa quyilgan joyigacha uchta to‘g‘on qurilgan. Birinchi yuqori to‘g‘on mayli janganl mavzesida joylashgan edi. Bu joyda suv to‘g‘on orqali dam qilinib, hozirgi xonning amakisi (Muhammad Rahimxon Feruzning amakisi) amirulumaroga qarashli yerlar aynan shu yerdan sug‘oriladi. Shu sababdan ham to‘g‘onning nomi ham Amirulumaro to‘g‘oni deb ataladi50.

Ollohqulixon (1825-1842) taxtga o‘tirgandan keyin, 1839-1840 yili Munisning shogirdi va uning tarbiyasini olgan Ogahiyni chaqirib, 1813 yil voqyealarini bayon etishi bilan uzilib qolgan “Firdavs ul-iqbol” asarini davom ettirishni buyuradi. Ogahiy 1813 yildan boshlab Xorazmda sodir bo‘lgan voqyealarni yoza boshlaydi.

“Firavds ul-iqbol” uzoq davrni qamrab olgan bo‘lib, Markaziy Osiyo, ayniqsa, Xiva xonligi tarixini o‘rganishda qimmatli manbadir. Asarda Xorazmning qadimiy davri bilan bir qatorda, Xiva xonligining 1825 yilgacha bo‘lgan siyosiy tarixi bayon etilgan, toj-taxt, boylik uchun olib borilgan kurashlar va shuningdek, Xiva xonlarining turkman va qoraqalpoq xalqlari bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ham ko‘plab ma'lumotlar keltirilgan.

XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida davlat hokimiyatining markazlashuvi bilan Xiva xonligida irrigatsiya qurilishiga yanada e'tibor kuchayadi. “Firdavs ul-iqbol” asarida qayd qilinishicha xonlikda yangi yerlarni o‘zlashtirish munosabati bilan 1808-1815 yillarda Qilichniyozboy, 1838-1839 yillarda Toshsoqa kanallari qurilgan.

Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu Yei»lar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo’lingan.

1. Davlat yerlari (podshohi).

2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).

3. Vaqf yerlari.

Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlarning yerlari 2–3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari undan ham katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar. Ijara yerlarining hajmi 10 tanobgacha bo’lgan.

Xon va boshqa xususiy mulk yerlarida dehqonchilik qiluvchilar yarimchilar deb atalgan. Bunday deb atalishiga ular yetishtirgan hosilning yarmini ijara haqqi uchun berganliklari sabab bo’lgan edi.

Xonning qarindoshlari o’z xususiy yerlaridan davlatga soliq to’lamas edilar. Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, tarxon yer olganlar ham ozod etilgan edilar.

Mayda yer egalari tobora xonavayron bo’lib borganlar. Oxir-oqibatda, ular yerlaridan judo bo’lganlar.

Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishi, yirik sanoatning mutlaqo yo’qligi oqibatida G’arbiy Yevropa davlatlarida yersiz dehqonlar shaharga ish izlab borishdek imkoniyatga ega bo’lmagan. Oqibatda, ular qishloqda qolishga majbur boiganlar.

Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi. Shu boisdan Amudaryodan suv chiqarishga e’tiborberildi. XVIII asr 70-yillarida Davkor koli yonida kanal, XIX asr boshlarida esa Lavzan kanali, Qilich Niyozbiy kanali, Katta Xonobod kanali qurildi. Bu tadbirlar yerlarni sug’orish holatini yaxshilashga ko’maklashdi.

Xiva xonligida soliq va majburiyatlar haddan tashqari ko’p bo’lgan. Asosiy soliq salg’ut, ya’ni yer solig’i edi. Bundan tashqari, salgut (bir yo’la to’lanadigan soliq), miltiq puli (qurol sotib olish uchun aholidan yig’iladigan jarima), arava oluv (aholining qo’lidagi aravalarini davlat Ishlariga safarbar etish), uloq tutuv (aholining qo’lidagi otlar va tuyalarni safarbar etish), qo’nalg’a (elchilar va amaldorlarga ko’chib o’tish uchun joy berish), so’ysun (qo’nalg’a chog’ida amaldorlarni mehmon qilish uchun mol so’yish), chopar puli (soliq yig’ish xabarini yetkazuvchilar uchun haq to’lash), tarozuyona (tarozibonga to’lov haqi), mirobona (mirob uchun yig’im), darvozabon puli (yukni o’tkazganlik uchun shahar darvozasi qorovuliga to’lanadigan haq), mahalliy hukmdorga haq to’lash, qorovulga haq to’lash, pul solig’ini qabul qilayotganda xazinachiga haq to’lash, qo’riqbonga (o’rmon yoki yaylov nazoratchisiga) haq to’lash, mushrifona (hosilni tekshiruvchi va uning miqdorini aniqlovchi amaldorga haq to’lash), afanak puli (begar majburiyatini o’tash haqida xabar berganlik uchun to’lanadigan haq), chibik puli (ommaviy ishlarda qatnashishdan ozod etilgani uchun to’lanadigan haq), ruhoniylarga to’lanadigan haq.

Ko’rinib turibdiki, mehnatkash xalq 18 ta soliq va boshqa to’lovlar to’lagan. Hunarmandlar, tashqi savdo bilan shug’ulla-nuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to’lashgan.

Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) buyuk shoir, muarrix, iste'dodli tarjimon va davlat arbobidir. U Xorazmda Xiva xonligining poytaxti Xivadan 7-8 chaqirim uzoqlikdagi Qiyot qishlog‘ida tavallud topdi. Dastlabki ma'lumotni Qiyot qishlog‘ida olgach, Xiva madrasalaridan birida o‘qishni davom ettirdi. Muhammad Rizoning ma'naviy kamolotida amakisi – shoir, ulug‘ murabbiy Shermuhammad Munis (1778-1829) alohida o‘rin tutadi. Munis xon saroyida katta va mas'uliyatli lavozim – mirob lavozimida edi. Uning vafotidan so‘ng – 1829 yildan Ogahiy saroy ishlariga aralasha boshladi. Xiva xoni Olloqulixon uni mirob lavozimiga tayinlaydi. Saroydagi bu mansab ilm-fan, adabiyot va san'at shaydosi bo‘lgan Ogahiyning anchagina vaqtini band qilar edi.

Ogahiy buyuk lirik shoir edi. U “Ta'iz ul oshiqin” (“Oshiqlar tumari”) nomli hajman katta bo‘lgan devrn tartib qildi. “Bayozi mutafarriqai forsiy” majmuasini tuzgan.

Ogahiy zabardast muarrix sifatida o‘z salaflari Abulg‘ozi Bahodurxon, Shermuhammad Munis Xorazmiy kabi mutafakkirlar an'analarini davom ettirdi. U ustozi Munis tugatishga ulgurmagan Muhammad Xovandshoh Mirxondning “Ravzat us-safo” asarining birinchi jildi tarjimasini, “Firdavs ul iqbol” tarixiy asarini Olloqulixon topshirig‘iga binoan oxiriga yetkazdi. Bundan tashqari u o‘zi “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Shohidi iqbol”, “Jome'ul voqyeoti sultoniy”, “Gulshani davlat” nomli yirik ilmiy-tarixiy asarlar yaratdi. Ularda 1813-1873 yillar mobaynida O‘rta osiyoda ro‘y bergan tarixiy voqyea-hodisalar xronologik izchillikda bayon etiladi. Tarixiy asarlarda Ogahiy tasvirlayotgan ko‘p voqyealarning shohidi bo‘lganligi yoxud ishonchli manbalarga asoslanganligi ko‘zga yaqqol ko‘zga tashlanadi. Muarrix asarlarida badiiy ijodning ko‘plab namunalaridan, hikmatli so‘zlar, xalq maqollari, iboralari kabi xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘yoqlardan mohirona foydalandi. Ogahiy musulmon Sharqi mutafakkirlari asarlaridan yigirmadan ortig‘ini katta mahorat ila o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Mutafakkir o‘zining “Ta'viz ul-oshiqin” devonining “Debocha”sida ularning ro‘yxatini keltirib o‘tadi. Bu asarlar Kaykovusning “Qobusnoma” asariga aloqasi bo‘lmasa-da, ularning Ogahiy tomonidan tarjima qilingan qismlar “Qobusnoma” va Ogahiyning tarjimonlik faolyatining alohida jihatlarini yortishda yordam beradi.

“Guliston” – Shayx Muslihiddin Sa'diyning 8 bobdan iborat bo‘lgan didaktik asari bo‘lib, unda umumbashariy orzular ta'limiy-tarbiyaviy hikoyatlarda bayon etilgan. Ogahiygacha bu asar 14 asr oxirida Sayfm Saroyi tomonidan o‘zbek tiliga “”Gulistoni bit turkiy” nomi bilan erkin tarjima qilingan. 1909 yilda Toshkentda Murodxo‘ja domla Solihxo‘ja o‘g‘li ham tarjima qilgan va madrasa talabalariga qulay bo‘lsin uchun katta sharh bilan ta'minlagan. Asar “G‘ulomiya” matbaasidan bosmadan chiqqan. Keyinchalik G‘afur G‘ulom, Shoislom Shomuhamedov, Rustam Komilovlar o‘zbek tiliga tarjima qildilar. 1913 yilda atoqli pedagog, shoir Abdulla Avloniy Sa'diyning “Guliston” asariga nazira sifatida “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini yaratdi52. Ogahiy Sa'diyning “Guliston” asarini 19862-1863 yillarda o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

“Axloqi Muhsiniy”– XV asrda yashab, ijld qilgan allomalardan biri, Alisher Navoiyning do‘sti Kamoliddin Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1504) tomonidan yozilgan ta'limiy-ma'rifiy asar. Bu asarda ta'lim-tarbiya, bola arbiyasida ota-ona, mualimning o‘rni kabi masalalar keng yoritilgan. Xusayn Voiz o‘z davrining yirik axloqshunos oliim, voizlardan bo‘lib, “Anvari Suhayliy” (“Kalila va Dimna”ning fors tilidagi tarjimasi), “Futuvvatnomai sultoniy” kabi inson kamoloti haqidagi asarlari mavjud Ogahiy “Axloqi Muhsiniy” asarini umrining oxirida 1873 yilda o‘zbek tiliga o‘girgan.

“Daloyil ul hayrot”– XV asrda yashab faoliyat ko‘rsatgan aqidashunos Muhammad ibn Sulaymon Juzuliyning Muhammad payg‘ambar va uning sahobalari, avliyolari hayot haqida hikoya qiluvcht rivoyatlar, madhiyalar to‘plami bo‘lib, asar daloyilxon - talabalar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lgan. Ogahiy ushbu asarni Fasix al Qasriy tomonidan usmonli turk tiliga qilingan sharhini 1870 yilda tarjima qilgan.

“Zubdat ul-hikoyat” (“Hikoyalar sarasi”) – Boburiyzoda Avrangzeb hukmronligi davrida Hindistonda yashab ijod qilgan tarixichi olim Muhammad Vorisning tarixiy-badiiy, axloqiy asari hisoblanib, undagi axloqiy ta'limiy hikoyatlar podshoh Avrangzeb – Olamgir faoliyatiga bog‘liq holda tasvirlangan. Asarning Ogahiy tarjimasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda.

“Badoe ul –vaqoe” (“Go‘zal voqyealar”) –Zayniddin Mahmud ibn Abdujalil Vosifiyning memuar asari. Unda Ibn Sino, Ulug‘bek Mirzo, Muhammad Havofiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro kabi olim va shoirlar, davlat arboblari haqida nihoyatda qizikarli hikoyatlar keltirilgan. Asrlar davomida bu go‘zal asar yYevropa va rus sharqshunoslari B.A.Dorn, V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, ye.E. Bertelslar e'tiborini qozonib kelgan. 1961 yilda Moskvada professor A.N.Boldirev “Badoe ul-vaqyeo”ning ilmiy-tanqidiy matnini nashr ettirdi. Ogahiyshnos olim, professor Fathulla G‘anixo‘jaev ushbu asarning Ogahiy tarjimasini topishga muvaffaq bo‘ldi.

Ogahiyning xonlikda, ayniqsa, Muhammad Rahimxon Feruz oldida e'tibori nihoyatda yuqori edi. Faqat “Qobusnoma”ni emas, balki shayx Muslihiddin Sa'diyning “Guliston” asarini ham shahzoda Feruz topshirig‘iga binoan tarjima qildi.

Ogahiy va Feruz munosabatlari ko‘proq Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini eslatadi. 1863 yili Feruzning otasi Sayyid Muhammad vafot etadi. 19 yoshli Muhammad rahim Xiva xonligi taxtiga ko‘tariladi. Uning saltanat sohibi bo‘lishi toj-taxt uchun kurashlar, xunrezliklar bilan emas, balki saroy ahillarining “shuaro va fuzalo xayl”ning hohish irodasi bilan amalga oshdi. Bu holni Muhammad Yusuf Bayoniy “Shajarai Xorazmshohiy” asarida katta mamnuniyat bilan tasvirlaydi. Saltanat sohibini qutlash, bu voqyeaga bag‘ishlab tarix va qasida bitish Muhammad Rizo Ogahiy zimmasiga tushadi. Chunki o‘sha davrdagi saroydagi eng martabali inson Ogahiy edi. Uning 92 baytdan iborat Muhammad Rahimxon II – Feruzga bag‘ishlab yozgan 92 baytdan iborat “Ma'vizatnoma”si Bayniyning asarlarida qayd etilgan. Unda shoir yosh xonga davlatni adolat bilan boshqarish haqida pand-nasihatlar qiladi, buning uchun u tarixda o‘tgan hukmdorlar faoliyatini taxt sohibi ko‘z o‘ngida jonlantiradi, ularning olib borgan ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishga dav'at etadi. Chunki u umri davomida yetti xon hukmronligini o‘z boshidan kechirdi. Ogahiy davlatni adolat bilan boshqarishda zarur bo‘lgan fazilatlar bilan birga, saltanatni parokandalikka olib boruvchi illatlar haqida ham ogohlantiradi.

“Qobusnoma”ning o‘zbek tiliga tarjima qilinishida o‘sha davrda 16 yoshli shahzoda bo‘lgan Muhammad Rahim Feruz (1844-1910)ning xizmatlarini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim. Muhammad Rizo Ogahiy o‘z shogirdi yosh yigitcha valiahd Muhammad Rahim haqida gapirib, har qanday o‘yin-kulguni yig‘ishtirb qo‘yib, “kitobxonliqqa, ma'nidonliqqa” mashg‘ul bo‘lganini, ushbu “Nasihanoma”sini shahzodaning topshirig‘i bilan tarjima qilganini ma'nuniyai bilan izhor qiladi. “.....ul shahzodai ozodaning nazari anvori mutolaasiga yetishdi va musaffo xotiriga uni turkiy til bila tarjima qildirmoq tamannosi tushdi. Bu bandai faqir Muhammad Rizo Ogahiy edi....”

Muhammad Rahimxon 47 yil Xorazm vohasida davlat boshqardi, Shuning o‘ziyoq uning katta salohiyatli sultonligini, adolatparvar, ma'rifatparvar xon ekanligini ko‘rsatadi. Feruz Xiva tarixining eng og‘ir va xalq, mamlakat uchun eng tahlikali davrida – Rossiya imperiyasining mudhish istilosi yuqori bosqichga ko‘tarilgan davrda xonlik qildi.

Ogahiyning “Qobusnoma”ni tarjima qilishi uning keyingi she'riyat ijodiga ham katta ta'sir ko‘rsatgan. Alalxusus, asardagi umubashariy g‘oyalar uning ba'zi she'rlariga ko‘chib o‘tgan. Shoirning “Ustina” radifli g‘azalida Kaykovusning adolatli humronligi tarannum etilgan.XIX asrda O’rta Osiyo xonliklari agrar davlatlar edi. Aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli, yerga egalik tartiblari qandayligi, to’lanadigan soliq va to’lovlarning miqdori bilan belgilangan. Bu davrda yerlarning asosiy qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon, uning qarindosh va yaqinlari hamda bir qancha katta yer egalari qo’lida bo’lgan. Aholining aksariyati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mehnat qilganlar. Dehqonlar ijaraga olgan yerlari uchun bir qismi (ko’p hollarda hosilning 1/5 yoki 1/3 qismi) ni xiroj sifatida to’laganlar.

Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar “yarimchi” deb atalgan. Chunki ular olingan hosil yarmini ijara haqqi qilib to’lagan. Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklarida yerga egalik qilish shakllari deyarli bir xil edi. Ular uch turdagi yer egaligidan iborat bo’lib, amlok – davlat yeri, mulk – xususiy yerlar, shuningdek masjid va madrasalar, diniy muassasalarga qarashli – vaqf yerlari hisoblangan. Xonliklardagi yirik amaldorlar, harbiy sarkardalarga davlat tomonidan yerlar in’om etilgan. Vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob kitobi va taqsimoti bilan mutavalli shug’ulllangan. Aholi soliq va to’lovlarni mahsulot yoki pul ko’rinishida to’lagan. Bundan tashqari sug’orish insshootlari, yo’llar, ko’priklar qursih va ularni ta’mirlash kabi ishlarni majburiyat tarzida bajarganlar. Mehnat majburiyati aholinign ishlab berishi bo’lib, bu begar deb ham nomlangan.

Bu davrda aholidan xiroj, zakot, suv, tegirmon, tuz, mulk, tomorqa, bog’ solig’I va boshqa soliqlar yig’ilgan. Xiva xonligida asosiy soliq solg’ut deb atalgan. Harbiy majburiyatda har bir erkak kishi oziq ovqati, qurol aslahasi bilan qatnashishi kerak bo’lgan. Chorvador aholi chorva mollaridan zakot solig’I, yaylov va suvdan foydalanganligi uchun ham Bu davrda shahar aholisi hunarmad va savdogarlardan savdo puli,do’kon puli, tarozi puli kabi soliqlar olingan. soliqlar to’lagan.



Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə