O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi soliqlarning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 105,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü105,55 Kb.
#162393
  1   2   3   4



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
 
VAZIRLIGI 
 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
 
SIRTQI BO’LIMI
 
 
Iqtisodiyod yo’nalishi 19.8
6 gurux talabasi
Sobirjonov Sodig

jonning 
MUSTAQIL ISHI
 


O’zbekistonda soliq–
byudjet siyosati va soliq 
tizimining xususiyatlari 

 
 
 
 
 
 
 
 
Reja: 
1.
 
O'zbekiston soliq siyosatining mazmuni, strategiyasi va taktikasi. 
2.
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarni 
rivojlantirishda soliq siyosatining o'rni. 
3.
 
Soliq guruxlari va tasnifi. 
4.
 
Soliq funksiyalari. 


Tayanch iboralar:
bozor iqtisodiyoti sharoiti, moliyaviy munosabatlarni 
rivojlantirish, soliq siyosatining o'rni, soliqlarning obyektiv zarurligi, O'zbekiston 
soliq siyosatining mazmuni, strategiya va taktikasi, O'zbekiston soliq tizimi, uning 
tartibi , vazifalari, soliqlarning tasnifi.
Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-
tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z 
mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi. 
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib 
chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va 
rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pu

munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati 
xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. 
Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul 
fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi. 
Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan 
bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin: 
Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, 
daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan 
soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun 
solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va 
daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer 
soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. 
To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan 
(foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta
shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona
va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun
xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining 
daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri 
soliqlarning eng yirik daromaddir. 


Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq 
bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama 
tarzda belgilanadi. Ular so'zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va 
iste’mol ni kamytiriladi. Bu soliqlarni ba’zan iste’mol soliqlari deb xam ataladi. 
Bundan qaraganda ularni 
guyo maxsulot sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi 
to'laetgan bo'ladi. Aslida esa ularning xaqiqiy to'lovchisi tovar va xizmatlarni 
iste’mol qiluvchilar bo'ladi. Egri soliqlar guruxiga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz 
solig'i va bojxona bojlari kiradi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari 
mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq 
stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi. 
Biz avvalo soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarni bir-biridan farqini 
bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jixatdan soliq tizimi soliqlar yig'indisi tushuniladi. 
Soliq solish tizimi esa tashkiliy jixatdan, tuzilish usullari yig'indisi tushuniladi, 
Ya’ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yig'indi
sidir. 
Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy majlis tomonidan belgilangan va 
ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tuzilish usullari va tamoyillari 
yig'indisiga aytiladi. Bu tizimning urni jamiyatning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bilan 
aniqlanadi. 
Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan 
iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi,
soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi. 
Soliq subyekti bu soliq munosabatlarni tashkil qiluvchilar. Bularga asosan
soliq to'lovchilar:
yuridik shaxslar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-axoli kiradi. 
Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, Ya’ni soliq oluvchi.
Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati, 
tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi bilan 
ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida. 
Ma’lumki biz o'tgan mahruzamizda soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi 
tushunchalari o'rtasida farq bor degan edik. Soliq tizimi nazariy jixatidan soliqlar 


turlarining yig'indisidan iborat, soliq solish tizimi esa soliqqa tortish amaldagi 
uslublari yig'indisidan iborat deb tushuntirgan edik. O'tgan mahruzada 
aytganimizdek bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan ekanmiz soliqqa tortish tizimi 
bilan bir qatorda soliq tizimini xam islox qilish zaruriyatiga aylandi. 
O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan 
"Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga 
binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu 
davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim 
soliq turlari bekor qilinib, ularning qrniga yangilari kiritildi. 
1992 yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va 
tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat 
solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va 
yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan 
tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi. 
Soliq tizimiga bunday o'zgartirishlar kiritishning zaruriyati nimada? 
Birinchidan, Ma’muriy
- buyruqbozlik uslubiga asoslangan sobiq ittifoq 
davrida davlat korxona daromadlarini xoxlagan istagi bo'yicha taksimlar edi. Soliq 
stavkalarini davlat xoxlagan paytda va xoxlagan miqdorda o'zgartirar edi. 90 - 
yillarga qadar foydadan ajratma stavkasi orqali korxona foydasining 90 % gacha 
byudjetga olib qo'yilar edi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari bunday o'zgartirishlar
qilinishiga yo'l qo'ymaydi, sababi korxonalarda moddiy manfaatdorlik va 
rag'batlantirish yuqolganligi bo'lib, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga qiziqmay 
qo'yadilar, ishlarida o'sish bo'lmaydi, korxonalarda boqimandalik kayfiyati, davlat 
dotatsiyasiga ko'z to'tish kabi illatlar tug'iladi. Bu illatlardan qutulishning yagona 
yo'li soliq tizimini qayta qurish xisoblanadi. Ikkinchidan, korxonalar moliyaviy 
erkinlikka ega emas edilar. Qancha maxsulot ishlab chiqarilish kerak, ularning xom 
ashyosi qaerdan olinadi, maxsulot birligiga qancha xom ashyo ishlatilishi kerak, 
ishchilar soni, ish xaqi miqdori, elektr energiya va yoqilg'i sarfi, tovarlar baxosi 
markaz tomonidan boshlab berilar edi. Bu bozor iqtisodiyoti talablariga zid 
bo'lganligi uchun xam korxonalarga moliyaviy erkinlik berilishi zarurligi tug'ildi. 


Uchinchidan, ish xaqi xarajatlarining oshib ketishi natijasida davlat g'aznasiga 
tushadigan foydadan ajratmalar miqdori kamayib ketganligi sababli uning qrniga 
yalpi daromaddan soliqqa tortish zaruriyati paydo bo'ldi. To'rtinchidan, bozor 
iqtisodiyotiga o'tish davrida ishlab chiqarish darajasining pasayishi, infliyatsiya, 
ishsizlarning ko'payishi, moliyaviy tanqislik, baxolarning keskin oshib ketishi kabi 
xodisalar yuz berdi. Ularni qoplash uchun zarur daromadlar bo'lishligi talab etiladi. 
Bu daromadlarni faqat to'g'ri soliqlar orqali byudjetga jalb qilish etarli bo'lmay 
qoladi. Shuning uchun, to'g'ri soliqlardan tashqari egri soliqlarni xam qo'llash 
zaruriyati tug'uldi. 
Beshinchidan, mustaqillikka yerishgan xar bir davlat o'zining mustaqil soliq 
tizimiga ega bo'lishi kerak. Bu xam iqtisodiy, xam maonaviy jixatdan zaruriyat 
xisoblanadi. Shu sababli xam soliq tizimi isloxati amalga oshrilimoqda. 
Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan 
soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir. 
Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni 
aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular: 
Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta 
taqsimlash vazifasi; 
Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish; 
Axolining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish vazifalari. 
O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini 
tanlab oldi va uni jamiyatda bosqichma-bosqich muvaffakiyatli amalga 
oshirilmokda. Ushbu tanlangan yo'lning moxiyati O'zbekiston Respublikasining 
Prezidenti I.A.Karimovning besh tamoyilida taxriflab berilgan. Bu qoida 
O'zbekiston davlat qurish va iqtisodiy islox qilish dasturining o'zagi bo'lib ularning 
moxiyati quyidagichadir: 
Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun 
iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi; 
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi; 
Uchinchidan, qonunlarga rioya qilishning xamma narsadan ustivor bo'lishi; 


To'rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazilishi; 
Beshinchidan, bozorga iqtisodiyotiga o'tishni bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi; 
Iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot 
mafkuradan xoli qilinishi: 
Bu tamoyilning mahnosi shuki, iqtisodiy islohotlar xech qachon siyosatning 
ta’siri ostida 
bo'lmasligi, Ya’ni biror bir mafkuraga buysundirmasligi kerak. Bu esa 
iqtisod xamisha siyosatdan ustun turmogi kerak. Na siyosat, na mafkura 
iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tayzik o'tkazish darajasiga kutarilmasligi, xam 
ichki, xam tashki iqtisodiy munosabatlar xar qandaymafkuradan xoli bo'lishi lozim. 
Avval iqtisodiyot keyin siyosat, "avval taom, badaz kalom" degan xikmalar bekorga 
aytilmagan. Butun insoniyat tajribasi shuni ko'rsatadiki, xar bir ishchi, muxandis, 
texnik o'z ish joyida korxona, birlashma, tsexlarda o'zini xujayin deb xis qilish, o'z
mexnatining pirovard natijasidan moddiy jixatdan manfaatdor bo'lishi kerak. Ular 
ishlab chiqarilgan traktor, mashina, taer va boshqa maxsulotlar ichki bozorda va 
jaxon bozorida, bozorning o'zi belgilab beradigan narxlar bo'yicha erkin sotilish 
kerak. Bozor qoidasiga ko'ra kimning maxsuloti yuqori sifatli, kurinishi yaxshiroq 
va narxi arzonlik bo'lsa, qsha maxsulotga talab boshqa maxsulotlarga nisbatan 
ko’proq bo'ladi. Bunday vaziyatda bozorga xech
qanday siyosat yoki mafkura o'z 
ta’sirini o'tkaza olmaydi. Soliq tizimi Respublikamiz ijtimoiy iqtisodiy xayotidagi 
xarakatiga qarab xilma xil guruxlarga bo'linadi. Soliq tizimi iqtisodiy moxiyatiga 
qarab, kelib tushish manbaiga qarab, byudjetga o'tkazish nuqtai nazaridan 
qo'llaniladigan stavkalarga va soliq imtiyozlariga qarab guruxlanadi. Ularni aloxida-
aloxida ko'rib chiqamiz. 
Iqtisodiy moxiyatiga qarab guruxlanish. Iqtisodiy moxiyatiga qarab 
O'zbekiston soliqlarini to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar 
xaqikiy daromad oluvchi yoki mulk egasidan olinadi. Ularning oboekti yalpi 
daromad, mulk qiymati, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar xisoblanadi. 
Egri soliqlar esa sotilayotgan tovar, bajarilayotgan ish, ko'rsatilayotgan xizmat 
qiymati ustiga ustama qo'yiladi. Egri soliqlarni to'lovchilar sotilgan tovar va 


ko'rsatilgan xizmatni dastlabki iste’mol qiluvchi korxonalar va yakuniy iste’mol 
chilar, Ya’ni, axoli xisoblanadi. Byudjetga kelib tushish manbaiga qarab huquqiy va 
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo'linadi. Huquqiy shaxslardan QQS, 
aksiz solig'i, Respublikadan tashqariga chiqarib sotiladigan tovarlar va maxsulotlar 
solig'i, qimmatli qog'ozlar opreatsiyalariga solinadigan soliq, daromad solig'i, 
korxonalar mol-mulki solig'i, korxonalar transport vositalari solig'i, yer solig'i, 
jamoa a’zolarining mexnat xaqi fondi solig'i, sanoat ko'rilishi solig'i va boshqalar 
olinadi. 
Jismoniy shaxslardan daromad solig'i, axolining mol-mulk solig'i, transport 
solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, maishiy va xisoblash texnikalarini qayta sotish 
solig'i va boshqalar olinadi. 
Byudjetga o'tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy 
soliqlarga bo'linadi. 
Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to'g'ri davlat byudjetiga, 
qaysilari esa maxalliy byudjetga tushishi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Ammo shu aniqki 
davlat byudjetiga tushgan mablag'larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib 
beriladi. 
Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bunday 
guruxlanish Soliqqa tortish oboektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro 
munosabatlariga bog'liq buladi. Bevosita soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va 
mol-mulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to'lanadigan yoki taxrifga kiritiladigan 
tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi. 
Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq 
to'lovchining mol-mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi. 
Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab 
chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan 
belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq ishlarini 
tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi. Soliq siyosati davlatning moliya 
siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir. 


Xar qanday iqtisodiy kategoriyaning bajaradigan funksiyasi bo'ladi. Funksiya 
- bu soliq kategoriyasining amaliyotdagi xarakatidir va soliqlarning moxiyatini 
ochib beradi. Funksiya deganda kategoriyaning xaetda ko'p tarkaladigan va
takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunamiz. Bizni fikrimizga kura soliq
quyidagi funksiyalarni bajaradi: - xazina (fiskal) funksiyasi: 
" Fiskal funksiyasi 
" Rag'batlantirish funksiyasi 
" Nazorat funksiyalari mavjuddir. Ayrim iqtisodchilar fikrlari bo'yicha 
taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solishlarni xam ko'shadilar. Lyokin bizni 
fikrimizga kura soliqlar asosan 3 - ta funksiyani bajaradi, taqsimlash va 
iqtisodiyotni tartibga solish asosan uchta funksiyani ichiga kirib ketadi. Xazina 
(fiskal) funksiyasi. Fiskal (lotincha Fiscus so'zidan olingan bo'lib, gazna degan 
mahnoni anglatadi) xusuiyatiga ega ekanligidir. 
Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-
shar
oit vujudga keltiradi. Byudjet daromadlarini ta’minlash soliq tizimi 
vazifalaridan bittasi xolos. Soliq tizimi ana shu vazifani xal etar ekan, jamgarma va 
ishlab chiqarishning usish jarayonlariga tuskinlik kilmasligi, ijtimoiy adolatni 
bo'zmasligi, xalq xo'jaligi to'zilishida buzilishlar va chetga chikishlar sodir 
bo'lishiga yo'l kuymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi zarur. 
Bozor munosabatlarning shakllanishi va riaojlanishi sharoitida aynan soliqlar 
davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishd
an asosiy vositalardan biri bo'lib 
kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni
rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani 
kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining 
rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar 
olib boriladi. 
Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining axamiyati bozor 
sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari 
yuk bo'lib ketadi yoki juda oz xolda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, 
ko’rsatmalar va buyruklar yerdamida idora qilish huquqiga ega bo'lgan "yuqori 


tashkilot" tushunchasining o'zi asta-sekin yo'qola bordi. Biroq iqtisodiy faollikni 
izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun makbo'l bo'lgan yunalishda 
rag'batlantirish zaruriyati saklanib qoladi. 
Shunday qilib, soliqlarning rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish 
korxonalar yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa 
imtiyozlar beriladi. Bu funksiyasi orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
korxonalarga imtiyozlar berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy axvolini 
yaxshilashga xizmat qiladi. 
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy 
maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat 
qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash 
zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri 
belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini 
nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib 
boriladi. Soliqlarning n
azorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam 
kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib 
qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan 
tashqari soliq obyektilarini buyum shaklida xam to'liqligi, maxsulotlar koldiklari 
xom ashe va yoqilgilardan boshqa manbalardan foydalanish ustidan xam nazoratga 
aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi soliq idoralarini xodimlarining 
kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy asosini tashkil etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona iqtisodiy 
qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi. 



Yüklə 105,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə