Yer tuzishning ilmiy asoslari


səhifə17/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

Agrosanoat majmuasining yer fo n d i -
bu qishloq xo'jaligi ham da 
tarm oq m ahsulotini qayta ishlovchi, uning uch u n ishlab chiqarish 
vositalarini tayyorlovchi va unga xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning 
yerlaridir. O 'zbekiston agrosanoat m ajm uasi katta yer resurslariga 
ega. Uning samarali faoliyat ko'rsatishi har xil tarm oqlar korxonalarini 
to 'g 'ri joylashtirishni, qishloq xo'jaligini hududiy tashkil etishning 
oqilona tizim ini, yerlardan foydalanish va uni m uhofaza qilish uchun 
qulay sharoit yaratishni nazarda tutadi.
Yer fondlarini boshqarish m ahalliy m a’m uriyat organlari va Yer 
resurslari bo'yicha davlat qo'm itasi tom onidan o 'z vakolatlariga mos 
tarzda, O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Yer kodeksi»ga 
asosan amalga oshiriladi. Yerni tasarruf etish bo'yicha asosiy vazifalar 
qishloq va tu m an (shahar) m a’muriyatlariga yuklatilgan. M ulklarida 
yer uchastkalari b o 'lg an fuqarolarga ularn i sotish, m eros qilib 
qoldirish, sovg'a qilish, garovga qo'yish va ijaraga berish, almashish 
huquqlari berilgan. Yer uchastkalarini sotib olish va sotish albatta 
mahalliy m a’m uriyatda rasmiylashtirilishi kerak.
Yer fondini boshqarish bo 'y ich a m uhim vazifalarni yer tuzish 
organlari, Yer resurslari bo'yicha davlat qo'm itasi yechadi. U lar yer 
islohoti, davlat yer kadastri, yer m onitoringi, yer resurslaridan 
foydalanish va ularni m uhofaza qilish chizm alarini, yer tuzish chiz- 
malari va loyihalarini, eroziyaga qarshi va boshqa tadbirlarni tayyorlash 
va amalga oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi. Yer tuzish organlari 
yerlarni tasvirga olish va xaritalash, tuproq, geobotanik va boshqa 
izlanishlarni ham o'tkazadi.
37


Yer tuzish organlarining vakolatlari doimiy ravishda kengay- 
moqda. Yer resurslari bo 'y ich a davlat qo'm itasiga tum an, shahar va 
viloyat hokim iyatlarining yerlarni olish va berish bo'yicha qonunga 
zid qarorlarini to 'x tatish huquqi berilgan.
Yer fondini boshqarishda tabiatni m uhofaza qilish va tabiatdan 
oqilona foydalanish bo 'y ich a davlat organlari qatnashishadi. Ular 
kom pleks tabiatni m uhofaza qilish faoliyati, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish va ularni m uhofaza qilish sohasidagi vazirliklar 
va qo'm italar ishlarini muvofiqlashtirish va yagona ilmiy-texnik siyosat 
olib borish uchun javobgardirlar. Ular ekologik m e’yorlarni, qoidalar 
va standartlarni tasdiqlaydilar, davlat ekologik ekspertizasini olib 
boradilar, qo'riqxona ishlarini boshqaradilar. Ular faoliyatining asosi 
b o 'lib O 'zbekiston R espublikasining «Tabiatni m uhofaza qilish 
to 'g ‘risida»gi Q onuni (1992 y) xizmat qiladi.
Yer qonunchiligi yer m unosabatlarini tartibga solish, yerga egalik 
qilish va yerdan foydalanish bo'yicha har xil darajadagi m a’m uriyat- 
larning va saylanadigan organlarning vakolatlarini aniqlab beradi. 
Mahalliy hokim iyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi: yerlarni 
berish va qaytarib olish, yer tuzish va yer kadastrini yuritishni 
tashkil etish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan 
nazorat o'rnatish. Markaziy hokimiyatga um umiy yer m uam m olarini 
yechish yuklatilgan.
O 'zbekiston yer fondini boshqarish vazifasi davlat darajasida 
barcha viloyatlar va Q oraqolpog'iston Respublikasi m anfaatlarini 
qam rab oladigan ishlarni bajarishni nazarda tutadi, shu jum ladan:
• yerlarni davlat ehtiyojlari uchun ajratish;
yer dasturlarini, yerga egalik qilish, yerdan foydalanishning 
va yer munosabatlarini tartibga solishning oqilona mexanizmini ishlab 
chiqish;
• yerdan foydalanish va uni m uhofaza qilishni mos qonuncni- 
likni rivojlantirish asosida huquqiy ta ’minlash;

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə