fatidagi vazifalarini o ‘rganadigan, bir fanning har xil tom onlari
sifatida xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy fanlarning yaqin o'zaro
ta ’siriari kuzatiladi. Yerning iqtisodiy vazifasi m ehnatning eng
aham iyatli sharti va u m um iy ishlab
chiqarish vositasi sifatida
dehqonchilik va butun qishloq xo‘jaligi chegaralaridan ancha uzoqqa
chiqadi, sababi, yerda ijtimoiy faoliyatlarning ham m a turlari (ishlab
chiqarish bilan bog'liq va bog‘liq b o ‘lm agan) amalga oshiriladi.
Yer tuzish nazariyasi va am aliyoti um um an xalq xo‘jaligida va
ayniqsa, agrosanoat m ajm uasida ilm iy-texnik taraqqiyot bilan
cham barchas bog‘liq. Yer tuzish fani o ‘z rivojlanishida iqtisodiy,
tabiiy, texnik, huquqiy, qishloq xo‘jalik va boshqa fanlar yutuqlaridan
ham foydalanadi. Yer tuzish tab iat va jam iyat qonuniyatlarini
qanchalik t o l a aks ettirsa, fan va
texnikaning oxirgi yutuqlarini,
ishlab chiqarish talablari va ijtimoiy sharoitlarni yanada yaxshiroq
hisobga oladi, yerlardan foydalanish va uni muhofazalash, hududni
tashkil etish shakllari maqsadga m uvofiqroq b o ‘ladi.
Yer tuzish chizm alari va loyihalarida aks etdiriladigan,
yerdan
foydalanishni tashkil etishga o ‘zgarishlar va yaxshilashlar kiritadi-
gan barcha yer tuzish tadbirlari har tom onlam a asoslangan b o ‘lishi
kerak. Loyiha fanni ishlab chiqarish bilan bog‘laydi. Shuning uchun
ham yer tuzish ishlarini loyihalash va asoslashning samarali usullari
judayam zarur. B unday m asalalar yechim ining ilmiy usullarini
ishlab chiqish bilan ilmiy fanlar
- yer tuzishni loyihalash, yer
tuzishning ilmiy asoslari, yer tuzishda m odellashtirish kabi fanlar
shug'ullanadi.
CTtkazilgan izlanishlar asosida amaliy ishlar maqsadlari uchun
yo'riqnom alar, ko‘rsatm alar, qo'llanm alar, m e’yorlar, standartlar
ishlanadi, ular keyinchalik fan yutuqlariga
va ishlab chiqarishning
yangi talablariga mos ravishda yangilanadi.
95