Yetim bolalar bilan olib boriladigan xizmat kirish asosiy qism I bob yetim bolalar bian olib boriladigan ijtimoiy pedagogi xizmat


ijtimoiy pedagogikada yetim bolalarni farzandlikka olish faoliyati



Yüklə 35,15 Kb.
səhifə5/5
tarix23.12.2023
ölçüsü35,15 Kb.
#156260
1   2   3   4   5
6-mavzu Yetim bolalar bilan olib boriladigan faoliyat-fayllar.org

2.2 ijtimoiy pedagogikada yetim bolalarni farzandlikka olish faoliyati
10 yoshga toʻlgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.
Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda aniqlanadi.
Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan boʻlsa va ularni oʻz ota-onasi deb eʼtirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi:
Farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.
Sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisida qarori chiqarilgunga qadar ota-ona bergan roziligini qaytarib olishga haqli.
Qanday hollarda farzandlikka olish ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi?
ota-onaning kimligi nomaʼlum boʻlsa;ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa;ota-ona muomalaga ayoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa;
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan boʻlsa.
Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari
Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi.
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yoʻqotadilar hamda oʻzaro majburiyatlardan ozod boʻladilar.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini koʻzlab, bolaning huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining iltimosiga koʻra, agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining iltimosiga koʻra saqlanib qolishi mumkin.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga koʻra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin.
Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.Farzandlikka olishga oid maʼlumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan boʻlsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini oshkor qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi boʻlgan yoki oʻz vatanida turli sabablarga koʻra farzandlikka olinishi mumkin boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekistonga kirishi va Oʻzbekistonda doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston vakolatli organining (ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari) ruxsatnomasi talab qilinadi.


http://fayllar.org
Yüklə 35,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə