Yetim bolalar bilan olib boriladigan xizmat kirish asosiy qism I bob yetim bolalar bian olib boriladigan ijtimoiy pedagogi xizmat



Yüklə 35,15 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü35,15 Kb.
#156260
1   2   3   4   5
6-mavzu Yetim bolalar bilan olib boriladigan faoliyat-fayllar.org

Kurs ishning ob'ekti. Yetim bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik jarayonida ularning ta`lim tarbiyasini o`rganish
Kurs ishning vazifalari. Yetim bolalarni xar tomonlama qo`llab quvatlash va ularning ruxiy jarayoni talim tarbiyasi borasidagi

I BOB Yetim bolalar bian olib boriladigan ijtimoiy pedagogi xizmat

1.1.Yetimlikning kelib chiqishi sabablari.


Ota-ona qaramog`ida bo’lmagan bolalar. Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar bo’lgan, hozir ham mavjud va keyin ham bo’ladi. Bunday hollarda davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas`uliyatini o’z zimmasiga oladi.


Ota-onasini yo’qotgan bola bu, haqiqatan ham, fojia. Ota- onaga ega bo’lish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biridir. Ota-onasiz bolalar o’z-o’zidan “yetim”degan maqomni oladilar. “Yetim” va “ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir- biridan farqlanadi.
Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bolalardir. Ijtimoiy yetim bolalar esa biologik ota-onalari bor-u, biroq ular turli sabablarga ko’ra uninx tarbiyasi bilan shug`ullanmaydilar. Bu holatda ham unga g`amxo’rlik qilishni davlat o’z zimmasiga oladi. Ijtimoiy yetimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo hisoblanadi.
Bola muammolarini o’rganish bilan shug`ullanayotgan pedagog va psixologlar, hayotining ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini belgilab berishini aniqlashgan. Ota-onasidan va, umuman, yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojiga katta ta`sir ko’rsatadi.
Bolalik insonning ruhiy bardoshlidigini, hayotga qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta`minlovchi asosiy xislatlarning shakllanish davridir. Bu ma`naviy xislatlar betartib shakllanmasdan, ota-ona mehri ta`sirida, oilaning bola oldidagi har tomonlama mas`uliyat va majburiyatlaridan kelib chiqib shakllanadi.
yetimlikning barcha sabablarini sanab o’tish mushkul, chunki bu turli fan sohalarning (tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va boshqalar) olimlari shug`ullanayotgan ko’p jihatli muammolardan biridir. Biroq yetimlikning asosiy uchta sababni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
  • ota-onalarning (odatda, onalarning) o’z voyaga etmagan


bolasidan voz kechishi, asosan, go’daklik davridagi boladan voz kechishi;



  • uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib quyilgandan so’ng oiladan majburan ajratib olish;


  • turli sabablar bilan ota-onalarning vafoti.


Bunday holatlarda yetim bolalarni boqish, ularga ta`lim-


tarbiya berish va himoyalash uchun qonun bilan belgilangan vasiylik shakllari mavjud.
Vasiylik — voyaga etmagan yetim bolalarga ular voyaga etguncha g`amho’rlik qilish va ularga qolgan mol-mulkka qarab turish, ya`ni ma`naviy otalik. “Vasiy” deganda muomalaga layoqatsizlarni shaxeiy va mulkiy huquk,larini qo’riqlovchi shaxe tushuniladi. Yetim bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: bolalikka olish yoki davlat qaramog`iga topshirish Homiylik — biror kimsani himoya etish, tarafini olish. SHuninguchun, “homiylik” deganda, bu kabi majburiyat zimmasiga yuklatilgan shaxe yoki muassasa tushuniladi. Homiylik yuklatilgan shaxe yoki korxona ‘‘homiy” deyiladi.
Shunday qilib, ota-onalar qaramog`isiz qolgan bolalarga ota-onalari:
  1. vafot etgan;


  2. ota-onalik huquqidan mahrum bo’lgan;


  3. bedarak yo’qolgan;


  4. muomalaga layoqatsiz;


  5. axloq tuzatish koloniyalarida jazo o’tayotgan;


  6. jinoyat sodir etishda ayblanib, hibeda bo’lgan;


  7. bola tarbiyasidan bo’yin tovlayotgan;


  8. vaqgincha shifo, ijtimoiy maskanlarga joylashtirilgan, biroq olib ketilmayotgan bolalar kiradi.


Bolani asrab oluvchi oila bolaning yuridik jihatdan yangi oilasi hisoblanadi. Bola u oilaning familiyasini olishi, oila esa unga boshqa ism ham berishi mumkin. Oila bolalikka olingan bolaning barcha huquq va majburiyatlarini o’z bolalarining huquq va majburiyatlariga tenglashtiradi. Bolalikka olish bir nechta bosqichda amalga oshirilishi mumkin bo’lib, bunda avval bolaga shu mintaqada yangi ota-ona topishga harakat qilinadi, agar buning imkoni topilmasa, u holda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashqarida qidiriladi.


Bola asrab oluvchi ota-onalar bolali yoki bolasiz bo’lishi ham mumkin. SHuningdek, to’liqsiz oilalar, yakka shaxslar ham bola asrab olishi mumkin. Ularni bolani o’z oilasiga qabul qilishga undovchi bir qator sabablar mavjud bo’lib, bular quyidagilardan iborat:

fiziologik sabablarga ko’ra o’z bolasi bo’lmagan holatda bolali bo’lish xohishi;


o’z bolasining vafot etishi;
o’z bolalari ulg`aygach, yana bolali bo’lish xohishi;
jamiyatda muhtoj bolalarga rahmdillik hissi;
yolg`izlik hissi;
diniy sabab va boshqalar.,
Bolani oilaga berish, avvalambor, bunday oilalarni tanlab olish, ularni bu faoliyatga tayyorlashning samarali mexanizmini ta`minlaydigan me`yoriy-huquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi.
Bola asrab oluvchi oilalar va ularda vazifalarning farqlanishiga qaramay, ijtimoiy pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator umumiy qoidalarni keltirish mumkin. Bu faoliyatni bir qator bosqichlarga ajratsak bo’ladi: oilalarni tanlash, ota-onalarni o’qitish, bolalar ta`lim-tarbiyasi masalasi bo’yicha faoliyatlarining patronajini o’tkazish va boshqalar. SHuningdek, ijtimoiy pedagogning faoliyati doim boshqa oilada uning keyingi taqdiri o’z oilasiga qaytishi, bolalar muassasaga yuborilishi mumkin. Kelishi, uni oiladan ajragib tirganini nazarda tugadi. Bular ga inqirozining tuta sh i va shu
bir oydan bir necha yilgacha uni qabul qiluvchi oilada qisqa inqirozli holatda yoki to’sagdan va, unga shoshilinch yordam beruvchii qabul qiluvchi oilada uzoq pi uzoq reabilitatsiya jarayoni lamium mumkin. asiga kelayotgan bolalar 1 g i n i (ijtimoiy qarovsiz. i nuqsonlar) inobagga olib. al rivojlanishi uchun alohida shik qilinishi lozim. Bular vaziyat bilan bogliq stress . Bunday oilaning asosiy bilan aloqalarni uzmaslik shart. Agar bolani uz oilasiga olsa. u holda bolaning keyingi o’rganguncha , bola vaqtinchalik .moshlanguncha nazorat qilinadi.
Dunyo miqyosida ijtimoiy yetimlar soni borgan sari oshib bormoqtsa. SHuning uchun davlat, birinchi navbatda, bolani oilada saqlab qolish va davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishning oldini olishga barcha kuchini ishga solish kerak. Agar bolani oilada saqlab qolishning iloji bo’lmasa, uning uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda, bolaning etnik guruhi, mahalliy an`analari bilan bog`liq muhitda qolishi uchun shart-sharoit yaratiladi.
Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga doyr ijtimoiy qarorlar tizimi tarkib togtmoqda va mustahkamlanmokda. Ularga quyidagi variantlarni kiritsak bo’ladi;
- bolani o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalari ga topshirish. Agar bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa, unda uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug`ullanadi.
Go’daklar uyida 3 yoshgacha bo’lgan ota-onasi tashlab ketgan bolalar, tugma yetimlar tarbiyalanadi, keyinchalik ular bolalikka olinadilar yoki bolalar uyi hamda maktab- internatlarga yuboriladilar. Bolalar uyining maktab- internatdan asosiy farqi, uning tarbiyalanuvchilari shu atrofdagi maktablarda ta`lim olishadi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari esa o’sha muassasaning o’zida ham yashashadi, ham ta`lim olishadi.
O’z oilasidan boshqa joyda ulg`ayayotgan bola doimo g`ayritabiiy hodisadir. Go’dak hayotining ilk haftalarida, hayotga eng qulay sharoitlarda, onasiz tarbiya 90% holatlarda uning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Internatturidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va emotsional deprivatsiyadan azob chekishadi, sensor jihatdan orqada qolishadi. Bu bolalar real hayotdan ajratib olingandirlar. Bolalar uylari, maktab-internatlarining deyarli barcha tarbiyalanuvchilari ruhiy jarohatni boshdan kechirishgan bo’lib, bu ularning rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalar chuqur ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik holatida bo’lishadi. Ijtimoiy tarbiya sharoitlari va emotsional- shaxsiy aloqalarning sustligi, oilaviy hayotning imitatsiyasi, ijtimoiy infantilizim va kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi.
Bu vaziyatda go’daklar uylari, bolalar uylari, maktab- internatlar nafaqat ta`lim-tarbiya funkiiyalarini bajarishga, balki bolaning normal ijtimoiylashuvi va to’liq rivojlanishini ta`minlashga hamda undagi nuqsonlarini korrektsiyalashga, uni huquqiy va psixologik himoya qilishga qaratilgan bo’ladi. Bu faoliyatda bolalar va o’smirlarning psixologik xususiyatlarini yaxshi tushunadigan ijtimoiy pedagogning o’rni alohida ahamiyatga ega.
Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari. Go’daklar uyi yosh bolalarni tarbiyalash tizimida alohida o’rin egallaydi. Bu tarbiyaviy-sog`lomlashtirish muassasalari ota-onasi qaramog`isiz qolgan bolalarga oila o’rnini bosishga, ona mehridan judo bo’lgan bolaning normal rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Hozirgi kunda go’daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi tarbiyaviy ishlar ham yaxshilandi. Tarbiyaning ilmiy asoslangan asosiy qoidalarining amalga oshirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
Go’daklar uylarida bolalar tarbiyasi samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil tarbiyachilarning insoniyligi, o’z ishiga mas`uliyat bilan yondashishidir.
Har bir tarbiyalanuvchiga mehr bilan munosabatda bo’lish bolalar sog`ligi va rivojlanishi bilan bog`liq bo’lgan asosiy shartdir. Go’daklar uyi tarbiyachisi nafaqat tibbiy va pedagogik ma`lumotli bo’lishi, balki yuqori axloq, madaniyatga ega bo’lishi, bolalarni sevishi lozim. Bolalar uylarida bolalarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishda bolalarning yoshini emas, ularning salomatligi, rivojlanganlik darajasini inobatga olish kerak.
Bolalarning bir qismi bilan tarbiya jarayoni ularning yoshiga qarab tashkil qilinishi mumkin, biroq aksariyat tarbiyalanuvchilar o’zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga hos bo’lgan ta`lim-tarbiyaga ehgiyoj sezadilar. Odatda, go’daklar uyiga ijtimoiy nosog`lom oilalarda kuchsizlangan go’daklar kelib tushishadi, ularning ba`zilari esa bundan oldin uzoq vaqt shifoxonada davolanishgan bo’lishlari ham mumkin. Bunday bolalarga alohida e`tibor qaratish lozim.
Go’daklar uyining o’ziga xos xususiyatlari, bola organizmi rivojlanishiga ta`sir ko’rsatadigan o’z salbiy jihatlariga ham ega. Odatda, tarbiyalanuvchining har tomonlama rivojlanishini ta`minlash qiyin, biroq bu go’daklar uyining asosiy maqsadi hisoblanadi. Tarbiyachi va ijtimoiy pedagog noxush omillarning bolaga ta`sirini kamaytirishi, bola hayotini ijobiy taassurotlar bilan boyitishi lozim.
Go’daklar uyining asosiy vazifasi bolalarning to’liq jismoniy va ruhiy rivojlanishlarini ta`minlash, ularni jamiyat hayotiga tayyorlash va ijtimoiy adaptatsiyalarini engillashtirishdir. Go’daklar uyida pedagogik ishni tashkil qilayotganda. yosh bolalarning asab-ruhiy rivojlanishlari qonuniyatlariga tayanish, ular rivojlanishidagi jadallik, organizmining past qarshilik ko’rsatish darajasi, jismoniy va ruhiy rivojlanishning o’zaro yaqin munosabati hususiyatlari hamda ularda kattalar bilan muomala qilishga, ijobiy emotsiyalarga, harakat faolligiga, yangi taassurotlarga katta ehgiyoj borligini inobatga olish lozim.
Go’daklar uyida bolalar sog`ligini saqlashga, xususan, ularning asab tizimlarini asrashga katta e`tibor beriladi. Bu esa ularda harakat, nutq, xotira, diqqat, tafakkurning asosi hisoblanadi. Go’dak hayotining ilk uch yili ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa, keyinchalik buni o’rnini to’ldirishning imkoni bo’lmaydi. SHuning uchun go’daklar uyining vazifasi — bolaga hayotining ilk oylaridanoq rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik.
Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalar bir qator xususiyatlari bilan boshqa bolalardan ajralib turishadi. Ijtimoiy nosog`lom oilalardan kelib tushgan bolalarning aksariyati noxush ijtimoiy kechinmalarga egadirlar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar boladagi emotsional harakatlarga vaqtida javob bermasalar, u holda bolada shaxsiy-emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi. Natijada hayotining ilk yilidayoq bolaning yurish-turishida nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin.
Birinchisi, bolaning harakat va emotsional faolligi past bo’lib, bu unda salbiy odatlarni (barmoq so’rish, boshini qimirlatib o’tirish) paydo bo’lishiga olib keladi.
Ikkinchisi, notinch uyqu, sababsiz yigi, boshqa bolalarga agressiv munosabat va buning natijasida yurish-turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir.
Bunday nuqsonlari bor bolalarda kattalar bilan kam muomalada bo’lishi oqibatida nutq rivojining ortda qolishi kuzatiladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv tizimining shakllanishiga etarlicha e`tibor bermaslik, bu tizimning rivojiga keyinchalik ham o’zta`sirini ko’rsatadi. Hayotining ikkinchi yilida bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada maqsadsiz harakatlanadi, yangi odamlardan qo’rqadi yoki, aksincha, ular bilan ortiqcha jismoniy aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi. salbiy odatlar ham saqlanib qoladi.
Hayotining uchinchi yilida bolada mavhum anglashning ilk belgilari namoyon bo’lishi lozim: bola o’zini shaxe sifatida ajrata boshlaydi. uning nutqi muomala vositasiga aylanishi mumkin. Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan boshqa bolalarda bu borada ortda qolish kuzatilishi mumkin. Bunda asabiylikning namoyon bo’lish hollari kuchayadi (bolaga biror narsa rad etilganda, yig`i bilan o’zini polga tashlashi mumkin), boshqa bolalarga, ba`zan esa kattalarga nisbatan agressivlik kuzatiladi. Bular mikroijtimoiy muhit xususiyatlari va salomatlik holati kabi ob`ektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan muomala qilishning etishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta`sir orqali to’ldirishga harakat qilish lozim. Bunday hollarda ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini tavsiflaydigan me`yoriy ko’rsatkichlardan kelib chiqishi kerak.
Go’daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida ijtimoiy pedagogning o’rni. Bolada hayotining ilk yillarida u o’sib-rivojlanayotgan mikroijtimoiy muhit talablarini aks ettiruvchi ijtimoiy yurish-turishning muayyan turi shakllanadi. Mikroijtimoiy muhitning o’zgarishi yurish- turishning o’zgarishini ham keltirib chiqaradi. Bu esa yoshlik davrida anchagina mushkul vazifa bo’lib, odatda, adaptatsion sindrom rivojlanishiga olib keladi.
Bolalar go’daklar uyida doimo muassasasining mikro­ijtimoiy muhitida bo’lishadi va bu muhit ularda ijtimoiy yurish-turishni shakllanishining asosi hisoblanadi. Bu sharoitda bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari bilan muomalaga ko’nikishadi hamda kattalar bilan aloqalarga kirishishadi.
Bolalar uyida go’dak ijtimoiy moslashish stereotipini o’zgartirish zarurati haqida gapirilganda quyidagi uch asosiy holatni nazarda tutish lozim:
  1. bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to’g`ri go’daklar uyiga o’tkaziladi;


  2. bola yoshiga qarab, boshqa guruhga o’tkaziladi;


  3. bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi.


Albatta, kam uchraydigan holatlar ham bo’lishi mumkin.


Masalan, bola go’daklar uyiga to’g`ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi. Barcha sanab o’gilgan holatlar o’z xususiyatiga ega bo’lib, u yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqaradi. SHuning uchun biz ularga batafsil to’xtalamiz.
Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-onasi qaramog’isiz bolalar bo’lgan, bor va bo’ladi ham. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o’z bo’yniga oladi.
Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining o’rganish bilan shug’ullanayotgan pedagog va psixologlar shuni aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan. Onasidan ayrilish va umuman yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojida katta ta’sir ko’rsatadi.
Bolalik insonning ruhiy bardoshliligi, hayotga qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta’minlovchi asosiy xislatlarning shakllanish davridir. Bu ma’naviy xislatlar betartib shakllanmaydi, ular ota-ona mehri sharoitida, oila bolaga o’zi va boshqalar uchun mas’ul bo’lish, birovga kerakligini sezish sharoitida shakllanadi.

Yüklə 35,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə