Yetishtirish holatlari va istiqbollari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 351,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix13.05.2023
ölçüsü351,96 Kb.
#110094
1   2   3   4   5   6   7
tadbirkorlik-yo-li-bilan-tabiiy-ipak-xom-ashyosini-yetishtirish-holatlari-va-istiqbollari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
16 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
Demak, hozirgi kunda Respublikamizda quruq pilla xom ashyosidan, fan 
texnika yutuqlaridan to‘g‘ri va to‘la foydalanish hisobiga chuvilayotgan pillalarning 
har bir kilogrammidan qo‘shimcha 0,4-0,45 kilogrammgacha xom ipak ishlab 
chiqarish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatmoqda. 
Respublikamiz ipakchilik tarmog‘ining samaradorligi yetishtirilayotgan pilla 
sifatiga bog‘liq. Ipak qurti zotini yaxshilash bo‘yicha bir qancha tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Keyingi 8-10 yilda chet ellardan sotib olinayotgan qurt urug‘laridan 
ochirilgan qurtlar Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida boqilmoqda. Keltirilgan 
ipak qurti duragaylarini boqish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hatto oddiy usulda 
boqilgandan ham bir quti urug‘dan o‘rtacha 60 kg gacha pilla olish mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sakkizta zot va duragaylar bo‘yicha sanoat uchun 
yetishtirilayotgan pilla partiyalari ichida nuqsonsiz pillalar miqdori o‘rtacha 12-47 % 
ni tashkil etadi[2]. Qobig‘ida texnologik xususiyatlarini pasaytiruvchi nuqsonlari 
bo‘lgan pillalar esa 80 % ni tashkil etadi. Bularning ichida dog‘li (68,02%) va atlas 
(19,46%) pillalar ulushi eng katta. Tashqi dog‘li pillalar jami dog‘li pillalarning 48,41 
foizini tashkil etib asosan, pillalarni dastalardan erta terib olish, tirik pillalarni tashish 
va saqlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida hosil bo‘ladi. Ichki dog‘li 
pillalar esa qurt va g‘umbakning yorilib ketishi natijasida hosil bo‘lgan qorason va 
kar pillalardan tashkil topadi hamda jami dog‘li pillalarning 10,89 foizini tashkil 
etadi. Bunday pillalarning paydo bo‘lishiga ipak qurtini boqishda ekologik sharoit va 
oziqlantirish rejimining buzilishi, ipak qurtini kasallikka chalinishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 351,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə