Yig‘ish chizmalarini o‘qish va tuzish



Yüklə 4,71 Mb.
tarix18.05.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#111230
23-laboratoriya Yig\'ish chizmasi


YIG‘ISH CHIZMALARI
Yig‘ish chizmalarini o‘qish va tuzish
Hozirgi zamon sanoatida ishlatiladigan xilma-xil va murakkab chizmalarni o‘qish va tuzish yetarli darajada nazariy bilim, zo‘r fazoviy tasavvur va amaliy mahorat bo‘lishini talab qiladi.
Chizmalarni o‘qish va tuzish hamda loyihalash usullari detallar va buyumlarning chizmalarini mustaqil ravishda chizish va standartlarda qabul qilingan qoida va me’yorlarni to‘la-to‘kis bilib olgan taqdirdagina puhta o‘rganilishi mumkin.
Chizmalarni o‘qish va tuzishni o‘rganishda berilgan chizmalarni o‘qish va bu chizmalar asosida buyum tarkibiga kiruvchi detallarni ish chizmalarini bajarish, shuningdek buyumlarni tashkil etuvchi detallarni eskizlari bo‘yicha ularni yig‘ish chizmalarini tuzish katta ahamiyatga ega.
Yig‘ish chizmalarini o‘qish
Chizmalarni o‘qish — tasvirlangan buyumning vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi, shuningdek, uning tarkibiy qismlarining shakllari va o‘lchamlari, detallarning o‘zaro joylanishi, biriktirilishi va bir-biriga nisbatan munosabatlarini aniqlash va tasavvur etishdan iborat.
Yig‘ish chizmalarini quyidagi tartibda o‘qish tavsiya etiladi:
1. Chizmaning asosiy yozuvidan buyumning nomi, masshtabi va loyihalovchi tashkilotining nomi aniqlanadi.
2. Buyumning ishlash printsipi aniqlanadi. Oddiy konstruktsiyali buyumlarning ishlash printsipini uning chizmasidan aniqlasa bo‘ladi.
3. Murakkab konstruktsiyali buyumning chizmalarini o‘qish ancha qiyin. Shuning uchun buyumning yig‘ish chizmasiga uning ta’rifi ilova qilinadi. Bunday ta’riflarda buyumning vazifasi, ishlash printsipi, tuzilishi va konstruktsiyasining hususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
4. Yig‘ish chizmasining asosiy va qo‘shimcha tasvirlari, ko‘rinishlari, qirqim va kesimlari aniqlanadi. Chizmaning spetsifikatsiyasi bilan tanishib chiqiladi: har bir detalning nomi, materiali, shuningdek, geometrik shakli va konstruktiv hususiyatlari aniqlanadi.
5. Buyumni tashkil etuvchi barcha detallarning bir-biri bilan birikish harak-teri: ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, ularning tarkibiga kiruvchi mahkamlovchi detallar va elementlar aniqlanadi (bolt, gayka, shayba, payvandlash choklari va boshqalar).
6. Buyumni yig‘ish va detallarga ajratish tartibi aniqlanadi. Buyumning tuzilishi va ishlash tartibi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgandan keyin, yig‘ish chizmasini tarkibiga kiruvchi har bir detal qanday sirtlardan tashkil topilganligini aniqlash zarur. Buning uchun buyumning yig‘ish chizmasida detalning barcha tasvirlarini, shuningdek qo‘shimcha ko‘rinishlar, qirqimlar va kesimlarini e’tibor bilan o‘rganib chiqish kerak. Chunki asosiy ko‘rinishlarda detalning elementlarini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha tasvirlarda beriladi.
Shuningdek, ayrim detallarning konstruktsiyalarini yig‘ish chizmalarida aniqlash qiyin bo‘lgan hollarda, ularning chizmasini alohida chizib ko‘rsatiladi.
Yig‘ish chizmalarida detallarni bir-biridan ajratishni osonlashtirish uchun ikki detalning yonma-yon chizilgan qirqim va kesimlarining shtrix chiziqlari bir-biriga nisbatan qarama-qarshi tomonga, ya’ni birinchi detal o‘ng tomonga og‘ma qilib shtrixlansa, ikkinchi detal chap tomonga 45° ga og‘ma qilib shtrixlanishi kerak.
Jo‘mrakning spetsifikatsiyasidan uning tarkibiy qismlari aniqlanadi. Jo‘mrak quvurdan o‘tayotgan suyukdik miqdorini boshqarish, shuningdek berkitib ko‘yish uchun hizmat qiladi.
Jo‘mrak korpus 1, qopqoq 2, flanets 3, chambarak 4, shpindel 5, klapan 6, o‘tirg‘ich 7, maxsus gayka 8, tiqin 9 va standart detallar shpilka 13, gaykalar 14 va 15 dan tashkil topilgan.
Detallarning ish chizmalari GOST 2.109-68 ga muvofiq bajarilgan bo‘lib, ularni tayyorlash va tekshirishda zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar keltirilishi kerak.
Jo‘mrakni quyidagi tartibda detallarga ajratish mumkin:
• Shpindel 5 dan chambarak 4 gayka 14 ni bo‘shatish bilan olinadi.
• Flanets 3 ikkita gayka 15 ni shpilka 12 dan bo‘shatish orqali ajratiladi.
• Qopqoq 2 (shpindel va klapan bilan birgalikda) gayka kaliti yordamida burab korpus 1 dan ajratib olinadi.
• Korpus 1 dan gayka kaliti yordamida tiqin 9 burab ajratiladi.
• Shpindel 5 dan maxsus gayka buralib klapan 6 ajratib olinadi.
• Qopqoq 2 dan gayka kaliti yordamida shpindel 5 ajratiladi.
• Flanets 3 dan maxsus kalit bilan ikkita shpilka 12 ajratiladi.
Jo‘mrak quyidagi tartibda yig‘iladi.
• Qopqoqqa ikkita rezba orqali burab kirgiziladi.
• Shpindel qopqoqqa rezba orqali burab kirgiziladi.
• Qopqoq va shpindel orasiga zichlagichlar qo‘yiladi.
• Shpindelga flanets kirgizilib, gaykalar orqali mahkamlanadi.
• Shpindelga maxsus gayka orqali klapan qo‘yiladi.
• Qopqoq qistirma bilan korpusga burab o‘rnatiladi.
• Shpindelga chambarak o‘rnatiladi va gayka bilan mahkamlanadi.
• Korpusga qistirma bilan tiqin o‘rnatiladi.
Yig‘ish chizmalarini detallarga ajratib chizish
Buyumning yig‘ish chizmasini detallarga ajratib chizishni quyidagi tartibda bajarish mumkin:
1. Yig‘ish chizmasida tasvirlangan buyumning tuzilishi har bir detalning konstruktsiyasi. shakli va hususiyatlari aniqlanadi.
2. Har bir detalning asosiy va yordamchi ko‘rinishlari soni zarur qirqim va kesimlari belgilanadi.
3. Chizmalarning masshtabi, varaqning formati, belgilanadi. Varaq rejalashtiriladi, detallarning murakkabligi va soniga qarab formatlarga bo‘linadi. Asosiy yozuvlar va chizmani belgilash uchun joy ajratiladi.
4. Har bir detal uchun ajratilgan formatda uning ish chizmasi tuziladi: asosiy va yordamchi ko‘rinishlari, qirqim va kesimlari belgilanadi. Zarur o‘lchamlari g‘adir - budurliklari va o‘tqazishlar qo‘yiladi.
5. Chizmaning har bir formatida uning o‘ng pastki burchagida mazkur detalga tegishli asosiy yozuv bajariladi.
Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə