Yillarda davlatlar iqtisodiyoti va neoklassik usullar


Eng yuqori naf nazariyasining inglizcha varianti



Yüklə 91 Kb.
səhifə2/3
tarix14.06.2023
ölçüsü91 Kb.
#117213
1   2   3
1870-1990 YILLARDA DAVLATLAR IQTISODIYOTI VA NEOKLASSIK USULLAR

Eng yuqori naf nazariyasining inglizcha varianti
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‗g‗risidagi qoidani noto‗g‗ri deb e‘lon qildilar.
Ular qiymat kategoriyasini sub‘ektiv mazmun (kimmat) bilan to‗ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste‘mol qiymat yoki moddiy ne‘matlarning foydaliligi (nafi) qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste‘mol qiymatiga murojaat etish orqali qadriyatni «Lozim bo‗lgan daraxtdan, ildizning o‗zidan» taxlil eta boshladi.
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy nazariyaning qiymat-tovarlarning ob‘ektiv xususiyati bo‗lib, mana shu xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani rad etish orqali qiymat hosil bo‗lishi jarayonini qayta ko‗rib chiqiladi. Yangi yo‗nalish hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlari asosidir.
Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga bog‗liq bo‗lgan sub‘ektiv kategoriyaga aylantirib qo‗ydilar. Bu esa navbatdagi yangi nazariya bo‗lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo‗ladigan sharoit va manbadan ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‗yadi. Byom-Baverkning hamma mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo‗ldi, Byom-Baverkning ta‘biricha, qadriyat to‗g‗risidagi ta‘limot daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to‗g‗risidagi butun o‗z doktrinasining markaziy bandidir.
Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish haqi hakidagi nazariyalari. Kapitalizmdan imperializmga o‗tish davrida Angliyada Kembridj dorilfununida iqtisodchilar maktabi vujudga keldi.
Maktabning nomi ham shu dorilfununning nomidan olingan. Alfred Marshall (1842-1924) marjinalizmning «Kembridj maktabi» lideri hisoblanadi. U Kembridj (Angliya) universitetida o‗qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o‗qituvchilik qildi.
1902 yildan boshlab u Yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod
Fani asta-sekin siqib chiqarildi. Uning asosiy asari «Ekonomiks tamoyillari» («Prinsipi ekonomiki») (1890) hisoblanib, bu kitob 6 jilddan iborat. Mazkur kitob olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilib, unda fanning predmeti to‗g‗risida fikr yuritiladi.
Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall iqtisodiy jarayonlarga sub‘ektiv qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarini qo‗llaydi.
Narx nazariyasi Marshallning nazariy mulohazalari markazida turadi. U qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‗rsatib, aslida, qiymatni chetlashtirib qo‗ydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi, deb hisoblaydi. Olim avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste‘mol va almashuv ( ikkita) shakllari alohida-alohida qaralgan edi, Marshalda esa bu farq yo‗q. Ob‘ektiv qiymat kategoriyasidan foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada o‗zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari «eng yuqori foydalilik (naf)», «ishlab chiqarish chiqimlari», «talab va taklif» nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini to‗g‗ri deb ko‗rsatdi. Narx nazariyasi bilan bir qatorda Marshall foyda va ish haqi nazariyalarini ilgari surdi.
Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə