Yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi referat



Yüklə 207,61 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü207,61 Kb.
#166216
  1   2   3
1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi44

1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi


Reja:




  • Turkiston o’lkasida ta’lim siyosati (1917-1924).

  • 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani.

  • 1945-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji

  • Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar

  • Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari.


Turkiston o’lkasida ta’lim siyosati (1917-1924).


Tayanch iboralar: milliy demokratiya vakillari, ziyolilar faoliyati, ishchi fakulteti, ilmiy-nazariy va amaliy tafakkur, tarbiya usullarini zamonaviylashtirish,
1917 yil to’ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o’zgarish yuz berdi.
Turkiston o’lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog’ini yaratish, maktab maorif borasida zudlik bilan islohotlari amalga oshirish yuzasidan bir qancha takliflar ilgari surildi.
Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G’ozi Yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko’rsatdilar.
1917 yil fevralidan oktyabr orasida Turkistonning yirik shaharlarida turli tillarda dars beriladigan xususiy maktablar ochildi.
Turkiston o’lkasining markazi — Toshkentda 1917 yil 9-14 may kunlari o’qituvchilarning 1 o’lka qurultoyi bo’lib, bunda «Turkiston o’qituvchilar ittifoqi» tashkil etildi.
1918 yilning 23 martida RSFSR maorif xalq komissarligi Turkiston o’lkasi xalq komissarligi kengashi o’lka xalq ta’limi kengashini tashkil etishi haqida buyruq chiqardi. Mazkur kengash Turkiston hududida xalq ta’limiga rahbarlik qilishi lozim edi. Joylarda ularning viloyat, shahar, uezd kengashining huzurida xalq ta’limi kengashlari tashkil topdi.
1918 yilning yozida Samarqandda musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar ochildi. O’sha yilning kuzida Toshkentda — Toshkent u’ezdining tub erli aholisi uchun maktab o’qituvchilari kurslari ochildi.

1918 yil 9 aprelda Munavvar Qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini ishlab chiqadilar. O’sha yilning 3 mayida dorilfununning musulmon bo’limi rahbariyatiga saylov bo’lib, unda Munavvar Qori rais frektor), Iso To’xtaboev birinchi muovin, Burhon habib ikkinchi muovin, Abdusamad Qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo’lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shahar qismida Vikula Morozovning sobiq dukoni binosi (hozirgi o’zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun «Xalq dorilfununi» ochiladi. Bu bo’lim tez orada o’ziga xos yirik bilim maskaniga aylanadi.
Universitet tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy matematika, tarix, filologiya, qishloq xo’jaligi va texnika fakul’tetlari bor edi. 1919 yil fevralda universitet qoshida ishchi fakulteti ham faoliyat ko’rsata boshladi.
1918 yil noyabrda Toshkentda maxsus sharqshunoslik ixtisosligidagi oliy ta’limning to’ng’ichi — Turkiston Sharq instituti tashkil qilindi. Institut nizomida uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholisi va qo’shni mamlakatlar aholisi tilini yaxshi biladigan sharqshunos olimlar va amaliyotchi xodimlar tayyorlashdir, deb belgilab qo’yilgan edi.
1920 yili Turkiston xalq universitetiga muqobil Turkiston davlat universiteti (keyin O’rta Osiyo, hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti) tashkil qilindi.
Universitet faoliyatining birinchi yili oxiriga kelib unda 6 fakultet: ijtimoiy-iqtisodiy, tarix, filologiya, fizika, matematika, texnika, tibbiyot, qishloq xo’jaligi fakultetlari ish olib bordi.
Vaqt o’tishi bilan universitet faqat eng yirik o’quv yurtigina emas, balki ilmiy-nazariy va amaliy tafakkurning, tabiiy va amaliy fanlarning juda xilma-xil sohalari bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlarning muhim markazi ham bo’lib qoldi.
Bol’sheviklarning aksilmilliy, umuminsoniy ilg’or ma’rifat- chilikka dushmanlik qilishlariga qaramasdan 1917—1924 yillari O’zbekistonning hozirgi hududida madaniy-ma’rifiy turmush vujudga keldi, xalq ma’naviyatida o’z aksini topdi.
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abduqodir Shakuriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Ismatulla Rahmatullaev, Ishoqxon Ibrat, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar.
Uzoq tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy to’siqlarga qaramay, Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar kabi, ilg’or fikr egalarini, buyuk olimlarni yetkazdi, insoniyatga ilm-fan, ma’naviyat sohasida o’lmas durdona asarlar, fikrlar qoldirdi.
Bu davr ijtimoiy-madaniy hayotidagi kuchlar o’rtasida yuz berayotgan sinfiy kurashning murakkabligi maktab maorif masalalarida ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Demak, endi turli vositalarni ishga solib yangi mazmundagi ma’rifatni tashviq qilish, tarbiya usullarini zamonaviylashtirish, ta’limda qulay usullarni topish muammolari turar edi. Bu borada Turkiston o’lkasidagi dastlabki maktablarda ilg’or ma’rifatparvar pedagoglar — toshkentlik Saidrasul Saidazizov, Abdulla Avloniy, namanganlik Ishoqxon Junaydullaev — Ibrat, Samarqandlik Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy Ajziy, Ismatulla Rahmatullaev, Qo’qonlik Hamza Hakimzoda Niyoziy muhim xizmat ko’rsatdilar.
Ular butun o’lkada katta obro’ga ega bo’lib, rus, ozarboyjon, tatar va boshqa qardosh xalq pedagoglarining ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari hamda darsliklarini o’rganib o’lka maktablarida keng yoyishda jonbozlik ko’rsatdilar. Turkistonda ochilgan rus va tatar muallimlari boshchilik qilgan o’zbek maktablarida qo’llangan usullardan foydalanib o’zlari tashkil qilgan maktablarda uzoq vaqt davom etgan «hijo» usuli o’rniga «usuli savtiya»da ta’limni tashkil qildilar va darsliklar yaratdilar.



Yüklə 207,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə