Yinlari orqali bolalarda jismoniy barkamollikni tarbiyalash



Yüklə 199,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü199,8 Kb.
#144831
1   2   3   4
575-577 (1)

Oq terakmi, ko‘k te
rak
. O‘yin tez yugurishni, diqqatni, sezgirlikni rivojlantirishga 
yordam beradi. O‘yin bolalarni ahil bo‘lib harakat qilishga, tezda to‘g‘ri yo‘nalishni olishga 
o‘rgatadi. O‘yinni o‘ziga xos harakati tez yugurish va zanjjiri uzish.
3.
Tapur-
tupir qaldirg‘oc
h
. Katta yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda sezgirlik, 
idrok qilish, eshitish va qabul qilish, chidamkorlik, kuch, tezkorlik, qayishqoqlikni 
rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakati sekin va aniq yurishdir.
4.
Echki bolalar
. O‘rta
yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat, sezgirlik 
malakalarini tarbiyalaydi. O‘yin 
bolalarda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik, koordinatsiya 
harakatlarini rivojlantiradi. О‘yinning asosiy harakati yugurish hisoblanadi.
5. 
Qidirib top
kichik yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat
-
e’tibomi, 
sezgirlik qobilyatlarini tarbiyalaydi. 
Bolalar bog‘chalarida bolalar turli yosh guruhlariga bo‘linib, ulari kichik, o‘rta va katta 
guhurlar deb aytishga odatlanilgan. Chunki bolalarning jismoniy holati, o‘sish darajasi, 
harakat malakalari va umuman, tana a’zolaridagi funksiyalar vazifalari tarb
iya jarayonlarini 
belgilaydi. Shunga asosan, jismoniy tarbiyani tashkil qilishda guruhlardagi amaliy harakatlar 
bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va mazmunsiz 
harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol yoki harakat 


577
www.
kokanduni.uz 
topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar –
qushchalar, tarbiyachi 

ona 
qush bo‘ladi) bajaradilar.
3 yoshli bolalar asta-
sekin yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib borilad
i (barcha 
bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola avtomobil bo‘ladi).
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda 
ham o‘tkazish mumkin 
Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarni
ng 
miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek 
jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘
ynaydilar. 
Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining 
takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Milliy xalq o
ʻ
yinlari 
maktabgacha yoshdagi bolalarga o
ʻ
zgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy 
ta’sir etadi. U bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, 
farosatli, mard insonlar bo
ʻ
lib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil yurtimiz kelajagi buyuk bo‘lishi eng avvalo
farzandalari salomatligiga bog‘liq 
sog‘lom yurt qudratli va boy bo‘ladi. O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, ilgari 
hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal olish singar
i xususiyatlarni yana ham 
aniqlashtirish uchun qulay shart-sharo
itlar yaratiladi; o‘yinlar ijodiy tasavvurni, xotirani, 
fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana ham rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib 
harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga
xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali 
bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Xalq о‘yinlarida bolaning har tomonlama 
rivojlanishi, psixologik, bilish jarayonlari, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari 
takomillashadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq 

atvoriga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati tufayli bola nafaqat jismoniy balk
i ruhiy 
tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli bola baquvvat, sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin 
faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etish esa bolaning estetik rivojlanishi, dunyoqarashini 
kengayishi, tabiatni his qilish, sezish kabilarni hisiyotlari rivojlantiradi. Maktabgacha tarbiya 
muassasalari sharoitida bolalarni
ng harakat faoliyatini rivojlantirishning yoshga bog‘liq 
xususiyatlari o‘tkazilgan tajribalar orqali aniqlandi va nazariy jihatdan asoslab berildi. 
Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli 
o‘yinlarni qo‘llash 
bolalarning harakat imkoniyatlarini, jismoniy tayyorgarligini 
rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularning kichik maktab yoshi davriga o‘tish 
uchun tayyorgarligi sifatini oshiradi. 

Yüklə 199,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə