Yormat tojiyev nazdida sinonim affikslar


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 347,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü347,94 Kb.
#147359
1   2   3
yormat-tojiyev-nazdida-sinonim-affikslar

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 10 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
41
 
October, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
tilshunoslikda aks etib turadi. Ayni chog„da ularning har biri nutqiy jozibani 
ko„rkamlashtirishda ro„l o‟ynashi o‟zbek tilining serqirraligidan dalolat beradi. 
Olimning so‟z turkumlaridagi yasovchilik xususiyatlariga ham to‟xtalganligiga 
ham guvoh bo‟lishimiz mumkin. Jumladan, sifat yasovchi affikslar haqida bildirgan 
fikrlari ham alohida ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Xususan, -li va -ser 
affikslarining o„zaro ma‟no jihatdan teng kelishi va ayrim jihatlarda sinonimik 
munosabatda bo„la olmasligi haqida fikr yuritar ekan, olim -li affiksi o„zakdan 
anglashilgan obyektga me‟yordan ortiq darajaga ega ekanlik ma‟nosini ifodalab 
kelganda 
-ser
affiksi bilan sinonimik munosabat hosil qilishini isbotlashga harakat 
qilgan. Chunki 
-ser
affiksi bilamizki, o„zbek tiliga tojik tilidan o„zlashgan bo„lib, 
obyektning miqdoriy jihatdan ortiqligini bildirib keladi. 
Olimning yillar davomida to‟plagan ilmiy xulosalari asosida quyidagicha fikr 
bildirib o‟tadi: “-li va ser- affikslari o„zbek tilida hamma vaqt ham o„zaro sinonimik 
munosabat hosil qilavermaydi: Buni bir nechta misollar orqali asoslash mumkin. 
Masalan, 
G‘ijduvon uzumlari, tukli, sersuv shaftolilari taxlanib yotardilar 
(I.Jo‘rayev). Sertuk qo‘llarini ko‘kragiga chalkashtirib bir-ikki minut indamadi 
(Oybek).
Keltirilgan misollardagi 
tukli
va 
sertuk
so„zlarida 
-li va ser- 
o„zaro sinonim 
emas. Chunki 
tukli 
so„zi tarkibidagi 
-li
affiksi predmetning o„zakdan anglashilgan 
obyektga ega ekanligini ifodalaydi, 
sertuk 
so„zi tarkibidagi 
ser-
affiksi
o„zakdan 
anglashilgan obyektga me‟yordan ortiq darajada egalikni ifodalab kelgan”, deb ilmiy 
asoslashga harakat qilgan. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda olim 
-li
va 
ser-
qo„shimchalari haqidagi fikrini davom 
ettirib, 
-li
qoshimchasi ot turkumiga oid ayrim so„zlarga qo„shilganda 
ser-
affiksi 
bilan sinonimik munosabat hosil qilishi ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Bunga 
misol sifatida
daromadli, g‘ayratli savlatli, shijoatli
so„zlarini keltiradi va aytadiki, 
-
li va ser-
affikslarining sinonimik munosabatga kirishida hamda shu affikslar 
vositasida yasalgan so„zning birikib kelgan aniqlanmishi hal qiluvchi ro„lni o„ynaydi, 
deb fikr yurita oladi. 
REFERENCES 
1. “O'zbek tilida affiksal sinonimiya”-T., 1991.Yormat Tojiyev. 
2. “Til ilmiga sadoqat”-T., 2010.Yormat Tojiyev. 
3. “O„zbek tili morfemikasi”-T.,1992.Yormat Tojiyev. 

Yüklə 347,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə