Yormat tojiyev nazdida sinonim affikslar


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 347,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü347,94 Kb.
#147359
1   2   3
yormat-tojiyev-nazdida-sinonim-affikslar

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 10 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
40
 
October, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
hakazo affikslar bilan sinonimik munosabatga kirishini aytadi. Masalan, iska, o„ngar, 
suvsa, alahsa Ayni chog„da, ularda mavjud bo„lgan stilistik ottenkalarga e‟tibor 
qaratadi. Shu bilan birgalikda davr o„tishi bilan so„zlarda bo„ladigan fonetik 
jarayonlarni tahlil qilib o‟tadi va so‟zlardagi o‟zgarishlarni hisobga oladi. 
Olimning keyingi izlanishlaridan biri fe„l darajalari yasovchi affikslar 
sinonimiyasi yuzasidan fikr yuritar ekan, majhul, orttirma, birgalik, o„zlik darajalarini 
ifodalovchi affikslarning o„ziga xos xususiyatlari haqida to„xtalib o‟tadi hamda 
nutqda ularning sinonimik munosabatga alohida to‟xtaladi. Xususan, majhul va o„zlik 
nisbatlari haqida fikr yuritar ekan, ular o„rtasidagi farq sub‟ekt va obyektining 
aloqasiga bog„liq deydi.Shu bilan birgalikda tarixan o„zlik nisbati hosil qiluvchi -ik, 
-man kabi qo„shimchalarning ma‟nodoshligiga ham to„xtalib o„tadi. 
Sifatdosh yasovchi affikslar sinonimiyasi haqida so„z yuritar ekan, olim 
sifatdaosh yasovchi qo„shimchalarning tilimiz tarkibida ko„p ekanligini, ularning 
tadrijiy taraqqiyoti to‟g‟risida ham tahliliy ma‟lumotlarni keltirib o‟tadi. Hozirgi 
o„zbek tilida uchraydigan 
-gusi, -gisi, -kusi, -asi, -mas, -ag‘on
kabi kamunum 
qo„shimchalariga alohida to„xtalib o„tadi.
Bundan tashqari, sifatdosh yasovchi affikslarning sinonimik munosabatini 
belgilashda, sifatdoshning aniqlovchilik belgisini o‟zbek tili qonuniyatlariga mos 
ravishda asos qilib oladi. Olim o‟zbek tilshunosligida grammatik kategoriyalar tasnifi 
jihatida hozirgi o„zbek tilidagi ravishdosh yasovchi affikslarni ham qiyosiy jihatdan 
o‟rganib, bu xoslangan shaklning o„zaro sinonimik munosabat hosil qilishini qayd 
etadi. 
-sh,-ish
harakat nomi yasovchi affikslari keladigan bo‟lsak, 
-gani
affiksli kabi 
birikma hosil qilganda, bunday jarayon nutqda sinonimik holatga kelishini aytib 
o„tadi. 
Yuqoridagi fikrlarni asos qilib oladigan bo‟lsak, harakat nomi yasovchi 
affikslar tilimizning tadrijiy taraqqiyoti davrlarida turlicha bo„lishidan tashqari, 
ularning iste‟mol doirasi ham davr nuqtai nazaridan tofovutlanadi. Agar eski o„zbek 
adabiy tilida 
-moq,-mak
affikslarining iste‟mol doirasi keng bo„lgan bo‟lishi o‟sha 
davr nutq iste‟moli nuqtai nazaridan yondashilgan bo‟lsa, 
-sh,-ish 
va
-v,-uv
affikslarining so‟zlar tarkibida kelishi jihatidan qo„llanishi doirasi nisbatan 
keyinroqqa to„g„ri keladi. Olim bu guruhdagi affikslarning sinonimik munosabatiga 
to„xtalganda, ularning uslubiy farqini hisobga oladi. Masalan, ko„maklashuv-
ko„maklashish,erishish-erishuv.Agar hozirgi o„zbek adabiy tiliga e‟tibor beradigan 
bo„lsak, hozirda -sh, -ish boshqa affikslarga qaraganda ko„p iste‟molda. Bu misol 
sifatida, janr nuqtai nazaridan tahlil qilinadigan -moq, -mak 
affikslari hozir she‟riyatda saqlanib qolganligiga guvoh bo‟lamiz. 
Biroq 
ular 
tabiiyki, 
sinonimik 
munosabat 
kasb 
etishi 



Yüklə 347,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə