Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik manbalarini o’rganish



Yüklə 232,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü232,26 Kb.
#152377
  1   2
5362-Article Text-10348-1-10-20230322



Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab 
hamkorligining pedagogik manbalarini o’rganish 
 
Gulshan Nozimjon qizi A’zamova 
Namangan davlat unversiteti 
Annotatsiya:
Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish
madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy 
shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, 
bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik 
bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi. 
Kalit so’zlar
: oila, bola, mahalla, vatanparvarlik, maktab, hamkorlik, ota-ona, 
mardlik, mehr-muhabbat 
To study the pedagogical sources of family, neighborhood and 
school cooperation in raising the young generation 
Gulshan Nozimjon kizi Azamova 
Namangan State University 
Abstract: 
Always having peace in the family, actively organizing free time, 
organizing family trips to places of culture and art - serves to ensure family harmony. 
One of the main conditions for proper upbringing of a child in the family is unity in 
upbringing. The issue of education is complex, and it is important to carry out such a 
hugely responsible and honorable work in cooperation with the family
neighborhood, school and the general public. 
Keywords:
family, child, neighborhood, patriotism, school, cooperation, 
parents, courage, love 
Mamlakatimizda bolalar to’g’risida, onalar haqida g’amxo’rlik qilish chinakam 
davlat siyosati darajasidagi faoliyatlarga aylanib bormoqda . Jamiki yaxshi narsalar - 
bolalarga shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala 
yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir. Ma’lumki, bola maktabga 
kelgunga qadar ham, maktabda o’qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila 
davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir 
ko’rsatishi tabbiy holdir. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama 
kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
370


Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalash maktabni oila bilan mustahkam 
bog’lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib 
bo’lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o’rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini 
kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o’quvchilarning sinfdan va 
maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish 
zarur. 
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi 
shaxs ongiga ko’rsatayetgan ko’rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. 
Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik 
qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, 
emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya 
sifatlari kundalik hayet ehtiyejga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga 
oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To’g’r, bunda ijtimoiy 
tarbiyaning o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga, 
o’zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga 
erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan 
biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o’ziga xos ibtidoiy guruh bo’lib, 
tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi. 
Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulugbek shunday 
deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o’qimishli ota-onalar o’z farzandlarining 
haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim". Shunday ekan, 
har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko’proq e’tibor berishi, ularga alohida vaqt 
ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yo’latmasligi lozim ekan. Ana 
shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda obo’ olib 
keladigan yuzlarini yoruğ va boshlarini yuqori qiladigan farzand bo’lib ulğayishadi. 
Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan xalqimiz o’zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan 
merosga ega. Bu meros bugungi avlodni, insonparvarlik, mehr- muhabbat, oqibat, 
vatanparvarlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Xozrgi kunda bola 
tarbiyasiga, ularni jahon talablariga mos bilim olishlariga, hunar egallashlari, har 
tomonlama yetuk inson bo’lib voyaga yetishlariga ota-onalar ma’suldirlar. 
Tarbiyaning asosi oiladan boshlanadi. 
Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning insoniyligi, ahloq-odobi, xulq- atvori, 
dastavval o’z oilasida shakllanadi. Har bir ota-ona tarbiyaning o’ziga xos qonun-
qoidalarni o’zlashtirib, ularga amal qilishi lozim. Negaki oilada bola tarbiyasi g’oyat 
nozik, murakkab masala bo’lib, ota-onadan pedagogik bilim, katta tarbiyachilik 
mahoratini talab qiladi. 
Bolani oʻrab olgan muhitning hammasini odamlar, narsalar, hodisalar uning 
ongida, xulq - atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni oʻzgartiradi, oʻstiradi. Oiladagi 
tarbiyaning samaradorligi, albatta ota-onaning qanchalik bilimli, madaniyatli boʻlishi, 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
371


bola tarbiyasiga masʼulyat bilan qarashlari, farzandlari kelajagini chuqur his etishlari, 
tajribada sinalgan milliy urf-odat va anʼanalardan unumli foydalanishlariga bogʻliq. 
Tarbiyada talabchanlik, ota-ona va katta yoshdagi kishilarning oʻzaro ahilliklari, 
kichiklarga gʻamxoʻrlik, osuda turmush va halol mehnat faoliyati oilaviy tarbiyaning 
asosini tashkil etadi. 
Bundan tashqari har bir oilada farzand tarbiyasida aniq bir maqsad boʻlishi 
kerak. Eng muhimi, farzandlarimizni nafaqat boʻlajak ota-ona yoki aka-uka, opa-
singil sifatida, balki jamiyatning haqiqiy fuqarosi, kelajagiga ishonuvchi, unga 
sadoqat bilan xizmat qiluvchi inson, vatanparvar posbon sifatida ham tarbiyalashga 
eʼtibor berishimiz lozim. 
Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at 
maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat 
qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada 
hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan mas’uliyatli, 
sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib 
borish muhim o’rin egallaydi. 
Mahallaning ustunligi shundaki, bu yerda ko’p yillar davomida birga yashagan, 
bir birini bilgan, sinagan, tanigan kishilar istiqomat qiladilar. Ular har bir oiladagi 
muhitni va har bir bola tarbiyasini, ota-onasini mahallada tutgan o’rni, mavqei hamda 
imkoniyatlarni yaxshi biladilar.
Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini tuzish: 

Tarbiyaviy ishlar o’tkazish dasturi va shu dastur asosida mahallada yashovchi 
har bir bola bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish. 

Mahallada bolalar dam olishlariga, qiziqarli ishlar bilan shug’ullanishlariga 
imkoniyat yaratib berish. 

Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish. 
Kabi ko’plab ishlarni olib borish, o’quvchilarni har tomonlama axloqli tarbiya 
topishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Taʼlim va tarbiya sohasiga etiborni kuchaytirish bu borada hukumatimiz 
tomonidan qabul qilingan va hujjatlarni, maʼmuriy koʻrsatmalarni samarali bajarish 
uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyatini oʻziga xos pedagogik tizim, uslub 
va shakllariga ega boʻlishilari zarur. Utkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, 
shuning bilan qatnashganlarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik 
mujassamlashtirgan, mantiqan teran, qiziqarli va koʻrgazmali, amaliy jihatdan qisqa 
va loʻnda estetik jihatdan keng koʻlamli boʻlishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlarni 
qamrab olgan holda, ularning yoshlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib ularni foydali 
ishlarga yoʻnaltiriladi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
372


Bola tarbiyasida maktab o’rni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab 
ostonasiga qadam qo’yar ekan, o’zining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida 
tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, bu ishlarning amalga 
oshishida albatta o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab 
hamkorligida quyidagi tamoyillarga afnal qilinganida samaradorlik yanada yuqoriroq 
bo’ladi: 


Yüklə 232,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə