Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə7/52
tarix11.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#145501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
jas dáwirler psixologiyası

Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari
Reja:
1.Yosh psixologiyasining metodlariga tavsif
2.Kuzatish metodi.
3.Eksperiment metodi.
4.Anketa tortish va test topshiriqlari.
5.Suhbat metodi.
Metodbu shunday usul va vositalarki, ular yordamida o’rganilayotgan ob`ekt haqida etarlicha ma`lumot olish mumkin bo’ladi.
Metodika – bu metodning materiallar va jarayonlar asosida tadqiq qilingan ob`ekt va sub`ekt o’zaro harakatini tashkillashtirish uslubining qayta shakllanganligi sifatida kengaytirilishidir.
Tadqiqot metodi-bu o’rganilayotgan voqelik haqidagi umumiy nazariy bilimlardan kelib chiquvchi tadqiqot yo’li.
Tadqiqot metodologiyasi-nazariy faoliyatni qurish va tashkillashtirish uslub hamda tamoyillarini tizimi hamda bu tizimni o’rganish.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning asosiy bosqichlari
1. Muammo holatini o’rganish, muammoni qo’yish, tadqiqot ob`ekti va predmetini tanlash;
2. Umumiy tadqiqot kontseptsiyalarini ishlab chiqish va aniqlashtirish, farazni ilgari surish;
3. Tadqiqotni rejalashtirish;
a) tadqiqot vazifalari va maqsadini aniqlash;
b) eksperimental rejani aniqlashtirish;
v) tadqiqot metodikalari va metodlarini tanlash;
g) ma`lumotlarni matematik qayta ishlash metodlarini tanlash va boshqalari.
4. Ma`lumotlarni yig`ish va dalillar izhi. Nazariy tadqiqotlarda dalillarni izlash va tahlil qilish ularni tizimlashtirish, dalillarni yangicha qarash asosida sharhlash;
5. Ma`lumotlarni qayta ishlash;
6. Natijalarni farazni tekshirish asosida baholash, ilgari surilgan tadqiqot kontseptsiyasi doirasida natijalarni tahlil qilish;
7. Natijalarni mavjud kontseptsiya va nazariyalar bilan muvofiqligi. Umumiy xulosaga kelish, muammoning kelgusidagi ishlanganlik darajasini baholash.
YOsh davrlar psixologiyasining tadqiqot metodlari –bu ma`lumotlarni an`anaviy ravishda to’plash hamda psixikani rivojlanish dinamikasini aniqlash metodlari.
Bolalar psixologiyasini rivojlanishini dastlabki davrida 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asrning boshlarida kuzatish metodidan foydalanishgan.
Tadqiqotchi olimlar G.Gideman, I.Gen,CH.Darvin, V.Preyterlar o’z farzandlarini individual rivojlanishini kuzatganlar. SHu tariqa tabiiy sharoitlarda bola shaxsi rivojlanishiga doir to’plangan ma`lumotlarni yozib borishga harakat qilganlar.
1879 yilda “Oila va maktab” nomli jurnalda ota-onalar va tarbiyachilarga bolalarning hayoti, rivojlanish xususiyatlari haqidagi shaxsiy kuzatishlarni yoritishga harakat qiladi. SHu bois, jurnalga nafaqat mahalliy tadqiqotchilarning ishlari balki xorij psixologlarining tadqiqot natijalari asosida to’plangan ma`lumotlar tahlil qilingan.
Keyinchalik ota-onalar kundaliklarini to’plashni N.N.Lange o’z zimmasiga oladi hamda u bola psixik hayotining rivojlanishini kalendarini taqdim etadi.
Bolalar rivojlanishiga doir kuzatishlarni yig`ishga pedagogik muzey asosiy e`tiborni qaratgan.
“Pedagogika kutubxonasi” jurnalining muallifi N.A.Ribnikovning fikriga ko’ra, “5-6 yoshgacha bo’lgan bolalar fanining noma`lumligi bolaning ma`naviy rivojlanishiga bag`ishlangan ruspedagogik adabiyotining kambag`alligidadir”. SHu nuqtai nazardan N.Sokolov o’zining o’g`lini 5 yoshgacha bo’lgan davriga doir ma`lumotlarni nashr qildirgan.
Ammo ota-onalar tomonidan olib borilgan kuzatishlarda quyidagi kamchiliklar ko’zga tashlangan:
-maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmaganlik;
-avvaldan tuzilgan dasturning yo’qligi;
-vazifalarning noaniqligi;
-yozuvlarning to’liq emasligi;
Umumiy psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to‘g‘risida umumiy psixologiya fanida keng ma’lumotlar berilgan. Yosh davri va deferensial psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari o‘ziga hos ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga xarakat qilgan.
B.G. Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik, natijalarni shaxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlariga bo‘linadi. Quyidagi mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsiya berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchi - tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longitbd (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlariga qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, uquvliligi va ishchanligini o‘zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
a) Yosh davri psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi olamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘zaro xosligi kabilarni o‘rganishda qo‘llanadi. Psixologlardan L.S.Vigostkiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.
b) Yosh davr psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz) metodi ham qo‘llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir necha sinaluvchilar o‘zaro uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir. Logityud psixologlardan nemis Sh.Shtern, fransuz R.zazzo, rus psixologlari N.AMenchinskaya, A.N.Gvozdev, I.S.Leytis, V.S.Muzxina va boshqalar ko‘p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar kuzatilgan. Shuning chunu qator tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S. Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish unda paydo bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni (xatti-xarakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarni, ichki bog‘lanish qonuniyatlari, mexanizmi to‘g‘risida mukammal, ishonchli, barqaror, ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga molik bo‘lib, insonshunoslik muammolarini xal qilishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi gurux empirik metodlardan biorat bo‘lib, bu guruhda kuzatish (o‘zini o‘zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, xujat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq va obektivroq tadqiq qilish uun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotda ko‘pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
To‘plangan miqdorlarni ishlab chiqishda manna bu formulalarni qo‘llash mumkin:



  1. formulasi o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun

ishlatiladi. M – yig‘indi, v – variatsion miqdor, n – sinaluvchilar yoki ob’ektlarning sonog‘ini bildiradi.







  1. formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat og‘ishni

h isoblashda yoki standart og‘ishni aniqlashda ishlatiladi. - kvadratlik og‘ish, S-dispersiya, “n” - miqdor.


3 . - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. U ba’zan “S” - dispersiya deb ham ataladi.


Ilmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchi sharxlash guruhi genetik, va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqotdavomida to‘plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo‘sinda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi – sinalvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, payotlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.


Genetik metodga asoslanib o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichining bevosita bog‘liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasining barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə