Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə10/52
tarix21.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#89876
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Ривожланиш психологияси маъруза

Eksperiment metodi-tadqiqotchining sinaluvchi faoliyatida aniq psixologik-pedagogik hodisalarni o’rganish uchun yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida faol aralashuvini talab etuvchi metoddir.
Eksperiment metodining turlari quyidagilardan iborat:
Labaratoriya turi- maxsus tashkil etilgan sharoitlarda kechadi, sinaluvchi harakatlar ko’rsatmalar orqali belgilanadi.
Tabiiy eksperiment turi- oddiy sharoitlarda o’rganishni talab etiladi.
Konstatalashgan turi- unda zarur psixologik-pedagogik hodisalarni o’rganish talab etiladi, faktlar aniqlashtiradi.
SHakllanuvchi eksperiment turi- jarayonida ta`lim oluvchilarning ma`lum bir sifatlarini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Nazorat eksperiment turi- natijasida taklif etilgan rivojlantiruvchi dastur samaradorligi haqida guvohlik beruvchi o’zgarishlar aniqlashtiriladi.
Psixologik-pedagogik eksperimentni tashkil qilishga bo’lgan asosiy talablar.

  1. Bola tomonidan bajariladigan faoliyatning qiziqarli bo’lishi.

  2. Eksperimental jarayonning qisqa muddatliligi.

  3. Bir qancha yosh davrlarning mazmuniga ko’ra muhim ma`lumotlarning doimiyligi.

  4. Eksperimentda faoliyatning bajariluvchi va qayd etiluvchining rasmiy jihatlarini oson o’zlashtirilishi.

  5. Har bir eksperimental topshiriqni sinaluvchi uchun muvafiqqiyatli yoki hech bo’lmaganda muvafaqqiyatli ko’rinishda amalga oshirish imkoniyati.

Eksperiment metodining yutuqlari:

  1. Natijalarning yuqori darajada aniqligi ta`minlanadi.

  2. Anologik sharoitlarda qayta tadqiq qilish imkoni mavjud.

  3. Barcha jarayonni to’liq nazorat qilish mumkin.

Eksperiment metodining kamchiliklari:

  1. Faoliyat sharoitidagi sinaluvchining holati reallik bilan muvofiq emas.

  2. Sinaluvchilar tadqiqot ob`ekti ekanliklarini biladilar.


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə