Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


XIX – asr o‘rtalari va XX – asr boshlarida Rossiyada yosh psixologiyasining shakllanish tarixi



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə16/52
tarix21.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#89876
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Ривожланиш психологияси маъруза

XIX – asr o‘rtalari va XX – asr boshlarida Rossiyada yosh psixologiyasining shakllanish tarixi
Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi XIX – asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi.
Rossiyada inqilobgacha bo‘lgan davrda madaniyat gumanizm, shaxs va bolaning ichki dunyosiga qiziqish g‘oyasiga asoslangan edi. Buni L.N.Tolstoyning “Bolalak”, “O‘smirlik”, “O‘spirinlik” asarlarida ko‘rish mumkin. XIX – asrning 60- yillarida siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida madaniy va ilmiy sohalarga qiziqish ortdi hamda ularni rivojlantirishga ehtiyoj tug‘ildi. Rossiya psixologiyasining doimiy e’tiborida shaxsning odob ahloq me’yorlari sohasining rivojlanishi turardi.
Bu davr olimlari N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.D.Yurkevich, N.X.Vessel bola shaxsini o‘rganilishi va rivojlanishini fanlararo komleks (psixologik, fiziologik, tibbiy va boshqalar) tarzda o‘rganish lozimligi muammosini ilgari surganlar. N.I.Pirogov birinchi bo‘lib tarbiyaning amaliy emas, falsafiy ahamiyatga egaligi, insonni ruhini tarbiyalash muhimligini e’tirof etgan. U bolalar psixologiyasini o‘rganishni, tushunishni o‘ziga xosligini o‘rganish shartligini ta’kidlagan. Bolalik o‘z qonunlariga ega va ularni xurmat qilish kerak: “Agar bolalar jamiyat qonun – qoidalarini buzish huquqiga ega bo‘lmasalar, bizning ham o‘z navbatida bolalar dunyosining qonunlarini buzishga haqqimiz yo‘q”. Shu orqali bolalar psixologiyasini o‘rganish, bolalarning yoshga bog‘liq xususiyatlari, ularni aniqlash, ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muammosiga katta turtki bo‘ldi.
Bu davrda yosh va pedagogik psixologiya o‘rganilishi shart bo‘lgan o‘z muammosiga ega, mustaqil fan sifatida o‘rganiladigan, ilmiy ahamiyat kasb etuvchi fan sifatida shakllandi. Uning muhim yo‘nalishlariga: umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, bolalar rivojlanishining individual xususiyatlaridagi farqlar, bolalar tarbiyasidagi dastlabki shart – sharoitlar, bilish jarayonlari metodlarini ishlab chiqish, bolalar psixikasidagi o‘ziga xosliklarni o‘rganish kiradi.
XIX – asrning 70- 80 yillariga kelib, tadqiqotning ikki yo‘nalishi: ota – onalarning o‘z bolalarini kuzatishi (bolalar rivojlanishini kundaliklarga qayd etish) va olimlar tomonidan bolalar rivojlanishini (ma’lum bir dasturga tayanib) o‘rganish vujudga keldi. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, aqliy mehnat qilishning zaruriy shart – sharoitlari va bilish faoliyatlari rivojlanishi, hulq – atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishi kabilar tadqiq etiladi (P.F.Kaptereva,_P.F.Lesgaft,_I.A.Sikorskiy,_N.N.Lange'>P.F.Kaptereva, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange kabilarning ishlarida kuzatiladi).
Bolalar rivojlanishing umumiy qonuniyatlarini o‘rganish jarayonida shaxsning bilish jarayonlari: xotira, diqqat, tafakkur, hayol va boshqalarning rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi ma’lumotlar to‘plangan. Alohida ahamiyat bolalar psixikasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtining rivojlanishiga berildi. Eng zarur ma’lumotlar bolalarning fiziologik rivojlanishini o‘rganish natijasida yig‘ilgan (I.Starkov). O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi tavofutlarni aniqlashga harakat qilingan (K.V. Yedniskiy).
Bolalar psixikasini o‘rganish o‘zini o‘zi kuzatish metodini inkor etib, yangi metodlardan foydalanishni taqazo etdi va psixologiya sohasiga eksperiment metodini kirib kelishiga stimul bo‘lib xizmat qildi.
Tadqiqot jarayonida eksperiment metodidan foydalanishni birinchi bo‘lib 1879 – yilda I.A.Sikorskiy boshladi. Lekin undan foydalanish ilm – fan dunyosida yaxshi qarshi olinmadi. 1880 – yillar o‘rtalariga kelib psixologik laboratoriyalar joriy etilganidan so‘ng, eksperiment metodi rus psixologiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Fanning rivojlanishida genetik yondashuvning ahamiyati katta. P.F.Kapterevning fikricha, “Hozirgi zamonda rivojlanish tushunchasi fan miqyosida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har bir sohada u yoki bu hodisalar rivojlanishi o‘rganiladi, ularni kelib chiqishini o‘rganmay turib, ma’lum voqea – hodisani chuqur o‘rganib bo‘lmaydi. Bolalar tarbiyasiga nisbatan ham huddi shunday qarash mavjud. Bolalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatish, imkoniyatlarini mustahkamlash uchun avvalo ularning rivojlanish tarixini yaxshi bilish zarur”.
Bolalar psixologiyasini bilish, uning kelib chiqishi va rivojlanishi shaxsni bilishda falsafiy savollarga javobini topdi. Bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’lumotlar va aniq dalillar to‘plangandan so‘ng, bolalar rivojlanishining me’yori, umumiy qonuniyatlarini o‘rganish savoli ilgari suriladi.
Bolalar rivojlanishining asosiy xususiyatlari haqida umumiy qoidalar shakllantirildi:

  • Rivojlanish bosqichma – bosqich va izchil davom etadi. Umuman olganda, u o‘z ichiga faqat olg‘a borishni nazarda tutadi. Ammo bir chiziqda ketmaydi, bu chiziqdan chetlanish va to‘xtab qolishlar ham kuzatiladi.

  • Jismoniy va ruhiy rivojlanish o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunday uzviy aloqadorlik aqliy, emotsional va irodaviy sifatlar o‘rtasida ham kuzatiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya va ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama rivojlanishga asos bo‘ladi.

  • Rivojlanish jarayonida muayyan tana a’zolari va psixologik faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi, ammo hammasi barobar emas va ishlash tezligi va tempi ham bir hil emas.

  • Rivojlanish o‘rta me’yorda kechadi, lekin turli sabablarga ko‘ra tezlashib ketishi yoki aksincha sekinlashishi mumkin.

  • Rivojlanish to‘xtab qolib, kasallikka ham aylanishi mumkin.

  • Bolalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida erta prognoz qilish mumkin emas. Maxsus qobiliyatlar umumiy rivojlanishga tayangan bo‘lishi lozim.

  • Bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni sohtalashtirmaslik kerak, har bir yosh davriga o‘z rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tish imkonini yaratish zarur.

Bolalarning umumiy rivojlanishi, sog‘lom va kasal bolalarni parvarishlash uchun tavsiyalar, bolalarni oilada va maktabda tarbiyalash, jismoniy, aqliy, emotsional, irodaviy va ruhiy rivojlanish borasida haqida ma’lumotlar beruvchi qo‘llanmalar ishlab chiqildi.
XIX – asrning oxiriga kelib psixologlar va pedagoglar o‘z urinishlarini birlashtirib, amaliy maktab hayotiga tadbiq etdilar. “Birinchilar (psixologlar) tadqiqot o‘tkazish uchun ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa ham, tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan nozik metodlarga ega; ikkinchilar esa ma’lumotlar bazasiga egalar, lekin ularni to‘liq anglash, tadqiq etish va baholash imkoniyatiga ega emaslar”, - A.P. Nechaev ta’kidlagan va pedagog hamda psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ma’qullagan.
XX asr boshlarida rus yosh va pedagogik – psixologiyasi, butun dunyo psixologiya fanlari bilan yaqin aloqaga kirishdi. Rus olimlari uzluksiz G‘arb mamlakatlaridagi bo‘layotgan yangiliklarni kuzatib va o‘rganib bordilar, o‘z eksperimental mahoratlarini horij laboratioriyalarida oshirib bordilar, ko‘pgini ilmiy ishlar rus tiliga tarjima qilindi va rus jurnallarida bosib chiqarildi. O‘z navbatida rus psixologlarining tadqiqotlari, kuzatishlari horij jurnallarida ham nashr etildi. Masalan, I.A. Sikorskiy, A.P. Nechaev va boshqalarning ishlari keng ommalashdi. Rus psixologlari butun dunyo olimlarini qiziqtirayotgan muammolar yuzasidan o‘z izlanishlarini olib bordilar.
XX asr boshlarida yosh psixologiyasi faning rivojlanishi muammosi ilmiy asosalarga tayangan holda olib borildi. Bu sohadagi tadqiqotlar rus pedagogik – psixologiyasida yetakchi o‘rinni egalladi. Bu muammoni o‘rganishga turli soha mataxassislari, eng kuchli nazariy bilim sohiblari, xususan, V.M.Bexterev, P.F.Lesgaft, I.P.Pavlov va boshqalar. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish uchun kuchli psixologlar jamoasi shakllandi. Ular qatoriga P.P. Blonskiy, P.F. Kapterev, A.F. Lazurskiy, N.N.Lange, A.P.Nechaev, M.M. Rubinshteyn, N.E. Rumyansev, I.A. Sikorskiy, G.I. Chelpanov va boshqalar.
Ularning tashabbusi bilan maxsus kadrlarni tayyorlovchi, ilmiy – tadqiqot ishlari olib boruvchi ilmiy markazlar tashkil etildi. Jadal nazariy va amaliy, metodologik, ilmiy faoliyatlar olib borish ishlari boshlandi. Ba’zi ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi laboratoriyalar, to‘garaklar, alohida xonalar tashkil etildi.
Nashriyotchilik ishlariga asos solindi. XX asrda yosh va pedagogik psixologiya sohasida nashrlar soni ortdi. Bolalar va pedagogik psixologiya fanlariga bag‘ishlangan ilmiy anjumanla va konferensiyalar tashkil etildi. Ilmiy va ijodiy izlanishlar natijasida nazariy va ob’ektiv metodikalar yordamida olingan amaliy ma’lumotlar to‘plandi.
Yosh va pedagogik psixologiyaning fanlararo tizimda mustaqil fan sohasi bo‘lib shakllandi va o‘zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega bo‘ldi. Bir qator ilmiy tadqiqot metodlari shakllantirildi. Kuzatish metodi kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar “kundalik”ka qayd etiladi, bolaning rivojlanishini kuzatish borasida maxsus dastur va reja tuziladi.Eksperiment metodi amaliy empirik tadqiqotlarga asoslanadi. Tabiiy eksperiment aynan bolalar psixologiyasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan (A.F.Lazurskiy). Test metodi ham keng muhokamaga qo‘yildi va boshqa metodlarni ham ishlab chiqila boshladi. Bolalarning psixologik xususiyatlari haqida ularning chizgan rasmlari orqali ega bo‘lish imkonini berdi.
Bu davrning asosiy tadqiqotlari yo‘nalishlari – har tomonlama yetuk va barkamol shaxsni shakllanish bosqichlari va mutaxassislarni o‘qitish tizimini takomillashtirishdan iborat eti.
XIX – XX asrlarda yosh psixologiyasi haqida olingan qisqacha ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, rus psixologiyasida rivojlanish muammosiga ilmiy va ijtimoiy tarafdan kuchli qiziqish mavjud bo‘lgan.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə