Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə15/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
312 07.06.2022

13-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi
59. Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 14-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi, Respublika ijtimoiy moslashuv markazi, ta’lim muassasalari va xususiy tashkilotlarning malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar beriladi.
60. Ariza beruvchi pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni so‘rab mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.
Yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va holatini o‘rganib, Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlar bilan tavsiyanoma taqdim etadi:
psixolog tomonidan berilgan ariza beruvchining psixologik yordamga muhtojligi to‘g‘risidagi xulosa;
psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi. Shartnomada tashkilotning nomi, STIR, ko‘rsatiladigan xizmat summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
61. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha uch ish kuni ichida Vasiylik kengashi subsidiya ajratish haqida qaror qabul qiladi.
Mazkur qaror asosida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan uch ish kuni ichida psixologik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə