Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari


Oriental Renaissance: innovative



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#122638
1   2   3   4   5   6
yoshlarda-ijtimoiy-faollik-holati-va-amalga-oshirish-shakllari

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423 
257 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol 
bo‘lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni 
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning 
umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.
3
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv 
sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to‘laqonli 
rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning to‘liq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo‘lish jamiyatda ro‘y 
berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning 
yechimini chuqur anglashni taqozo etadi. Demak, biz yoshlarimizda fuqaroviy ongni 
shakllantirishimiz kerak. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, 
umumiy manfaatlar yo‘lida fuqarolar o‘rtasida kelishuv bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Jamiyatda ro‘y beradigan turli ijtimoiymadaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong 
o‘zgarib boradi va fuqaroviylik to‘g‘risidagi g‘oyalar taraqqiyotida o‘z aksini 
topadi.Yoshlarni fuqaroviy ongi qanchalik rivojlangan bo’lsa ular jamiyatdagi 
ijtimoiy faolligi shunchalik faollashadi. 
Aynan fuqaroviy faollikning o‘zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi; 

faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim 
to‘g‘risida bilim olishga tayyor bo‘lgan kishilardan iborat; 

faol fuqarolarda o‘z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va 
qobiliyat mavjud;

faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko‘nikmalar 
mavjud bo‘ladi.
4
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Muayyan faoliyatni doimiy ravishda tashkil 
etish shaxsda ma‘lum ko‘nikmalarni hosil qiladi. Ko‘nikmalar esa faoliyatni izchil 
davom ettirish jarayonida malakalarga aylanadi. Shakllangan malaka esa shaxs 
tomonidan faoliyatning tezkor, sifatli, samarali kechishini ta‘minlaydi. Faoliyatda 
samaradorlikka erishish insoniyatni qay darajada qiziqtirib kelgan bo‘lsa, uni tashkil 
etayotgan shaxsning kasbiy malakaga ega bo‘lishi ham shunday dolzarblik kasb 
etgan. Kasbiy malakaga ega bo‘lish ijtimoiy, shu bilan birga shaxsiy ahamiyatga 
egadir. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə