Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari


Oriental Renaissance: innovative



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#122638
1   2   3   4   5   6
yoshlarda-ijtimoiy-faollik-holati-va-amalga-oshirish-shakllari

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423 
256 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
hodisalarga faqat va faqat negativ munosabat bildirib oʻtirish, bu hali ijtimoiy faollik 
degani emas. 
Har qanday ijtimoiy hodisaga nimadir sabab boʻladi, nimadir turtki beradi. 
Ijtimoiy faollik ham oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan jarayon emas.
2
ADABIYOTLAR TAHLILI
VA METODLAR 
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, 
tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Yoshlarda ijtimoiy 
faollik holati va amalga oshirish shakllari haqida tahlil olib borildi. Tursunova N.ning 
“Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari” nomli o’quv qo’llanmasi 
metodologik manba bo’lib belgilandi.
MUHOKAMA VA
NATIJALAR
Mustaqil mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatorida koʻrish har bir 
oʻzbekistonlikning orzusi. Lekin bu orzu kecha yoki bugun paydo boʻlgani yoʻq. 
Yurtdoshlarimiz qalbidagi ana shu istakning yanada ortib, yangi Oʻzbekistonni barpo 
etishga boʻlgan ishtiyoqning kuchayishiga, aytib oʻtganimiz – ijtimoiy faollikning 
ortishiga, shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan shiddatli 
demokratik islohotlar turtki berdi. 
Bugun Oʻzbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon qadam 
tashladi. Taraqqiyot va farovonlikka qaratilgan islohotlarning samarali amalga 
oshishini hamma istaydi. Sababi, bu kabi islohotlar natijasida halq farovon yashaydi. 
Islohotlarga, oʻzgarishlarga daxldorlik hissi shaxsni ijtimoiy faol boʻlishga undaydi. 
Kelajak 
bugundan 
boshlanadi.Yurtimizda 
yoshlarning 
bilim 
olishi, 
hartomonlama yetuk shaxslar bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoitlar 
yaratilgan.Ushbu maqolada nazariy jihatdan egallangan bilimlarni amaliyotga tatbiq 
etish natijasida shakllanadigan faollik borasida fikr-mulohaza yuritishni oldimizga 
maqsad qilib qo‘ydik.Ijtimoiy faollik shaxs faoliyatining muhim tomonlaridan biridir. 
U shaxsning jamiyat va jamoa ishlaridagi ishtirokida namoyon bo‘ladi; ma'lum 
darajada siyosiy va axloqiy o‘zlikni anglashga asoslanadi. Ijtimoiy faollikni 
tarbiyalash – bu nafaqat jamoat ishlarida ishtirok etish darajasining oshishi, balki 
yoshlarning axloqiy yo‘nalganligini aniqlovchi motivlarning shakllanishi hamdir. 
Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni o‘rganishdan asosiy maqsad fuqarolik 
jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni o‘rganishdan iborat. Zero fuqarolik 
2
Qayumov U. Rol semi v formirovani nravstvennix i duxovnix osnov obshestva. “Ijtimoiy fikr”. 2004. 4-
son. 93-94 betlar. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə