kilometri umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini tashkil etib, u 24
foizni
tashkil etadi. 59267 km ichki xujalik kishlok yullari bo‘lib, 34 foizni tashkil qiladi.
Qishloq ko‘chalari va yullari 52152
kilometrni tashkil qilib, 29 foizni tashkil
qiladi. SHaxar ko‘chalari va yo‘llari 17807 kilometrni tashkil qilib, 10 foizni
tashkil qiladi. Korxonalarga qarashli yo‘llar 5462 km ni tashkil qilib, 3 foizni
tashkil qiladi. Idoraviy inspektorlik yo‘llari 6631 kilometr bo‘lib, 4 foizni tashkil
etadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
muvofiq xalqaro
avtomobil yo‘llari tarmog‘iga kiradigan yo‘llar xalqaro ahamiyatga molik
avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. O‘zbekiston
Respublikasi viloyatlari va
tumanlarining ma'muriy markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi
shaharlar, madaniyat
hamda sanoat markazlari o‘rtasida transport qatnovini ta'minlaydigan,
mazkur
markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temiryo‘l
stansiyalari, portlar va kema to‘xtash joylari, shuningdek qo‘shni
davlatlar bilan
bog‘laydigan yo‘llar davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: