sathdagi kesishmalar, temir yo‘l kesishmalari, rejadagi kichik radiusli egriliklar va
shu kabilar yaqinida), yo‘l bo‘yicha joylashgan postlarda kuzatuvchilar yordamida
harakatdagi keskin o‘zgarishlarni o‘lchab borish;
harakatlanuvchi laboratoriya avtomobilida o‘rnatilgan
datchiklar
yordamida yo‘l bo‘yicha tezlikning va yo‘nalishlarning o‘zgarishini «samopitses»
larda yozib borish.
Ziddiyatli
vaziyat usulidan foydalanib, yo‘l bo‘lagining
xavflilik darajasini
aniqlash uchun avtomobil-laboratoriya yordamida hamma yo‘l bo‘laklaridagi
tezlikning va yo‘nalishning o‘zgarish grafigini chizish kerak. Bu usulda yo‘lning
xavflilik darajasini aniqlash avtomobilning u yoki bu holatidagi bo‘ylama va
ko‘ndalang manfiy tezlanish qiymati bilan o‘lchanadi.
Ziddiyatli vaziyat o‘zining xavflilik darajasi bo‘yicha uch turga bo‘linadi:
yengil, o‘rtacha va kritik
.
Yengil
– haydovchi uzoq masofadan ziddiyatli
nuqtaga yaqinlashi- shida
xavfli
vaziyatni tushunib, boshqa harakat qatnashchilarining harakat yo‘nalishini
o‘z vaqtida baholash imkoniyati mavjud.
O‘rtacha
–
kutilmaganda xavfning paydo bo‘lishi
yoki boshida
harakatlanish sharoitini noto‘g‘ri baholash oqibatida
yuzaga kelish bilan
tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: