Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149
Gippokrat
 antik (eng 
qadimgi) dunyo tibbiyotini, uni afsun qilish, ibodat qilish va xudolarga qurbonlik 
keltirib davolash usullaridan ajratib isloh qilgan.
―Birikmalarni bo‗laklash‖, ―Sinishlar‖, ‖Boshdagi yaralar‖ singari traktatlarda 
(traktat-ayrim masala yuzasidan yozilgan ilmiy asar) u o‗sha vaqtda ma‘lum bo‗lgan 
tayanch-harakatlanish tizimidagi buzilishlar tasnifini amalga oshirgan va davolash 
vosita va usullarini, xususan mexanik, tarang qilib tortilgan bog‗lashlar, tortib olish, 
qayd qilish (fiksatsiya) taklif etgan [Borodulin, Tibbiyot tarixi]. O‗sha vaqtdayoq 
oyoq-qo‗llarning birinchi takomillashgan yasama a‘zolarini (protez-protez, yasama 
a‘zo-gavdaning biror a‘zosi o‗rniga qilingan mexanik asbob yoki apparat) paydo 
bo‗lgan va ular ayrim funksiyalarni bajarish uchun xizmat qilgan bo‗lishi mumkin. 
Har holda, katta (akasi) Pliniyda ikkinchi Puni urushida (eramizdan oldingi 218-210 
asrlar) ishtirok etgan bir Rum qo‗mondoni to‗g‗risida qayd etilgan. Jangda 
yaralangandan keyin uni qo‗li amputatsiya (amputatsiya - oyoq yoki qo‗lni, yoki 
ularning bir qismini xirurniya usuli bilan kesib tashlash) qilingan va temir qo‗l bilan 
almashtirilgan. SHuning bilan birga u protez bilan qalqonni ushlagan va janglarda 
ishtirok etgan.
Platon
 hamma narsalarning aql bovar qilmaydigan timsollar (proobraz) - 
g‗oyalar to‗g‗risida ta‘limot yaratgan. Inson tanasining shaklini tahlil qila borib, u 
ta‘lim beradiki, «xudolar, Olamni tasvirlariga taqlid qilgan holda, sharsimon 
(sferoid) 
jismga 
ikkala 
jozibali 
(bojestvennыy) 
o‗zgarib 
turishlarni 
(krugovraщeniya) kiritgan, ... va uni hozir biz bosh deb ataymiz». Tayanch-
harakatlanish tizimini u quyidagicha tushuntiradi: «bosh hamma eri balandlik va 
chuqurliklar bilan qoplangan erda g‗ildirab ketmasligi uchun ... tana cho‗zinchoq 
bo‗lgan va uni harakatlaniuvchi qilgan xudoning rejasiga (qasd, g‗araz, niyat) 
ko‗ra undan to‗rtta nihoyalik (oyoq-qo‗l) chiqargan; ularni yoyish va yig‗ish 
mumkin; ular yordamida ushlab va tayanib tana hamma erda harakatlanish 
qobiliyatiga ega bo‗lgan ... ». Platonning dunyoni va odamni tuzilishi to‗g‗risidagi 


31 
fikr-mulohazalari mantiqiy tadqiqotga asoslangan va «u shunday tarzda borishi 
kerak-ki, ehtimollikning eng katta darajasiga erishilsin» [Platon]. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə