Yusupova Z. X


I BOB. BIOMEXANIKA FANINING PREDMETI MAQSAD



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
I BOB. BIOMEXANIKA FANINING PREDMETI MAQSAD 
VA VAZIFALARI
 
1.1 Biomexanika fanining predmeti 
XX asr o‗rtalarigacha 
"Biomexanika"
deganda inson va hayvonlarning 
harakatlari to‗g‗risidagi fan tushunilgan. Biroq, keyinchalik 
Biomexanika
bo‗yicha tadqiqot chegaralari kengaya bordi. Jumladan quyidagi yo‗nalishlar 
rivojlandi: Nafas olish apparati 
Biomexanikasi
uning elastik va noelastik 
qarshiligini, nafas olish harakatlarining kinematikasini (ya‘ni, harakatlarning 
geometrik xarakteristikalarini) va dinamikasini, shuningdek nafas olish apparati 
faoliyatini yaxlit holda va uning alohida bo‗laklarining (o‗pka, ko‗krak qafasi) 
faoliyatini boshqa tomonlarini o‗rganadi; qon aylanish 
Biomexanika
tomirlar va 
yurakning elastik xossalarini,tomirlarni qon aylanishiga gidravlik qarshiligini, 
yurakning ishini va boshqalarni o‗rganadi; harakatlar 
Biomexanika
, anatomiya va 
nazariy mexanika ma‘lumotlariga asoslanib, harakatlanish organlari tuzilishini, 
bo‗g‗inlarda harakatlarni chaqiradigan muskul kuchlari qo‗yilishi (ta‘sir etishi) 



xarakterini, bo‗linishlar kinematikasini, gavda massasini uning zvenolari bo‗yicha 
taqsimotini, ushbu zvenolar va gavdani yaxlit holda harakatlanish qonuniyatlarini 
o‗rganadi, ta‘sir etuvchi kuchlarning xarakterini, yo‗nalishini va ahamiyatini 
aniqlaydi. Harakatning biomexanik xarakteristikasi strukturaviy, kinematik va 
dinamik tahlil asosida tuziladi. Strukturaviy tahlil qilishda jism kinematik 
zanjirlarining erkinlik darajasi soni, ularning xarakteri (ochiq, yopiqligi) 
aniqlanadi; kinematik tahlil harakat xarakteristikalarini (traektoriya, tezlik va 
tezlanishni) beradi; dinamik tahlil - ichki va tashqi kuchlar o‗zaro ta‘sirining 
manzarasini (xossalarini) beradi.
Umumiy holda, hayotning asosiy sharti tirik organizmni atrof muhit bilan 
o‗zaro munosabati va ta‘siri hisoblanadi. Bu o‗zaro munosabatda harakatlanish 
faoliyati muhim rol o‗ynaydi. Tirik organizm faqat o‗z harakatlari bilan o‗ziga 
oziq-ovqat topishi, o‗z hayotini himoya qilishi, avlodini davom ettirishi va ularni 
yaxshi yashashini ta‘minlashi mumkin. Faqat turli-tuman va murakkab 
harakatlardan foydalangan holdagina odam mehnat faoliyati ko‗rsatadi, boshqa 
odamlar bilan muloqotda bo‗ladi, gaplashadi, yozadi, ijod qiladi, san‘at asarlarini 
yaratadi va hokazo. Ma‘lum tarzda (tartibda) tashkil etilgan harakatlanish faoliyati 
jismoniy tarbiyaning asosi va sportning asosiy mazmun-mohiyati hisoblanadi. 
Biomexanika - bu tirik mavjudotlarning harakatlanish imkoniyatlarini va 
harakatlanish faoliyatini o‗rganadigan fanning bo‗limi.
U : a) biomexanika nazariyasi (asosiy qoidalar); 
b) biomexanika usuli (metodi) (bilimlarni olish yo‗llari)ga bo‗linadi. 
Biomexanika ―olingan harakatning mexanik energiyasi va kuchlanishi qanday 
tarzda ish faoliyatida qo‗llanishini‖ tadqiq qiladi.
Bu masalaning quyidagi ikki tomoni qiziqish uyg‗otadi: 
a) morfologik – tananing tuzilishi, shakli va rivojlanishi qanday sodir bo‗lishi; 
b) funksional – sportchining harakatlanish imkoniyatlari qandayligi. 
Harakatlar yordamida sportchi o‗zining hamma imkoniyatlarini amalga 
oshiradi. SHu bilan birga sport mahorati hamma sportchilar uchun aynan bitta 
qonunlarga asoslanadi, biroq har bir mahoratli sportchining o‗sish yo‗li o‗zgacha 



(o‗ziniki), alohida, boshqalardan farq qiladigan – individual bo‗lishi aniq. 
Hozirgi zamon sport yutuqlarining yuqori darajasi ulkan hajmdagi trenirovka 
ishlarini bajarishni talab qiladi. Organizmga ta‘sir ko‗rsatishni yanada kuchaytirish 
uchun endi vaqt va imkoniyatlar tobora etishmay borayotganligi sezilmoqda. 
Bunday ta‘sirlarning natijasi (chiqishi) trenirovkaning vosita va usullarini puxta 
ishlab chiqish va tekshirishdir. 
Tirik tizimlarda (sistemalarda) mexanik harakat quyidagilar sifatida namoyon 
bo‗ladi : 
a) butun biotizimni uning atrofidagilarga (muhit, tayanch, jismoniy jismlarga) 
nisbatan harakatlanishi; 
b) biologik tizimni o‗zining deformatsiyasi – uning ayrim qismlarini 
boshqalariga nisbatan harakati. 
Jism harakatlarini quyidagicha tasnifi (klassifikatsion bo‗linishi) mavjud: 
- jism holatini saqlanishi, 
- joyida turib harakatlar, 
- o‗q atrofida harakatlar, 
- lokomotor harakatlar, 
- siljituvchi harakatlar. 
Harakatlanish faoliyati - bu harakatlantiruvchi ta‘sirlar tizimi.
Biomexanik tahlil muolajasi (protsedurasi) - harakatlanish faoliyatining tashqi 
manzarasi bo‗lib, u quyidagilardan iborat: 
- harakatlardagi o‗zgarishlarni vujudga keltiradigan sabablar; 
- ishlayotgan mushaklarning topografiyasi; 
- energetik sarflar; 
- optimal harakatlantiruvchi rejimlar. 
Mashq bajarilishini tahlil qilish mazmun-mohiyati xarakteri bo‗yicha umuman 
turlicha bo‗lishi mumkin. 
Uning quyidagi uchta asosiy shakllarini ajratish maqsadga muvofiq: 
- miqdoriy (aniq va taxminiy-yaqinlashuvchi); 
- sifat bo‗yicha (chuqurlashgan, asosiy /qurilma materiallarisiz/ va 



soddalashgan); 
- pedagogik. 
Bundan tashqari, sinaluvchilar aniq ma‘lum shart-sharoitlarda bo‗ladigan tabiiy 
tajribani (eksperimentni) va laboratoriya (modelli) eksperimentni keltirish 
mumkin.
Misol, (kosmos uchun) eksperimentni tashkil qilish. Ikkita guruh: 
- birinchisi - sinaluvchilar yarim yil davomida yotdilar va kun tartibi bo‗yicha 
sun‘iy muhit sharoitlarida jismoniy mashqlar majmuasini bajardilar; 
- ikkinchisi – aynan o‗sha sharoitlarda yotdilar, biroq jismoniy mashqlar 
majmuasini bajarmadilar.
Birinchi guruhda – ijobiy samara kuzatilgan. Ikkinchi guruhda – 
mushaklarning qisman atrafikatsiyasi, ularning zichlashuvi sodir bo‗lgan, yog‗ 
qatlamini ortishi kuzatilgan, vazn o‗zgarmagan (tajribadan keyin dastlabki 
vaqtlarda tura olmaganlar, oyoqlar zaiflikdan titragan). 
Biomexanik tadqiqotlar bilan bog‗liq bo‗lgan qiyinchiliklar: 
1) sportdagi o‗lchash ob‘ektlari texnikadagiga nisbatan ancha murakkab 
(xalaqit beruvchi omillar ko‗pligi sababli); 
2) ko‗proq ruhiyat va olingan natijalar o‗rtasidagi noaniq o‗zaro aloqalari 
tadqiq qilinadi; 
3) o‗lchashlarni avtomatlashtirishdan kam foydalaniladi; 
4) bevosita o‗lchashlarni bajarish imkoniyati deyarli yo‗q (hammasi bilvosita 
bajariladi); 
5) o‗lchashlar birligi - belgilangan xalqaro kattaliklardan (Xalqaro SI birliklar 
tizimi) - qonuniy fizik birliklardan foydalanish; 
6) tadqiqot laboratoriyalari jihozlarining past darajasi. Misol: 10 ta 
sinaluvchining kuchi turli qurilmalar bilan o‗lchandi - yakunda turli natijalar. 
Buning sabablari turlicha: dinamometrlarning xatoligi, zavoddan chiqishida 1-3 % 
ni tashkil etsa, ma‘lum bir vaqt o‗tgandan keyin bu xatolik 15 % gacha etib qoladi 
(eng aniqlari.
Tadqiqot qurilma (uskunalari) 2-3 yildan keyin eskirib qoladi. 



Yana bir muammo - laboratoriya asbob-uskunalar bilan to‗lib ketgan, ulardann 
foydalanish foizi 8-10% ni tashkil qiladi. 
Ko‗pchilik hollarda, biomexanik tadqiqot masalasi harakatning kinematik 
xarakteristikalari bo‗yicha ta‘sir etuvchi kuchlar xossalarini aniqlanishiga 
keltiriladi. Bu harakatning tejamkorligini, ham tashqi, ham muskul kuchlaridan 
foydalanish darajasini baholash hamda harakatlarni koordinatsiya va regulyasiya 
qilish mexanizmlari to‗g‗risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu 
bo‗limda 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə