Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Biomexanika fani
- jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida odamning 
harakatlarini o‗rganadi. 
Sport biomexanikasida o‗rganiladigan odamning mexanik harakatlari tashqi 
mexanik kuchlar (og‗irlik, ishqalanish va boshqalar) va mushakning tortish kuchi 
ta‘siri ostida amalga oshadi. Mushakning tortish kuchi markaziy asab tizimi 
tomonidan boshqariladi va shundan kelib chiqqan holda fiziologik jarayonlar bilan 
belgilanadi. 
SHuning uchun, jonli harakatlar tabiatini to‗liq tushunish uchun harakatlar 
mexanikasining o‗zinigina o‗rganib qolmy, balki ularning biologik tomonlarini 
ham ko‗rib chiqish zarur. Aynan ularning biologik tomonlari mexanik kuchlarning 
tashkillashish sabablarini belgilaydi. SHuni bilish zarurki, tirik dunyo uchun 
mexanikaning alohida qonunlari mavjud emas. Tirik tizimlar abstrakt, absolyut 
qattiq jismlardan qanchalik farq qilsa, tirik organizmlarning harakatlari absolyut 
qattiq jismlarning harakatlariga nisbatan shunchalik murakkabdir. SHundan kelib 
chiqqan holda, jonli ob‘ektlarga nisbatan mexanikaning umumiy qonunlarini tatbiq 
etishda nafaqat ularning mexanik xususiyatlarini, balki biologik xususiyatlarini 
(masalan, odam harakatlarini sharoitlarga moslashishining sabablarini, harakatlarni 


12 
takomillashtirish yo‗llarini, charchashning ta‘sir ko‗rsatishini va b.) ham hisobga 
olish kerak.
 
Odamning harakatlar faoliyati
uning amaliy harakatlaridan iborat hamda u – 
eng murakkab hodisalardan biri hisoblanadi. Ularning murakkabligi harakat 
a‘zolarining funksiyalari oddiy bo‗lmaganligidagina emas, balki unda eng yuksak 
tashkillashgan materiya – miyaning mahsuloti bo‗lmish ongning ishtirok etishida 
hamdir. SHuning uchun, odamning harakatlar faoliyati hayvonlarnikidan juda katta 
farq qiladi. Bu erda, birinchi navbatda, odam tomonidan amalga oshiriladigan 
harakatlarning maqsadga yo‗naltirilgan ongli faolligi, ularning mazmunini 
tushunishi, o‗z harakatlarini nazorat qilish va reja asosida takomillashtirish 
imkoniyati mavjudligi to‗g‗risida gap yuritilmoqda. Odam va hayvonlarning 
harakatlari o‗rtasidagi o‗xshashlik faqat biologik darajada mavjud. Jismoniy 
tarbiya jarayonida odam harakatlar faoliyati yordamida o‗zining shaxsiy tabiatini 
faol qayta o‗zgartiradi va jismonan takomillashadi. Inson ilmiy–texnik taraqqiyot 
imkoniyatlaridan foydalangan holda, qolaversa harakatlar faoliyati (harakatlarni 
amalda bajarish, xat-yozuv, nutq va h.k.) vositasida dunyoni qayta o‗zgartiradi.
Harakat faoliyati mushaklarning ishlashi oqibatida chaqiriladigan va 
boshqariladigan ixtiyoriy faol harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Inson o‗z 
idroki bo‗yicha, ixtiyoriy ravishda harakat qilishni boshlaydi, ularni o‗zgartiradi va 
maqsadiga erishgandan keyin to‗xtatadi. N.A.Bershteynning fikricha, inson 
normada shunchaki harakatlarni emas, balki amaliy harakatlarni bajaradi. 
Insonning amaliy harakatlari doimo maqsadga va ma‘lum bir mazmunga ega. 
Nyuton shunday savolni qo‗ygan: ―jismlar harakati qay tarzda idrokka amal 
qiladi?‖, ya‘ni qo‗yilgan maqsadga erishadi. Lekin, hozirgi vaqtdagina, insonning 
maqsadga yo‗naltirilgan (ixtiyoriy) harakatlari mexanikasi, harakatlar maqsadidan 
kelib chiqqan holda ishlab chiqilmoqda. 
Gavda alohida qismlarining harakatlari boshqariladigan harakatlar tizimiga, bir 
butun aktlarga birlashtirilgan (masalan, gimnastik mashqlar, chang‗ida 
harakatlanish usullari, basketbol o‗yini usullari). Harakatlar tizimi tarkibiga gavda 
alohida qismlarining (bo‗g‗inlarda) va ayrim hollarda butun gavdaning holatini 


13 
faol ushlab turish ham kiradi. Har bir harakat, bir butun harakatlar tarkibida 
o‗zining rolini bajaradi va maqsadga mos keladi. Agar sportchi, o‗zining har bir 
harakatida maqsadni ko‗ra bilsa va uni amalga oshirsa, uning amaliy harakatlari 
ham, maqsadga yaxshiroq erishishiga olib keladi. 
Biomexanikada harakatlarning sabablari mexanika va biologiya nuqtai 
nazaridan ko‗rib chiqilishiga qaramasdan, ularning qonuniyatlariga o‗zaro 
bog‗liqlikda qarash lozim, ya‘ni bunda, harakatlarni maqsadga yo‗naltirilgan holda 
boshqarilishida inson ongining rolini hisobga olish kerak. Aynan mexanik va 
biologik qonuniyatlarning o‗zaro bog‗liqligi sport biomexanikasining o‗ziga xos 
tomonlarini ochish imkoniyatini beradi. 
Hozirgi zamon sport biomexanikasini, soddalashtirilgan holda va shartli 
ravishda, har bir qavatida (sathida) uchtadan bo‗limi mavjud bo‗lgan uch qavatli 
―bino‖ sifatida qarash mumkin (1-rasm). 
 
1-rasm. Zamonaviy biomexanika strukturasi. 
Sport biomexanikasi umumiy, differensial va xusuiy biomexanikaga 
bo‗linadi. 
Umumiy biomexanika inson harakatining nazariy muammolarini hal 
qiladi hamda inson qanday va nima uchun harakat qilishini bilishga yordam beradi.


14 
Sport biomexanikasining ushbu bo‗limi jismoniy tarbiya va sportning amaliyoti 
uchun juda muhim, chunki ―yaxshi nazariyadan ham yaxshiroq amaliyot 
bo‗lmaydi‖ deb bejizga aytilmagan.
Differensial biomexanika harakatlanish imkoniyatlari va harakatlanish 
faoliyatining individual va guruhli xususiyatlarini o‗rganadi. Sportchining yoshiga, 
jinsiga, salomatligi holatiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga, sport mahoratiga 
(kvalifikatsiyasiga) va boshqalarga bog‗liq bo‗lgan xususiyatlari o‗rganiladi.
Xususiy biomexanika alohida sport turlarida va ommaviy jismoniy 
tarbiya turlarida texnik va taktik tayyorgarlikning aniq (konkret) masalalarini qarab 
chiqadi. Bular jumlasiga sog‗lomlashtiruvchi yugurish va yurishni, 
umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlarini, quruqlikdagi (aerobika) va suvdagi 
(akvarobika) ritmik gimnastikani va shu singarilarni kiritish mumkin. Xususiy
sport biomexanikasining asosiy masalasi - insonga turli-tuman harakatlarni qanday 
to‗g‗ri bajarishni yoki harakatlanish madaniyatini qanday mustaqil o‗zlashtirishni 
o‗rgatishdir.
Sport biomexanikasining uchta ―qavatida‖ (sathida): harakatlar – 
harakatlanish amallari - harakatlanish faoliyati o‗rganiladi. 
Birinchi sathda harakatni tadqiq qilish uchun kerakli ma‘lumotlar (faktik 
natijalar), ko‗pchilik hollarda, (izolyasiyalangan) muskullar yoki hayvonlar 
tanasining boshqa qismlari bilan o‗tkazilgan tajribalarda olinadi. Kamdan-kam 
uchraydigan mustasnodan (masalan, chaqaloqni harakatlaridan) tashqari, sog‗lom 
inson maqsadga yo‗naltirilgan va motivatsiyalangan harakatlarni yoki 
harakatlanish amallarini bajaradi.
Ikkinchi sathda biomexanika harakatlanish amallari texnikasini (masalan, 
sakrash, zarba berish, yurish, yugurish va shu singarilar texnikasini) o‗rganadi va 
takomillashtiradi.
Sport biomexanikasining uchinchi sathi harakatlanish faoliyati taktikasiga 
bag‗ishlangan. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida harakatlanish faoliyati 
harakatlanish amallari yig‗indisidan zvenolardan tashkil topgan zanjir sifatida 
jamlanadi. Masalan, yugurish alohida qadamlardan; o‗q otish - miltiqdan, nishonni 


15 
mo‗ljalga olishdan va o‗qni otishdan; futbolda jarima zarbasini bajarish - yugurib 
kelishdan va oyoq biln koptokka zarba berishdan tashkil topgan bo‗ladi. bunday 
zanjirdagi harakatlanish amallari o‗zaro bir –biri bilan bog‗liq va bir –biri uchun 
zamin yaratadi. SHuning uchun harakatlanish faoliyati - bu harakatlanish amallari 
tizimidir. Bundan tashqari, keyingi paytlarda biomexanikaning quyidagi 
yo‗nalishlari paydo bo‗ldi va rivojlanib bormoqda: 
- muhandislik (injener) biomexanikasi, uning asosiy yutuqlari ishni tashkil 
etilishi bilan bog‗liq;
- tibbiy biomexanika, jarohat olishning (travmatizmning) sabablarini, 
oqibatlarini va profilaktika usullarini, tayanch-harakatlanish apparatining 
mustahkamligini, protezlash masalalarini tadqiq qiladi; 
- ergonomik biomexanika, insonning uni o‗rab turgan buyumlar bilan 
o‗zaro munosabatlarini o‗rganadi va uning maqsadi ushbu munosabatlarni 
optimallashtirishdir. 
Biroq, jismoniy mashqlar biomexanikasi sport biomexanikasining 
markaziy bo‗limi bo‗lib qoladi. U insonning sport trenirovkalari va musobaqalar 
davomida hamda jismoniy madaniyatning ommaviy va sog‗lomlashtirish shakllari 
mashg‗ulotlari, shu jumladan maktabda jismoniy tarbiya darslari, jarayonida 
harakatlanish faoliyatini o‗rganadi. Jismoniy mashqlar biomexanikasi, uzluksiz 
takomillasha borib, asta sekinlik bilan inson harakatlanish faoliyatining hamma 
tomonlarini qamrab oladigan harakatlanish faolligi biomexanikasiga aylanadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə