Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
 
1.4. Biomexanikaning metodi 
Biomexanika faninining metodi – bu, tadqiqot qilishning asosiy usuli
hodisalarning qonuniyatlarini o‗rganish yo‗li. Sport biomexanikasining nazariyasi 
uning metodini asoslab beradi. Metodi esa yangi ma‘lumotlar olish, yangi 
qonuniyatlarni ochish imkoniyatini belgilaydi. 


22 
Harakatlarni o‗rganishda, metodning o‗ziga xosligi – harakatlarning tizimli 
tahlilini va ularning sintezini aniq usullarini belgilashdan iborat. Harakatlar 
tizimining elementlari tarkibini aniqlash – harakatlar amallarining bir butunligini 
bilish bosqichi hisoblanadi. Biomexanika eksperimental fan sifatida harakatlarni 
tajribalarda o‗rganishga asoslangan. Uskunalar yordamida harakatlarning miqdor 
xususiyatlari (tavsiflari) yozib olinadi. Masalan, tezlik, tezlanish traektoriyalari, 
bular harakatlarni farqlash, ularni o‗zaro taqqoslash imkoniyatini beradi. Ushbu 
xususiyatlarni ko‗rib chiqishda, harakatlar tizimini ma‘lum bir qoidalar asosida, 
uning tarkibiy qismlariga hayolan bo‗lib chiqiladi. Ushbu yo‗l bilan uning tarkibi 
aniqlanadi. Harakatlarning tizimli tahlili aynan shundan iborat. 
Harakatlar tizimi, bir butun sifatida, uning tarkibiy qismlarini oddiygina
yig‗indisi emas. Tizimning qismlari ko‗p sonli o‗zaro aloqalar bilan birlashgan 
bo‗lib, bu aloqalar, ularga yangi va ularning qismlariga xos bo‗lmagan sifatlarini 
(tizimli xususiyatlari) beradi. Qismlarning tizimdagi o‗zaro aloqalari usullari, 
ularning o‗zaro harakatlari qonuniyatlari ushbu tizimning tarkibiy tuzilmasini 
ko‗rsatadi. Miqdoriy jihatlarini o‗rganish orqali elementlar bir-birlariga qanday 
ta‘sir ko‗rsatishi aniqlanadi, tizimning bir butunligi sabablari ochiladi. Harakat 
amallarining tizimli sintezi aynan shunda namoyon bo‗ladi. 
Harakatlarning miqdoriy jihatlari bo‗yicha, yuqori darajadagi tizimli tahlil 
orqali harakatlar tizimining modellari (fizik, matematik modellarini) tuziladi. 
Elektron hisoblash texnikasidan foydalangan holda harakatlarni boshqarish 
jarayonlarini o‗rganish, harakat amallari–ning optimal variantlarini izlash 
boshlanadi. Harakatlar tizimining sintezi, ularni real tuzish, ya‘ni sport texnikasini 
egallash paytida ham nazariy (modellashtirish), ham amaliy ravishda amalga 
oshiriladi. Harakat amallarining tizimli tahlili va tizimli sintezi bir–biri bilan 
uzluksiz bog‗liq, tizimli–strukturaviy tadqiq qilishda bir–birini to‗ldirib turadi. 
Zamonaviy biomexanik tadqiqotlarda funksional usul eng ko‗p ishlatiladi. 
Uning yordamida hodisalarning xususiyatlari va holatlari o‗rtasidagi funksional 
bog‗liqlik o‗rganiladi, ularni ma‘lum bir kattaliklar tavsiflaydi, aniq sharoitlar
miqdor jihatdan belgilangan qonun o‗rganiladi. Bunda, hodisalarning ichki 


23 
tuzilmalarini o‗rganish vazifasi qo‗yilmaydi, balki faqat uning funksiyasi tadqiq 
qilinadi. Tizimli–strukturaviy va funksional usullarni qarama–qarshi qo‗yish kerak 
emas. Ishning mohiyatiga ko‗ra, mantiqan, avval tizimning tuzilishini tushunishga 
intilmasdan turib, barcha tizim funksiyasini butunligicha ko‗rib chiqiladi. 
Keyinchalik esa, uning ichki mexanizmlari o‗rganiladi. Lekin, qaysi bir bosqichda, 
ancha chuqur xususiyatlari yana hali o‗rganilmagan bo‗lib chiqadi va bunda, faqat 
funksiya o‗rganiladi. YOndoshuv va usulni tanlash tadqiqotning vazifalarini 
qo‗yish va shartlariga bog‗liq holda belgilanadi. 
Sport biomexanikasining metodini, harakatlarning murakkab tizimini 
bilishning umumiy prinsipial yo‗li sifatida, biomexanik tadqiqotlarning xususiy 
usullaridan (tavsiflarini ro‗yxatga olish va olingan ma‘lumotlarni qayta ishlash 
usullaridan) farqlash lozim. Sport biomexanikasining metodi har bir biomexanik 
tadqiqot paytida ham qo‗llanilavermaydi. Bundan tashqari, tadqiqotlarning ko‗p 
qismi, xususiy mexanizmlarni yoki harakat aktlarining umumiy ko‗rsatkichlarini 
o‗rganish–gagina yo‗naltirilgan. Tadqiqotlarning yangi mukammal usullarini 
ishlab chiqish ham juda muhim. Lekin, sport amaliyoti uchun, sport texnikasining 
bir butun modellarini o‗rganish va texnik mahoratni mukammallashtirish predmeti 
sifatida juda zarurdir. Ushbu vazifani echish uchun harakatlar tizimini tadqiq 
qilish, ularning ichki tuzilmaviy tashkillashganligini ochish eng to‗liq ko‗rinishda 
qo‗llaniladi. 
Harakatlarni o‗rganish paytida aniqlanadigan qonuniyatlar ko‗proq statistik 
(ehtimollik) xarakterga ega. U, natijalarni ko‗pchilik to‗liq aniqlab bo‗lmaydigan 
sabablariga bog‗liqligi bilan belgilanadi. Bunday qonuniyatlar, xususan, tirik 
organizmlarga xosdir. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə