Yusupova Z. X


 Biomexanikasining nazariyasi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
 
1.3. Biomexanikasining nazariyasi 
Sport biomexanikasi – fan va o‗quv predmeti sifatida to‗plangan bilimlar bilan 
tavsiflanadi, ular asosiy fikrlarning ma‘lum bir tizimiga – sport biomexanikasining 
nazariyasiga shakllanadi. SHu bilan birga, bilimlarni olish yo‗llari – sport 
biomexanikasining usullari ishlab chiqiladi. Nazariya va usullar mos ravishdagi 
tushunchalar va qonunlarda ifodalanadi, aynan shular sport biomexanikasining 
mazmunini ochib beradi. 
Harakat amallarini zamonaviy tushunishning asosida tizimli–strukturaviy 
yondoshuv yotadi. Ushbu yondoshuv inson gavdasini harakatlanuvchi tizim 
sifatida, harakatlar jarayonini esa, rivojlanuvchi harakatlar tizimi sifatida qarash 
imkoniyatini beradi. 
Tizimli-strukturaviy 
yondoshuv murakkab ob‘ektlar va jarayonlarni 
(tizimlarni) bir butunligini bilishni o‗z ichiga oladi. Sport texnikasiga o‗qitish 
predmeti sifatida qaralganda, ushbu yondoshuv, elementlarning o‗zaro 
hamkorligini hisobga olmagan holda, bir butunni metafizik bo‗linishiga qarshi 


21 
yo‗naltirilgan. U, sifat jihatdan murakkab hodisalarni, ushbu bir butunlikni 
to‗liqligini ta‘minlovchi ancha oddiy tarkiblariga mexanistik olib o‗tishiga ham 
qarshi yo‗naltirilgan. Inson harakatlarini o‗rganishga tizimli-strukturaviy 
yondoshuv N.A.Bershteynning (1940) g‗oyalarida asos solingan harakatlarning 
tarkibiy–tuzilmaviyligi nazariyasida amalga oshiriladi. 
Harakatlarning tarkibiy–tuzilmaviyligi nazariyasida quyidagi asosiy tamoyillar 
yotadi: 1) harakatlar tizimining tuzilishini tarkibiy–tuzilmaviy tamoyili, aynan 
ushbu 
tarkibiy–tuzilmaviy 
aloqalar 
harakatlarning 
bir 
butunligini 
va 
mukammalligini belgilaydi; 2) harakat amallarining bir butunlik tamoyili – harakat 
amallaridagi barcha harakatlar bir butunlikni, maqsadga erishishga yo‗naltirilgan 
harakatlarning bir butun tizimini hosil qiladi. Harakatlarning har birini o‗zgarishi, 
u yoki bu darajada butun tizimga ta‘sir ko‗rsatadi; 3) harakatlar tizimining ongli 
maqsadga yo‗naltirilganlik tamoyili – inson ongli ravishda o‗z oldiga maqsad 
qo‗yadi, maqsadiga erishish uchun unga muvofiq harakatlarni qo‗llaydi va ularni 
boshqaradi. 
Biomexanika nazariyasining asoslariga, harakatlarning mexanik belgilanganligi 
va reflektor tabiatga ega ekanligining dastlabki shartlari kiradi. Barcha harakatlar 
mexanika qonunlariga to‗liq mos kelgan holda, kelib chiqishi turlicha bo‗lgan 
mexanik kuchlarning ta‘siri ostida amalga oshiriladi. Barcha harakatlar uchun, 
umuman, nervizm tamoyili asosida harakat amallarini boshqarishning reflektor 
tabiati xarakterli–dir. Nazariyaning umumiy qoidalaridan kelib chiqqan holda
ularga asoslanib, ayrim harakatlar guruhlarining qonuniyatlari (zarb berish 
nazariyasi, surish, uloqtirish va b.) tadqiq qilinadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə