Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149
Mexanik yo‘nalish
qadimgi YUnoniston (Gretsiya) va Aristoteldan (eramizdan 
avvolgi 384-322 yillar) boshlanadi. U (Aristotel) birinchi bo‗lib «mexanika» 
iborasini (terminini) kiritgan, richagni tavsiflagan, harakatlar sabablarini 
muhokama qilish yo‗li bilan aniqlashga uringan, shuningdek mushaklar harakatini 
tavsiflagan va geometrik tahlilni amalga oshirgan. 
Aristotel shunday degan: «Harakatlanayotgan hayvon o‗zining o‗zgarishini 
o‗zi ostida turgan narsani bosish yo‗li bilan amalga oshiradi». 
Hozirgi zamonda ham foydalanilayotgan gidrodinamika qonunlari Arximed 
(eramizdan avvalgi 287-212 yillar) tomonidan kashf qilingan. 
Odam harakatlari biomexanikasi sohasidagi birinchi jiddiy ish sifatida Rimlik 
gladiatorlar maktabi shifokori Klavdiy Galenning (eramizning 131-201 yillari) 
tajribalarini hisoblash kerak. U birinchi bo‗lib tajriba (eksperiment) yo‗li bilan 
odam mushaklari ishi bilan bo‗g‗inlar harakati orasidagi bog‗liqlikni aniqlagan, bir 
va qarama-qarshi yo‗nalishlarda ishlaydigan mushaklar – sinergist va antagonist 
mushaklar deb ataladigan guruhi ishiga e‘tibor qaratgan, mushak tonusi haqidagi 
tushunchani kiritgan. Tug‗ma va o‗zlashtirilgan xulq-atvor to‗g‗risidagi tasavvurni 
(farazni) kiritgan. 
Fan rivojlanishining qoloq o‗rta asrdagi davrida bularning hammasi to‗xtab 
qoldi. 


42 
Ilm-fan bo‗yicha barcha yo‗nalishlardagi uzoq vaqt qotib qolishdan keyin 
birinchi bo‗lib mexanika qonunlarini tirik mavjudotlarni tadqiq qilishda qo‗llash 
to‗g‗risidagi fikr Uyg‗onish davrining buyuk alloma, rassom, mexanik, matematik, 
muhandis va tabiiy sinovchi Leonardo da Vinchiga (1451-1519 yillar) keldi. U 
shunday degan edi «… mexanika fani shuning uchun ham boshqa fanlardan kerakli 
va foydali, chunki harakatlanish qobiliyatiga ega bo‗lgan tirik organizm (tana) 
uning qonunlari bo‗yicha harakatlanar ekan». Uning daftarlarida biomexanika 
masalalari bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗pgina yozuvlar, rasmlar va o‗lchashlar 
saqlangan va uni haqli ravishda harakatlar to‗g‗risidagi fanning birinchi otasi deb 
hisoblaydilar. 
Biroq yana ancha vaqt davomida va Leonardo da Vinchini o‗limidan keyin 
ham harakatlar to‗g‗risidagi fan harakatlarni o‗rganish uchun hech qanday aniq 
usul bo‗lmaganligi sabali katta qiyinchilikka uchragan. CHunki oddiy ko‗z bilan 
kuzatishlar o‗ta ishonchsiz, ayniqsa tezkor va turli-tuman harakatlar bilan ish olib 
borilsa bu narsa yanada seziladi. Rasm chizish orqali ish ko‗rilganda esa rasmlar 
hech qachon rassomning fantaziyasi yoki xatosi sababli sodir bo‗ladigan 
o‗zgarishlardan xoli bo‗lmasligi mumkin. 
Tirik organizmlarning harakati muammolariga klassik mexanikaning 
asoschilari Galileo Galiley (1564-1642 yillar), Rene Dekart (1569-1650 yillar) va 
Isaak Nyuton (1643-1726 yillar) ham murojaat qilganlar. 
Isaak Nyutonning «Natural falsafaning matematik boshlanishi» (1686 yil) 
traktatida dinamikaning asosiy qonunlari ifodalangan. 
O‗zining oxirgi tugallanmagan «Optika, yoki yorug‗likning qaytishi, sinishi, 
egilishi va ranglari to‗g‗risida traktat» (1721 yil) ishida Nyuton «Jism harakatlari 
qanday qilib (tartibda) irodaga bo‗ysunadi va hayvonlarda instinkt qaerdan paydo 
bo‗ladi?» masalasini qo‗ygan va bu buyuk olimning bu muammoga qiziqishini 
ko‗rsatadi. Nyuton tomonidan tirik mavjudotlarning harakatlarida irodaviy va 
mexanik komponentlari masalasi aniq qo‗yilgan. . 
Tirik (mavjudot) mexanikasi bo‗yicha «De Motu Animalium» «Hayvonlarning 
harakatlari to‗g‗risida» deb nomlangan birinchi kitob Rimda 1679 yilda sop 


43 
etilgan. Uning muallifi – G.Galileyning shogirdi, italiyalik shifokor (vrach), 
matematik i fizik Djovanni Alfonso Boreli (1608-1679 yillar) bo‗lgan. Bu kitobda 
u hayvonlarning harakatlanish organlarini tahlil qilish bo‗yicha o‗tkazilgan 
tadqiqotlarni tavsiflagan va tayanch bilan o‗zaro ta‘sirning asosiy usullarini: undan 
depsinishni (sportcha yurish, yugurish), suyuqlik yoki havodan depsinishni (suzish 
yoki uchish), tortilish (chirmashib chiqish) usulini ajratgan.
Dj.A.Borelli Messinda 1649 y. va Pizeda 1656 y. matematikadan darslarni 
o‗tgan. 
Keyingi tadqiqotlar odam tanasining statik holatlarini o‗rganishga yo‗nalgan 
bo‗lib, Leonardo da Vinchi, Ubaldi (1545-1607 yillar), Stivenson (1548-1620 
yillar) va Varinonni (1654-1722 yillar) tadqiqotlari umumlashtirilgan, ko‗pzvenoli 
tizimning (hayvonlar va odamlar shunday tizim hisoblanadi) muvozanat shartlari 
mexanika nuqtai nazaridan batafsil qarab chiqilgan. Statika qonunlarining hozirgi 
zamon ko‗rinishi ancha keyin fransuz geometrigi Puanso tomonidan bayon etilgan. 
D.A.Borelli tomonidan odam tanasining umumiy og‗irlik markazini aniqlash 
bo‗yicha birinchi tajribalar (eksperiment) o‗tkazilgan. Biroq bu tadqiqotlarda u 
jiddiy (ahamiyatga molik) xatolikka yo‗l qo‗ygan: tajribalarda (eksperiment) odam 
tanasi uchtomonli prizmaning qirrasidagi taxta bilan birga soddalashtirilgan. 
SHuning uchun bu erda gap tananing og‗irlik markazini joylashish tekisligi 
to‗g‗risida emas, balki to‗g‗risida taxta-odam tizimi to‗g‗risida borishi mumkin. 
Keyinchalik bu xatolik aka-uka Veberlar tomonidan aniqlangan va to‗g‗rilangan. 
Unga o‗xshash uslub (metodika) bo‗yicha o‗tkazilgan tajribalarda ular (aka-uka 
Veberlar) yuqorida aytilgan taxtani dastlab muvozanatlashtirganlar. 
Aynan shunday uslubga (metodikaga) turli vaqtlarda boshqa olimlar (Meyer, 
Rishe, Braune va Fisher) ham murojaat qilganlar. Xususan, Meyer 1866 yilda 
umumiy og‗irlik markaz nuqtasi uchta o‗zaro perpendikulyar: odam tanasini, mos 
ravishda o‗ng va chap, oldingi va orqa, yuqorigi va pastki qismlarga bo‗ladigan 
oldingi-orqa, gorizontal va frontal tekisliklarning kesishishida joylashganligiga 
diqqat-e‘tiborini qaratgan. 


44 
Matematik va mexanik Iogann Bernulli (1694 yil) o‗zining ilmiy va ijodiy 
faoliyatini 
«Mushaklarning harakati to‗g‗risida fizik-anatomik izlanish
dissertatsiyasi» tibbiy ishi bilan boshlagan.
U alohida tolalar to‗plami ko‗rinishidagi mushak modelini taklif etgan va turli 
yuklamalar ta‘siri ostida mushaklar shakli o‗zgarishini tadqiq qilgan. SHu 
paytgacha, biomexanikada Bernulli tamoyildan foydalaniladi: unga ko‗ra – 
mushak qisqarishining kattaligi shu mushak tarkibiga kirgan tolalar uzunligiga 
proporsional bo‗ladi. 
Jismoniy mashqlar biomexanikasidagi keyingi ajoyib bosqich aka-uka Eduard 
va Vilgelm Veberlar nomi bilan bog‗liq. Ular odamning yurishini o‗rganish 
bo‗yicha o‗sha vaqtda imkoni bo‗lgan hamma imkoniyatlardan foydalanib klassik 
tajriba o‗tkazganlar. Vizual (ko‗z bilan) kuzatishdan tashqari, ular o‗lchashning 
tajriba (eksperiment) usullarini: gorizontal chizg‗ich (lineyka), katetometr - 
vertikal masofalarni o‗lchash uchun qurilma (1/60 sekund) kabilarni qo‗llaganlar. 
Ular tomonidan gavdaning og‗ishi va vertikal siljishlari, yurish tezligi, qadam 
uzunligi va chastotasi, yurish tezligi ortib borishi bilan ikkilangan (juft) tayanch 
uzunligini kamayishi aniqlangan. O‗z tadqiqotlari natijalarini ular 1836-yilda 
Gettingen shahrida chop etganlar va bu ish «Odam harakatlantiruvchi apparati 
mexanikasi» deb nomlangan. Biroq, ularning yurish mayatnikni chayqalish 
tamoyili bo‗yicha sodir bo‗ladi degan farazi keyinchalik tasdiqlanmadi.
Aka-uka Veberlar o‗z tadqiqotlarida harakat shaklini (formasini) qayd qila 
olmaganlar, biroq fotografiya ixtiro qilinishi bilan bu bo‗shliq ham to‗ldirilgan.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə