Yusupova Z. X


Biomexanik videotsiklografiya



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149
Biomexanik videotsiklografiya
. Biomexanik kinematografiyadan farqli 
ravishda, ushbu metodika videotasmada birdaniga sport mashqini bajarishga 
urinishning optik 
tasvirini qayd 
qilish 
imkonini 
beradi. 
Biomexanik 
videotsiklografiya paytida yuqorida nomlari keltirilgan tasvirga olishning barcha 
turlari qo‗llaniladi. Ma‘lumotlarning birlamchi massivlari videoanalizator 
yordamida olinadi, uning vositachiligida tasvir kadrma-kadr kompyuterga 
kiritiladi, nuqtalar raqamlanadi, olingan massivlar silliqlanadi, keyin esa, ular 
bo‗yicha tadqiqotchini qiziqtirgan har qanday biomexanik tavsiflar hisoblab 
topiladi. 
Tezkor videokameralarning paydo bo‗lishi bilan biomexanik videotsiklografiya 
sport harakatlarini tadqiq qilishning ustivor kontaktsiz usuli bo‗lib qolmoqda. 
Optoelektron siklografiya
. Ushbu o‗lchash metodikasi o‗lchashning 
laboratoriya usuliga mansub. U, harakatlar xajmi chegaralangan fazoda 
bajarilganda, uning texnikasini tahlil qilish uchun qo‗llaniladi. Biomexanik tahlil 
qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar, ushbu holatda vaqtning real masshtabida 
olinadi. Odamning tanasida bo‗g‗imlarning birikkan joylarida faol markerlar – 
elektromagnit to‗lqinlar spektrining infraqizil diapazonida ishlaydigan miniatyurali 
nur tarqatgichlar qotiriladi. Nur tarqatgichlar signalining chaqnashlari chastotasi 
boshqarish bloki tomonidan beriladi, u, sportchi bilan o‗tkazuvchi simlar bilan 
ulangan. Infraqizil nurlar datchiklardan televizion kameraga kelib tushadi, unda, 
matritsali plastina (qabul qiluvchi moslama) nur tarqatgichlardan kelib tushadigan 
signallarni ushlab oladi va ularni, kameraning koordinatalari tizimida markerlarni 


77 
o‗lchash fazosidagi joylashishi koordinatalariga mos ravishdagi elektron shakliga 
darhol qayta o‗zgartiradi. Elektron signallar matritsali ekrandan kompyuterga kelib 
tushadi va raqamli ko‗rinishga qayta o‗zgartiriladi, keyinchalik u bilan dasturda 
ishlash mumkin bo‗ladi. Tasvirga olishdan oldin masshtablashtirish uchun testt-
ob‘ekt geometrik figura ko‗rinishada bo‗lib, unda qobirg‗alarining birlashishi 
joylarida infraqizil nur tarqatgichlar qotiriladi. testt-ob‘ekt qobirg‗alarining 
uzunligi bilan ushbu uzunliklarning nisbatidan (lekin kameraning koordinatalari 
tizimida olingan) masshtablashtirish koeffitsientlari topiladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə