Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
 Interferension EMG 
a – umumiy ko‗rinish; b – spektral funksiya (R.Enoke bo‗yicha) 
Alohida harakat birligi harakat potensialining ketma-ketligini uyg‗un funksiya 
sifatida tasavvur qilish mumkin, ya‘ni chastotali sohada tahlil qilish paytida, uni 
xususiy sektordagi alohoda uyg‗unlik sifatida ko‗rib chiqish mumkin. 
Interferension EMG yuzlab harakat amallari potensialidan signallarni o‗z ichiga 
oladi, shuning uchun bunday signalning spektri ko‗p sonli uyg‗unliklarni o‗z ichiga 
oladi. Agarda, interferension EMG quvvatining spektri ifodalansa, unda u, harakat 
potensiallarining ustivor chastotasida yorqin ifodalangan cho‗qqiga ega bo‗ladi 
(3.1–rasm), bu, harakat amalini bajarish paytida mushaklarning harakat birliklari 
ishini sinxronlashtirish to‗g‗risida dalolat berishi mumkin. Ma‘lumki, harakat 
birligi razryadining tezligini pasytirilishi paytida, harakat potensialining 
davomiyligi ortadi, demak – uning chastotasi kamayadi. Bu, cho‗qqini ancha past 
chastotalar tomoniga siljishini chaqiradi, ya‘ni grafikadagi spektral funksiyada 
chapga qaralganda. Bunday siljish – mushak toliqishiningbirinchi namoyon 
bo‗lishlaridan biri hisoblanadi. Mushakni ustivor kuchni namoyon qilish bilan 
ishlashi spektrning cho‗qqisini chapga siljitishi, tezkor yo‗nalishdagi ishni esa – 
o‗ngga, ancha yuqori chastotalar sohasiga siljitishi mumkin bo‗lsa kerak. 
Goniometriya. 
Bu, gavda zvenolari o‗rtasidagi burchaklarni mashqni bajarish 
jarayonida o‗lchash metodikasi. Goniometrning o‗zi – bu, bir uchi bilan yagona 
o‗qda birlashtirilgan yassi to‗g‗ri burchakli plastinalar (chizg‗ichlarga o‗xshash). 


84 
Goniometrning plastinalari bitta bo‗g‗imga tutashgan zvenolarga qotiriladi. 
Goniometrning o‗qi o‗lchash paytida bo‗g‗imda aylanuvchi o‗q bilan 
birlashtiriladi. Bitta plastinkada aylanma reostat joylashadi, ikkinchisida 
reostatning ―begunok‖i qotiriladi. Plastinkalar oralig‗idagi burchakning o‗zgarishi 
reostatning qarshiligi o‗zgarishi (tokning o‗zgarishi) bilan birga o‗tadi, aynan shu, 
yozib oluvchi moslamada qayd qilinadi yoki analogli raqamli qayta o‗zgartirgich 
orqali bevosita kompyuterga kelib tushadi. 
Ayrim paytda, mos ravishda modifikatsiya qilingan goniometrni biologik 
qaytar aloqaning vositasi sifatida qo‗llashadi. Buning uchun, burchaklarning 
diapazonlari beriladi, ularda mashqlar bajarilishi kerak. Ushbu diapazondan chiqib 
ketish tovushli signal bilan birga o‗tadi, bunda, burchaklarning pastki va yuqorigi 
chegaralaridan chiqib ketishidagi signallar har xil eshitiladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə