Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
Magnitli rezonans usuli
. Ushbu usul mushak funksiyasining mexanizmlarini 
tadqiq qilish uchun qo‗llaniladi (R.Enoka, 1998). Sinovdan o‗tuvchi berilgan 
jismoniy mashqni bajaradi, keyin esa, uning gavdasini biron-bir zvenosi bir necha 
minut davom etadigan magnitli rezonans signalini o‗lchash uchun magnitga 
joylashtiriladi. Magnit maydoni tomonidan qo‗zg‗algan mushak tolalarining 
atomlari birgalikda dastlabki holatiga qaytadigan, relaksatsiyaning bo‗ylama va 
ko‗ndalang tezliklari aniqlanadi. Masalan, relaksatsiyaning ko‗ndalang tezligi 
yuklama bilan belgilanadigan, mushak qisqarishlaridan keyingi mushak 
tolalaridagi hujayra ichidagi suvning miqdorini o‗zgarishini tavsiflaydi. 
Relaksatsiyaning ko‗ndalang tezligi jadalligi bilan mushak qisqarishi kuchi 
o‗rtasida ijobiy chiziqli o‗zaro bog‗liqlik mavjud. 
Magnitli rezonans yordamida tasvirni olish usuli mushak tolalarining tarkibini 
noinvaziv ravishda aniqlash imkonini beradi. Bu, ayniqsa, tez qisqaradigan va 
sekin qisqaradigan mushak tolalarining miqdorini tadqiq qilish paytida muxim 
bo‗lib, u, sportning har xil turlarida shug‗ullanishni yangi boshlagan sportchilarni 
tanlash uchun va u yoki bu jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan 
trenirovka vazifalarining samaradorligini tekshirish uchun zarur. Ilgari, ushbu 


85 
maqsadlarda biopsiyaning invaziv usuli qo‗llanilgan bo‗lib, unda, mushakdan 
mushak to‗qimasi namunasi ajratilgan. 
Akselerometriya. 
Ushbu metodika gavda va uning alohida zvenolari 
harakatlarini tezlashishini o‗lchash va sportchini atrof-muxit elementlari yoki raqib 
bilan o‗zaro harakati paytida gavda bo‗ylab o‗tadigan zarbdor tezlanishlarni qayd 
qilish 
uchun 
ishlatiladi. 
Akselometriyaning 
texnik 
vositalari 
tarkibiga 
akselometrning o‗zi, dastlabki kuchaytirishning elektron trakti va qayd qiluvchi
tizim kiritiladi (kompyuter oldindan, analogli-raqamli qayta o‗zgartirgichning 
bloki orqali ulanadi). Akselometrlar juda kichkina massaga (bir necha gramm) va 
xususiy tebranishlarining yuqori chastotasiga (400 Gs va undan yuqori) ega 
bo‗lishlari kerak. 
Akselometrlar sport snaryadiga yoki jihoziga qotirilganda, ya‘ni shaxsiy 
tebranishlarning pasportli chastotasini yetarlicha zich saqlashga erishiladi, agarda, 
odam gavdasida manjet va tortib turuvchi rezinali bintlar yordamida qotirilsa, unda 
―akselometr–qotiruvchi moslama‖ tizimining shaxsiy tebranishlari kattaligi 
kamroq bo‗ladi, ayrim paytlarda ancha darajada. Bu, tizimni dastlabki signalni, 
avvalam bor, amplitudasi bo‗yicha buzgan holda, harakatlardagi o‗zgarishlarga 
rezonansli reaksiya qilishini boshlashiga olib keladi. Bunday buzilishlarga, 
ayniqsa, zarba to‗lqinini odam gavdasi bo‗yicha o‗tishi paytida, zarbdor 
tezlanishlarni o‗lchashlar juda kuchli uchraydi. Bu, akselometrik o‗lchashlardagi 
birinchi murakkablik. Keltirilgan buzilishlarni pasaytirish uchun akselometrlar 
qotirish moslamalarini suyakka burab qiritish yo‗li bilan gavda zvenolariga 
qotirilgan, lekin bunday tadqiqotlarga faqatgina xohlovchilar jalb qilingan. 
Ikkinchi murakkablik, gavda zvenosiga qotirilgan akselometr, doimo 
ilgarilanma va aylanma harakatlarda ishtirok etadigan harakatlanuvchi zvenoni 
qayd qilishi bilan boshqasiga bog‗liq. Akselometrning signalida bir harakatga nima 
javob berishini, boshqasiga nima javob berishini aniqlash qiyin.
Uchinchi qiyinchiik shundan iboratki, akselometr zvenoga nisbatan 
harakatsiz, lekin koordinatalar tizimiga nisbatan harakatchan bo‗lgan koordinatalar 
tizimidagi signalni qayd qiladi, unda gavda va uning qismlari harakatlarining 


86 
biomexanik parametrlari harakat amalini bajarish paytida o‗lchanadi (masalan, 
biomexanik kinematografiya vositasida). Bu, har xil usullar bilan va har xil 
hisoblash tizimlarida olingan natijaviy parametrlarni taqqoslash va interpretatsiya 
qilishni murakkablashtiradi. 
Mazkur holatda, mexanik ish qiymatlarini olishdagi qiyinchilik shundan 
iboratki, tashqi ishni MUM harakati bo‗yicha aniqlash paytida akselometrni unda 
aniq qotirishning imkoni bo‗lmaydi. U, MUM ning ma‘lum bir chekkasida 
qotiriladi va mashqni bajarish paytida, qotirish nuqtasiga nisbatan xuddi shunday 
tarzda harakatlanadi. SHuning uchun, ancha yoki kam darajada faqatgina bo‗ylama 
ishni hisoblash mumkin. Integratsiyalash konstantalarini aniqlash boshqa 
instrumentla usullarni talab qiladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə