Yusupova Z. X


Kuch datchiklarini o‘rnatish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Kuch datchiklarini o‘rnatish
. Zvenoning harakati bo‗g‗imdagi 
boshqaruv momenti bilan aniqlansa ham, ko‗pchilik amaliy vazifalar uchun 
mushaklar tomonidan rivojlantiriladigan kuchning kattaligi va vektori qiziqish 
uyg‗otadi. Mushak kuchini o‗lchash uchun pay orqali uzatilgan kuchni o‗lchash 
zarur. Tirik odamda bunday o‗lchashlarni ilk bor finlyandiyalik olim P.Komi 
(1986) amalga oshirgan bo‗lib, u, o‗zining axill payini qamrab olgan 
tenzodatchikni o‗z oyog‗iga o‗rnatgan. Datchikning chiqishi teri orqali o‗tkazilgan 
va tadqiqotchining tanasiga joylashtirilgan kuchaytirgichga ulangan. P.Komining 
izdoshlari ham topilgan bo‗lib, ular ham o‗z tanalariga datchiklar o‗rnatishgan. 
Birinchi tajribalar velosiped pedallarini aylantirishda o‗tkazilgan. Oyoqlar 
mushaklari bilan rivojlantiriladigan maksimal kuchlanishlar 700 
H
ni tashkil 
qilganligi aniqlangan, bunda, pedallarni aylantirish chastotasi minutiga 90 
aylanishni, bunda hosil qilinadigan quvvat – 265 
Vt
ni tashkil qilgan. Keyingi 
tajribalar yurishda, yugurishda davom ettirilgan, lekin barchasida bitta prinsip 
saqlangan: payning deformatsiyasi paytida, harakatlanish vaqtida tenzodatchik 
deformatsiya bo‗lgan, bu, o‗lchash tizimining zanjirida tokning kuchini o‗zgarishi 
bilan birga o‗tgan. Tabiiyki, datchik tarirlangan, bu keyinchalik, kuchanishlarning 
absolyut qiymatlarini olish imkonini bergan. Bunday o‗lchashlar keng 
tarqalmagan, chunki ular uchun xohlovchi tashabbuskorlar kerak bo‗lgan. 
Optik va optoelektron usullar
. Usullarning ushbu guruhi eng universal va 
aniq. Aynan ularning yordami bilan harakat amallarining kinematikasi, dinamikasi 
va energetikasi aniqlangan. Tezkor tasvirga olish paytida, odam gavdasi va uning 
zvenolarini fazodagi va vaqtdagi holati qayd qilingan, keyin esa, gavdaning ayrim 
anatomik nuqtalari koordinatalari aniqlangan bo‗lib, ular bo‗yicha chiziqli va 
burchak koordinatlari, zvenolar massalari markazlarining, MUM ning tezligi va 
tezlanishlari hisoblab topilgan. Kuch tavsiflari, gavdaning to‗liq energiyasini 
barcha fraksiyalari hamda mumkin bo‗lgan har xil turdagi mexanik ish aniqlanad

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə