Yusupova Z. X


Mushaklarning elastikli qayishqoq xususiyatlarini o‘lchash



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149
Mushaklarning elastikli qayishqoq xususiyatlarini o‘lchash
. Mushaklarning 
biomexanik xususiyatlarini aniqlash so‗nuvchi tebranishlar usuli bo‗yicha mumkin 
bo‗ladi. Mushakdagi mexanik tebranishlarni qo‗zg‗atish uchun moslama quyidagi 
tarzda bajarilgan (A.A.Vayn, 1986). U, prujinaga ega bo‗lib, unga urgich (boyok) 
qotirilgan. Yonida akselometr joylashgan. Tadqiqotchi prujinani bo‗shatib 
yuboradi va urgich mushak qorinchasiga uriladi. Mushakning qisqa muddatli 
tebranishi yuzaga keladi, uni akselometr sezadi va qayd qiladi. So‗nuvchi 
tebranishlar grafiki bo‗yicha tebranish jarayonining bosqichi aniqlanadi, u, 
mushakning elastik elementlari holatini aks etadi. Bo‗shashgan mushakning 
kuchanish darajasi (uni tebranishlar bosqichi tavsiflaydi) qon bilan ta‘minlanish 
holatiga, tinch holatdagi efferent impulsatsiya darajasiga hamda mushakning 
uzunligiga bog‗liq. Mushakning tebranishi jarayonida mexanik energiyaning 
dissipativ yo‗qotilishlarini tebranishlarning so‗nish dekrementi bo‗yicha baholash 
mumkin bo‗lib, u, asosan mushak to‗qimasini tezkor cho‗zilishi paytidagi qarshilik 
ko‗rsatish kuchini tavsiflaydi. 
Mushaklarning biomexanik xususiyatlarini, ular ishining fiziologik tavsiflariga 
ta‘siri aniqlangan. L.L.Kuuze va M.A.Pyaesuke (1982) mushaklarning 
dempfirillashganligining ortishi, joyidan turib yuqoriga sapchishning vertikal 


88 
tezligini kamayishi bilan birga o‗tishini aniqlashgan. Bu, kuchangan mushakda 
dempfirillashganlikning ortishi paytida, u, qisqarishidan keyin mexanik 
kuchlanishdan sekin ozod bo‗lishi bilan tushuntiriladi. Bu, siklik lokomotsiyalar 
paytida harakatlar chastotasini kamayishini belgilaydi. 
Energiya sarflari dekrementning yuqori kattaliklari va bo‗shashgan 
mushakning ko‗proq qattiqligi paytida ham ortadi, chunki harakatlarning har bir 
siklida, ular sinergistlarga qarshilik ko‗rsatish momentini yuzaga keltiradi. 
Mushakning funksional holatini baholash paytida, uni ham bo‗shashgan 
paytidagi va maksimal ixtiyoriy kuchlanishi paytidagi ham qattiqligini hisobga 
olish zarur. Yu.M.Uflyand (1965) va A.A.Vayn (1980) o‗z ishlarida, 
mushaklarning ishchanlik qobiliyati kuchangan va bo‗shashgan mushakning 
qattiqligidagi farqqa bog‗liq ekanligini ko‗rsatishgan. Qattiqlik xususiyatlarini 
tebranishlar chastotasi bo‗yicha baholash (so‗nuvchi tebranishlar usuli) bilan bitta 
farqning o‗zini kuchangan va bo‗shashgan mushak tebranishlarining har xil
chastotasi paytida olish mumkin. Shuning uchun, kuch tayyorgarligi darajasini 
quyidagi formula yordamida hisoblangan indeks bilan baholash taklif qilingan:
Iv
= (
v
k
 – v
p
) /
 v
p, 
bunda,
v
k
– 
kuchangan mushakning tebranishlari chastotasi, Gs; 
v
p

bo‗shashgan mushakning tebranishlari chastotasi, Gs. 
Ushbu indeksning kiritilishi, 
v
k
va 
v
p
ko‗rsatkichlarning alohida tavsiflari 
informativligini kamaytirmaydi, chunki ularning har biri odamning asab-mushakli 
apparatini tashhis qilish paytida o‗z qiymatiga ega. Analogi bo‗yicha 
mushaklarning cho‗zilishi paytida qarshilik ko‗rsatish kuchini baholash uchun 
quyidagi formula yordamida indeks ishlab chiqilgan: 


)
1
(
/
)
(
1
2
p
H
H
p
I









bunda, 
Ө
p
– 
bo‗shashgan mushakning so‗nish dekrementi; 
Ө
H
– 
kuchangan 
mushakning so‗nish dekrementi. 
Indekslarning yillik dinamikasini tadqiq qilish natijalari, mushaklarning 
biomexanik xususiyatlari ko‗pincha trenirovka vositalari va yuklamalarga bog‗liq 


89 
ekanligini ko‗rsatadi. Kuchaytirilgan kuch tayyorgarligi paytida qattiqlik indekslari 
ortadi va dempferli xususiyatlar kamayadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə