Yusupova Z. X


Sport biomexanikasining rivojlanish tarixi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149
2.4.Sport biomexanikasining rivojlanish tarixi 
XIX asrda va XX asrning boshlarida sport biomexanikasining rivojlanishiga 
(avvalam bor tadqiq qilish usullariga) amerikalik olim E.Maybridj, fransiyalik 
tadqiqotchi E.Marey, nemis biomexaniklari V.Braune va O.Fisher katta hissa 
qo‗shishgan. K.Vaxxolder (1893—1961 yy.) bitta bo‗g‗imli harakatlar vaqtida 
mushak-sinergistlar va antagonistlarda elektromiografiyaning (EMG) uch fazali 
patternini kashf qilgan. 


45 
Rus biomexanikasini paydo bo‗lishi va rivojlanishiga fiziolog I.M. Sechenov 
(1829 — 1905 yy.) o‗zining «Ocherk rabochix dvijeniy cheloveka» nomli kitobi 
bilan asos solgan bo‗lib, unda, ilk bor sport biomexanikasining ayrim masalalarini 
ko‗rib chiqqan. A.A.Uxtomskiy (1875—1942 yy.) dominanta to‗g‗risidagi 
ta‘limotni ishlab chiqqan. Anatom P.F.Lesgaft (1837—1909 yy.) 1877 yildan 
boshlab, jismoniy ta‘lim bo‗yicha ochgan kurslarida «Teoriya telesnыx dvijeniy» 
fani bo‗yicha ma‘ruzalar qilgan bo‗lib, 1927 yildan boshlab jismoniy tarbiya 
institutlarida ―Harakatlar nazariyasi‖ fani yuzaga kelgan va u, bir vaqtlar o‗tgandan 
keyin ―Jismoniy mashqlar biomexanikasi‖ faniga aylantirilgan. 
Sport biomexanikasining rivojlanishiga tamoyili jihatdan muxim ulush 
qo‗shgan olim N.A.Bernshteyn (1899— 1966 yy.) bo‗lib, u, harakatlarni o‗rganish 
natijasida faollik fiziologiyasini – miya tirik mavjudotlarning harakatlarini qanday 
boshqarishi to‗g‗risidagi nazariyani yaratgan. 
N.A.Bernshteyn harakatlarni tuzishning ko‗p darajali nazariyasini ishlab 
chiqqan bo‗lib, unga binoan har bir harakat vazifasining mazmuni va mohiyati 
strukturasiga bog‗liq holda, u yoki bu etakchi darajada amalga oshiriladi. U, 
kibernetikaga joriy qilingan ―qaytar aloqalar‖ tushunchasini oldindan sezgan 
sensorli korreksiya tamoyilini ishlab chiqqan. 
Hozirgi vaqtda, juda ko‗p tadqiqotchilar sport biomexanikasining muammolari 
ustida ish olib borishmoqda. Jahoning ko‗pchilik ilmiy va ta‘lim muassasalarida 
nazariy va amaliy xarakterdagi vazifalarning keng spektri bo‗yicha tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Biomexanika shartli ravishda bir nechta yo‗nalishlarda rivojlanmoqda: 
1. Nazariy biomexanika, harakatlarni matematik modellashtirish, harakatlarni 
boshqarish qonuniyatlarini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lgan; 
2. Sport biomexanikasi, odamni sportdagi harakat amallarini o‗rganish bilan 
bog‗liq bo‗lgan; 
3. Muhandislik biomexanikasi, boshqariladigan robotlarni konstruksiya 
qilishga ustivor yo‗naltirilgan; 


46 
4. Tibbiyot biomexanikasi, jarohatlanishlarning sabablarini, oqibatlarini va 
oldini olish usullarini o‗rganadigan, protezlar qurish muammolari bilan 
shug‗ullanadigan; 
5. Ergonomik biomexanika, odamni atrof-muxit predmetlari bilan o‗zaro 
harakatlarini o‗rganish, konstruksiyalarini ratsionallashtirish va ularni harakat 
faoliyati jarayonida inson bilan o‗zaro harakatini optimallashtirish maqsadida sport 
jihozlari, qurilmalari, trenajyorlar va trenirovka moslamalarini ishlab chiqish bilan 
bog‗liq bo‗lgan; 
6. Jismoniy mashqlar biomexanikasi, aholini jismoniy tarbiya qilishning, 
konditsion tayyorgarlik va barcha uchun sportning ommaviy shakllarida 
harakatlarni shakllantirishning barcha aspektlari bilan bog‗liq bo‗lgan; 
7. Adaptiv jismoniy tarbiya biomexanikasi, nogironlar sportining keng 
masalalarini echish, nogironlar yashaydigan muxitni ratsionallashtirish, ularni 
atrof-muxitga adaptatsiyasi paytida, ularning harakat imkoniyatlarini oshiradigan 
moslamalar va harakat rejimlarini ishlab chiqish bilan bog‗liq bo‗lgan. 
Nomlari qayd qilingan yo‗nalishlar bir-biridan izolyasiya qilinmagan, ular 
o‗zaro bog‗liq, bir-birini to‗ldiradi, ularda odam to‗g‗risidagi fanlarning 
(fiziologiya, tibbiyot, miologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti, 
mexanika, radioelektronika va b.) usullari va yondashuvlari keng qo‗llaniladi. 
Biomexanika, sportni o‗rganadigan boshqa fanlar bilan solishtirganda, ancha 
katta qadamlar bilan siljimoqda. Bunday progress , birinchidan, tadqiqot 
apparaturalarini shiddatli o‗sishi, ikkinchidan, hamma fanlarni, bir qaraganda 
undan tamoman yiroq bo‗lgan fanlarni ham, biomexanika bilan qiziqishlari bilan 
xarakterlanadi. 
Sport biomexanikasi umumiy sport biomexanikasining yutuqlariga bog‗liq 
ravishda XX asrning 70–yillaridan boshlab keskin rivojlana boshladi. Sport 
biomexanikasini mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga ma‘lum bir sharoitlar 
imkon yaratgan. Bular quyidagilar: fizika va biologiya fanlari sohasida 
bilimlarning to‗planishi; harakatlarni o‗rganish usullarining mukammal va 


47 
murakkab majmualarini ishlab chiqish hamda ularning tuzilishini yangicha 
tushunish imkoniyatini bergan ilmiy-texnik taraqqiyotning kuchayishi. 
Sport biomexanikasining paydo bo‗lishiga mexanikani, ayniqsa Galiley va 
Nyuton davridan boshlangan uning yangi yo‗nalishi kuchli ta‘sir ko‗rsatgan. 
Ulardan ilgari Leonardo da Vinchi ―mexanika fani barcha fanlarga nisbatan 
olijanob va foydaliki, harakatlanish qobiliyatiga ega bo‗lgan barcha jonli jismlar 
uning qonunlari bo‗yicha harakat qilar ekanlar‖ deb ta‘kidlagan. Nazariy 
mexanika, mexanik harakatlarning barcha asosiy qonunlarini o‗z ichiga oladi. 
Gidro– va aerodinamika, materiallarning qarshiliklari, reologiya (taranglik, 
plastiklik va yoyiluvchanlik nazariyasi), mexanizmlar va mashinalar nazariyasi 
kabi mustaqil fanlarning umumiy mexanika asosida olingan ma‘lumotlari 
biomexanikada foydalana boshlangan. 
Mexanikaning rivojlanishida hal qiluvchi rol o‗ynagan matematik fanlar 
keyinchalik mustaqil bilimlar sohasiga ajralgan. Ularni biomexanikada qo‗llash 
kengayib bormoqda. Bunda, faqatgina yig‗ilgan materialni statistik qayta ishlash 
ustida gap bormaydi, balki tadqiqotlarning mustaqil usullari ham qo‗llanilmoqda 
(xususan, matematik modullashtirish ham). 
D.Borelli (vrach, matematik, fizik) o‗zining ―Hayvonlarning harakatlari 
to‗g‗risida‖ nomli kitobi (1679) bilan biomexanikaga fan sifatida asos solgan. 
Biologik fanlar ichida anatomiya va undan ajralib chiqqan (XVI–XVII asr) 
fiziologiya fanlarining ma‘lumotlari boshqa fanlarnikiga nisbatan ko‗proq 
foydalanilgan. Undan so‗ng, funksional anatomiya va, ayniqsa, zamonaviy 
fiziologiyadagi nervizm g‗oyasi biomexanikaga katta ta‘sir ko‗rsatgan. SHunday 
qilib, sport biomexanikasining rivojlanishida asosiy bo‗lgan mexanik, funksional–
anatomik va fiziologik yo‗nalishlar shakllangan va hozirgi vaqtda ham mavjud. 
Biomexanika fanining asosiy yo‗nalishlari birin-ketin paydo bo‗lib, parallel 
ravishda rivojlanishda davom etgan. 
Mexanik yo‗nalishda qo‗llanilgan kuchlarning ta‘siri ostida harakatlarning 
o‗zgarishi va mexanikaning qonunlarini odam va hayvonlar–ning harakatlariga 
qo‗llanilishi to‗g‗risidagi asosiy g‗oyalar yotadi. Odam harakatlarini o‗rganishdagi 


48 
mexanik yondoshuv, avvalam bor, harakat jarayonlarining miqdorlarini aniqlash 
imkoniyatini beradi. Harakat funksiyalarining mexanik ko‗rsatkichlarini o‗lchash 
mexanik hodisalarning fizik mohiyatini tushuntirish uchun o‗ta zarurdir. Bu, 
mexanika asoslari–ning biri hisoblanadi. Fizika nuqtai nazaridan, odam tayanch–
harakat apparatining tuzilishi va xususiyatlari hamda harakatlari ochib beriladi. 
SHu munosabat, mexanik yo‗nalish o‗z mohiyatini hech qachon yo‗qotmaydi. 
Lekin, sof holdagi mexanik yondoshuv, o‗zini oqlamaydigan soddalashtirish 
uchun, ayrim hollarda asos yaratishi mumkin. Bunda, tirik jismlar fizikasining sifat 
jihatdan o‗ziga xosligini to‗g‗ri baholamaslikning ma‘lum bir xavfi mavjud, sifat 
jihatdan yuksak hodisalarni oddiy mexanik omillar bilan tushuntirishning mexanik 
an‘anasi yuzaga kelishi mumkin. 
Funksional–anatomik yo‗nalishda tirik organizmda shakl va funksiyalarning 
birligi va o‗zaro bog‗liqligi to‗g‗risidagi g‗oyalar yotadi. Bu yo‗nalish, ko‗pincha 
bo‗g‗inlardagi harakatlarni ta‘riflovchi tahlili, gavda holatini saqlash va uning 
harakatlarida mushaklarning ishtirokini aniqlash bilan tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda, 
mushaklarning 
elektr 
faolligini 
yozib 
olish 
(elektromiografiya) 
keng 
qo‗llanilmoqda. Bu usul, harakatlarda mushaklarning ishtirok etish vaqtini va 
darajasini aniqlash, alohida mushaklar va ularning guruhlari faolligini 
muvofiqlashtirish imkonini beradi. Biomexanik tizimlarning morfologik 
xususiyatlarini bilish jismoniy tarbiyada, xususan sportda jismoniy hamda texnik 
tayyorgarlikni ancha chuqur va to‗g‗ri asoslashni ta‘minlaydi. 
Fiziologik yo‗nalishda – harakat faoliyatida harakatlarni boshqaruv–chi 
jarayonlarning mohiyatini ochib beradigan nervizm g‗oyalari, organizm 
funksiyalarining tizimliligi va energetik ta‘minot g‗oyalari yotadi. Sport 
biomexanikasining fiziologik yo‗nalishi nervizm g‗oyalari, oliy asab faoliyati 
to‗g‗risidagi ta‘limot va neyrofiziologiyaning oxirgi ma‘lumot–lari ta‘siri ostida 
shakllangan. Harakat amallarining reflektor tabiatga ega ekanligi, organizm va 
muhitning o‗zaro hamkorligida asabli boshqaruv mexanizmlarining rolini fiziolog 
olimlarning ishlarida ochilishi, odam harakatlarini o‗rganishning fiziologik asosini 
tashkil qiladi. Markaziy asab tizimining boshqaruv mexanizmlarini va asab–


49 
mushak apparatini keng tadqiq qilish, harakatlarni boshqarish jarayonining 
benihoyat murakkabligi va mukammalligi to‗g‗risida tushuncha beradi. 
N.A.Bershteynning tadqiqotlari harakatlarni boshqarishning o‗ta muhim 
tamoyilini aniqlash imkonini bergan. Harakatlarni boshqarish quyidagilar 
vositasida amalga oshiriladi:
1) asab tizimi impulslarini harakatni bajarish sharoitlariga qarab aniq borishi 
yo‗li;
2) harakat vazifalaridan chetga chiqishni bartaraf qilish (korreksiya). 
N.A.Bershteynning neyrofiziologik konsepsiyasi odam harakatlarini o‗rganishda 
sport biomexanikasining zamonaviy nazariyasini shakllanishiga asos bo‗lgan. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə