‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/71
tarix26.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#131872
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Logistika asoslari

Nazorat savollari:
1. Omborlar transport logistik tizim laming qanday elementi 
hisoblanadi?
2. Omborlar qayerlarda joylanishi mumkin?
3. Omborlardan foydalanish usuli deganda qanday usul 
tushuniladi?
4. Tranzit m e’yori deb qanday m e’yorga aytiladi?
5. Korxona omborlarining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
6. Omborlar qanday belgilariga qarab turlarga bo‘linadi?
7.2. Omborlarda amalga oshiriladigan operatsiyalar
O mborlar bir-biridan farq qilishiga qaramay, deyarli bir xil 
logistik fimksiyalami bajaradi:
- moddiy zaxiralami joylashtirish va saqlash;
92


- moddiy oqimlami qayta ishlash;
- logistik servis va xizmat k o ‘rsatishni ta ’minlash.
Har qanday ombor, kamida, uch xil moddiy oqimlarga ishlov 
beradi:
kiruvchi, chiquvchi va ichki.
Kirayotgan moddiy oqimlar transportdan tushiriladi, miqdori va 
sifati tekshiriladi. Chiquvchi oqim esa, albatta yuklanadi. Ichki 
oqimlar korxona ichida bir joydan boshqasiga ko‘chiriladi.
Moddiy oqimlami o ‘zgartirish ularga ishlov berish orqali yangi 
ko‘rinishga keltirishdir, masalan, qoplash yoki qadoqlash va hokazo.
Endi har xil omborlar bajarishi mumkin bo‘lgan vazifalarni 
ko‘rib chiqaylik.
Korxonaning tayyor mahsulot omborida ular to‘planishi va 
taxlanishi, saqlanishi, navlarga ajratilishi /oki qo‘shimcha ishlov 
berilishi, markirovka qilinishi, ortishga tayyorlanishi va ortilishi 
mumkin.
Iste’molchi korxonalaming xomashyo omborlari yuklarni qabul 
qiladi, navlarga ajratadi, saqlaydi va ishlab chiqarish uchastkalariga 
yuborishga tayyorlaydi.
Ulgurji vositachi firmalarning omborlari yuqorida sanab 
o ‘tilgan vazifalardan tashqari quyidagi vazifalarni ham bajaradi;
- tovarlarning bir joyda to‘planishini ta’minlash;
- mahsulotlarni komlektlash va tanlash;
- kichik partiyalarda tovarlarni iste’molchi korxonalarga 
yetkazish va hokazo.
Omborlarning logistik funksiyalari logistik operatsiyalami 
bajarish davrida namoyon bo‘ladi. Omborlar juda ko‘p turlarga 
ajratilganligi sababli, logistik funksiyalari farqlanishiga qaramay, 
b a’zi o ‘xshashlikIari ham mavjud. Har qanday omborlar quyidagi 
tartibda ishlaydi:
- transportdan tushirish;
- tovami qabul qilib olish;
-joylashtirish va saqlash (taxlash);
- saqlash joyidan tovami tanlab olish;
- tovarlarni butlash va qadoqlash;
- yuklash va boshqalar.
93


Yuklarni ortish-tushirish operatsiyalari yuk tavsiflari, transport 
vositasining va ortish-tushirish mexanizmining turiga bog‘liq 
bo‘ladi (31- rasm).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə