Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Oilada bola tarbiyalashning asosiy shartlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə124/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Oilada bola tarbiyalashning asosiy shartlari
Ota-onalarning o’sayotgan yosh avlod rivojlanishiga, tarbiyasiga bevosita ta’siri ulkan ahamiyat kasb etadi. CHunki ularning ta’siri o’ziga xos va qaytarilmasdir. SHuningdek, bolaning o’ziga xos xususiyatlarini ota-onalargina yaxshi biladilar.
Pedagog buni hisobga olmasligi mumkii emas. Faqat ota-onadagi bolani bilishga xos tajribani hisobga olgandagina tarbiyachi o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishadi. SHuning uchun ham ota-onalar bilan pedagoglar o’rtasidagi yaqin hamkorlik tarbiya samaradorligini tahminlaydi. Tarbiyachigina bolaga oilaning ta’sirini kuchaytirish yoki, aksincha, ularning ta’sirini chegaralash imkoniyatiga ega.
Oilada bolani tarbiyalash muammosi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosi bilan uzviy olib boriladi. Uning yechimi oilada boshlanib, maktabda davom ettiriladi. Maktab o’quv rejasiga «Odobnoma» darslarining kiritilishi, fakulg’tativ mashg’ulotlarda yuqori sinf o’quvchilari uchun «Oila, turmush etikasi va psixologiyasi»ning o’qitilishi ham shu muammo yechimida alohida ahamiyat kasb etadi.
Jahon xalqlari pedagogikasida oiladagi bola tarbiyasiga oid juda ko’plab fikrlar ilgari surilgan bo’lib, ularda oilaning bola tarbiyasiga sog’lom ta’sirini belgilovchi muhim odatlar keltirilgan va ularni bugungi kunda nazariy aspektda o’rganish foydadan holi emas.
1. Bunday ta’sirning asosiy manbai oilaning xalq
turmushi bilan ijtimoiy birligi, ota-onalarning insoniylik burchini anglab yetishi bilan belgilanadi. O’zining ishdagi, hayotdagi muvaffaqiyatlarini birga baham ko’rish, bolalar hayotining barcha sohalaridagi erishgan muvaffaqiyatlarini, quvonch va tashvishlarini birga muhokama qilish.
2. Oilada ota-onalar va bolalarning mehnat faoliyatida birgalikdagi ishtiroki, har bir oila ahzosini biron-bir mehnat turiga jalb etish, oilada kichiklar bilan kattalar, o’g’il va qizlar, ota-onalar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga rioya etish.
3. Oila turmushini eng mayda-chuydasigacha hisobga olgan holda tashkil etish. Bu ayniqsa, oilaning iqtisodiy-maishiy tomoni uchun muhimdir.

  • Oila xo’jaligida tartib, aniqlik va intizomga rioya qilish.

  • Bola ishtirokida oila moliyaviy byudjetining taqsimoti.

  • Oilada narsalarni saqlash tartibi.

  • Oilada kundalik rejimga rioya qilish.

  • Har bir oila ahzosining o’z ish joyiga ega bo’lishi.

  • Oiladagi doimiy qoidaga amal qilishga o’rgatish. (Masalan, xarid qildingmi, qaytimini olib kel, ishga ketayotganda aytib ket, yoki yozib qo’y, ishdan kelgan zahoti ustiboshni almashtir va b.)

4. Oilada eng qulay, samimiy, do’stona, o’zaro ishonch, hurmatga asoslangan muhitni yaratish. Doimiy mikroiqlim yuzaga kelishiga erishish.
5. Oilada bola tug’ilganidan voyaga yetgunicha uning o’sish dinamikasini, undagi barcha o’zgarishlarni, ayniqsa, o’g’il va qiz bolalar tarbiyasidagi, ularning shaxsiy gigienasidagi o’ziga xoslikni alohida hisobga olish zarur.
Oilaviy tarbiyada o’zbekona, qadimiy ajdodlar urf-odatlari, milliy o’ziga xoslik, tartib-intizom va odob normalariga amal qilishda xalqimizning milliy tarbiya tizimini, samarali metod va vositalarini o’rganish va ulardan unumli foydalanishga alohida zhtibor berish kerak. Bu borada, o’zbek xalq pedagogikasining boy merosidan foydalanish, ko’plab oilalar tajribasini o’rganish va targ’ib qilishga e’tiborni qaratish zarur.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə