Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə122/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar: talabaning muoma-la madaniyati; talabaning ma’naviy qiyofasiga qo’yiladigan talab-lar; talabalarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish - dolzarb vazifa; ma’naviyat tushunchasi; Vatan tuyg’usi - muqaddas tuyg’u; talabaning tashqi ko’rinishi va uning ichki dunyosi; kitoblar - bilim va ma’naviyat manbayi; talabalarda badiiy tafakkurni shakllanti­rish; mustaqillik nashidalari; yoshlar intellektual salohiyati - kelajak muvaffaqiyati; fidokor yoshlar qanday bo’lishi kerak?; ajdodlar merosi - ma’naviyatimiz sarchashmalari; zamonaviy urf-odatlarda madaniyat va ma’naviyat; Amir Temur yoshlar kamoloti haqida; Vatan qahramonlari va ularning jasoratlari; mustaqil O’zbekiston jahon nigohida; O’zbekistonning tashqi siyosati va uning ustuvor yo’nalishlari; yuksak madaniyat va ma’naviyat-jamiyat taraqqiyotining poydevori; tarix - millat ma’naviyatining negizi kabi darslarni uyushtirish. Bun-da turli fanlar mavzularini o’tishda o’sha fanda tarbiyaga oid lavha va epizodlarni namoyish qilish amalga oshiriladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar alohida ahamiyatga ega. Bunday suhbatlar mazmun jihati-dan rang-barang bo’lishi mumkin.
Ma’naviy-axloqiy xulq, bu boradagi hayotiy tajribalarni hosil qilishga ko’maklashuvchi metodlar:
Rasmiy kasbiy o’yinlar. Bunda ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid ma’lumotlar to’planadi va ayniqsa, buyuk allomalarning faoliyati hamda qarashlari, asarlari asosidagi axloq kategoriyalari va ularning mazmun-mohiyatini ochib berishga oid o’yinlarni («Aql-zakovat», «Oltin toj», «O’yla, izla, top», «Yangi fikr», «Pedagog kim», «Tarbiyachilarmi yoki murabbiy» va shu kabi o’yinlarni uyushtirish.
Ishchanlik o’yinlari. Bunda «Aqlli odam bo’lish yaxshimi yoki dono», «Olim kimu fozil kim?» va hokazo ko’rinishdagi o’yinlar orqali talabalarga axloqiy tarbiya berish amalga oshiriladi.
«Aqliy hujum». Bunda talabalar ongida ezgulikni va adolatni shakllantirishga oid trening darslarini tashkil etish nazarda tutiladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə