Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə156/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Nazorat savollari:

  1. Pedagogika tarixi fanini predmeti, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat?

  2. Pedagogika tarixi fanining metodologiyasi nimaga asoslanadi?

  3. Buyuk olmon olimi Xerler: «SHark Yevropaning muallimidir» -deganda nimani nazarda tutgan?

  4. «Pedagogika tarixi» fanini o’rganish bo’lajak o’qituvchiga qanday imkoniyat yaratib beradi?

  5. «Pedagogika tarixi» fani qanday fan? U qaysi fanlar bilan uzviy aloqador? Izoxlab bering.

  6. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy merosimizni o’rganish xaqida qanday g’oyalarini ilgari suradi?

2 – MAVZU: VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR
Reja

        1. Islom madaniyati va tarbiya masalasini o’rganishning ahamiyati.Qur’on va uni tarbiyaviy ahamiyati.

        2. Imom al – Buxoriy, Imom at – Termiziy ta’lim va tarbiya to’g’risida.

        3. SHaxs tarbiyasida so’fizm va uning ahamiyati.Naqshbandiylikning tarbiyaviy g’oyasi va inson ma’naviy – psixologik qiyofasi.

4.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari.Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari
5.Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari
6.Yusuf Xos Hojibning, Unsurul Maoliy Kaykovus, Ahmad Yugnakiylar faoliyatida ta’lim-tarbiya masalalari.


Tayanch so’z va iboralar: Islom madaniyati, Qur’on, psixologik qiyofa, tarbiyaviy g’oya, so’fizm


Islom madaniyati va tarbiya masalasini o’rganishning ahamiyati.


Islam came to Central Asia in the early part of the 8th century as part of the Muslim conquest of the region. Many well-known Islamic scientists and philosophers came from Central Asia, and several major Muslim empires, including the Timurid Empire and the Mughal Empire, originated in Central Asia32.
Islom dini 8 asrning boshlaridaMarkaziy Osiyoniarablartomonidan istilo qilinishi oqibatida kirib kelgan. Keyinchalik Temuriylar imperiyasi va Mongol imperiyasi, shu jumladan, Markaziy Oiyo va bir necha yirik musulmon davlatlarda faoliyat olib borgan ko'plab taniqli islomiy olim va faylasuflar Markaziy Osiyodanetishib chiqdilar.

VII asr boshlarida islom g’oyasiga asoslangan Arab xa-lifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqeini mustahkam-lash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt eta boshladi. Bu-tun Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz orti, Suriya, SHi-moliy Afrika, Janubiy Ispaniya xalifalikning tarkibi-ga kiritildi. VII asr o’rtalarida Arab xalifaligi Mova-rounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladi. Buborada birinchi yurish 651 yilda Ubaydulloh ibn Ziyod bosh-chiligida amalga oshirildi. 676 yili esa Said ibn Usmonrahbarligida Buxoro, So’g’diyona, Kesh, Nasaf shaharlarigahujum qilindi.


Arab istilochilarining navbatdagi yurishi Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim tomonidanamalga oshirildi. U 706 yilda Zarafshon vodiysiga yurish boshlab, Poykent, Buxoro,Samarqand, So’g’d, Farg’ona shaharlarini qo’lga kiritdi, Qutaybaning istilochilik urishi, u 715 yilda arab qo’zg’olonchilari tomonidan o’ddirilgach, to’xtadi.VIII asrga kelib arablar Movarounnahrni to’la zabt etishga erishdilar.
Bosib olingan joylarda xalqlarni islom diniga kiritish oson bo’lmadi. Tarixchi at-Tabariyning «At-Tabariy tarixi», Narshaxiyning «Buxoro tarixi» va boshqa tarixiy asarlarda keltirilishicha, islomlashtirish bir necha yilga cho’zilgan.


  1. Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə