Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Talabalarning mustaqil tayyorgarligi uchun topshiriqlar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə265/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Talabalarning mustaqil tayyorgarligi uchun topshiriqlar
Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o'z fikr - mulohazala-ringizni bildirib, "Mustaqil ish" yozing:

  1. "Pedagogik texnikaning o'qituvchi kasbiy faoliyatidagi o'rni"

  2. "O'qituvchining pedagogik texnikasini takomillashtirishda hozirgi kun talablari".

  3. "O'rta Osiyoda notiqlik san'atining rivojlanishi".

  4. "Hozirgi kunda o'qituvchi nutq madaniyatini takomillashtirish muammolari".

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

  1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; "Sharq", 1997, 20-29 betlar.

  2. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; "Sharq", 1997, 31-61 betlar.

  3. Karimov LA. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. -Toshkent, "O'zbekiston", 2009. - 24 bet.

  4. Karimov LA. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: "O'zbe­kiston", 2009. - 176 b.

  5. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maho-rat - Toshkent, TDPU, 2003.

  6. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologi-yasi.- T.: O'zbekiston, 1999. - 29 b.

  7. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007. -380 b.

  8. Sodiqova T. Murabbiy kim?... - T.: "Toshkent islom universiteti", 2006. - 83 b.

  9. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.- 149 b.


8-MAVZU. O’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY TASHKIL ETISH. O’Z-O’ZINI TARBIYALASH VA O’Z USTIDA ISHLASH. PEDAGOGIKA TAJRIBANI TO’PLASH TIZIMI.


Reja:



  1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati.

  2. Dars-ta’lim jarayonining asosiy shakli.

  3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ijodiy kayfiyatni boshqarish.

  4. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi.

  5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi.



O‘qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.
Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida “bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarining ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilgan. CHunonchi bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi:
“Tarbiyachi-ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilishi, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə