Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə43/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Reproduktiv metod

Fikrlashning reproduktiv xarakteri o’qituvchi tomonidan berilayotgan bilimlarni faol qabul qilish va eslab qolishni ko’zda tutadi. Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta`minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya).Reproduktiv metodning moddiy asosi hisoblangan so’z vositalari, ko’rgazmali va amaliy metodlarsiz ushbu metodni amalga oshirib bo’lmaydi.


O’qituvchi hikoyasini reproduktiv tarzda qo’yganda faktlar, dalillar, tushunchalarni aniq tayyor holda shakllantiradi, asosiylariga e’tibor beradi va ularning puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ma`ruza vaqtida o’qituvchi eng muhim tushuncha, ilmiy ma`lumotlarga alohida e’tibor beradi, doskada alohida yozuvlar tashkil qiladi.
Reproduktiv tarzda tashkil etilgan suhbat jarayonida o’qituvchi o’quvchi ilgari egallagan faktlar, bilimlarga tayanadi, lekin qandaydir taxmin, g`oyani muhokama qilishni tashkil etmaydi.
Ko’rgazmali reproduktiv metod axborotlarning o’quvchi tomonidan faol va puxta o’zlashtirilishini tashkil etish maqsadida qo’llaniladi. Bunga V.F.Shatalov tomonidan foydalanilgan tayanch konspektlari misol bo’la oladi. Undan o’quvchi izchillik bilan eslab qolishi kerak bo’lgan yorqin faollashtiruvchi raqam, so’z va chizmalar o’rin egallagan.
Reproduktiv xarakterdagi amaliyot ishlari shu tomoni bilan ajralib turadiki, bunda o’quvchilar oldingi bilimlarni mustaqil amaliyotga tatbiq etish bilan shug`ullanmay, oldingi egallangan ko’nikma va malakalarni bir necha bor takrorlashni mashq qiladi.
Umuman olganda, o’qituvchining reproduktiv metodi o’quvchilarda tafakkur, mustaqillik, ixcham fikrlash, izlanuvchanlik ko’nikmalari shakllanishiga yordam bermaydi. Ushbu metodni ortiqcha qo’llash bilimlarni egallashda formalizmga olib keladi.
O’zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo’lishiga ularni ko’p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang`ich sinflarda o’qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • avvalo’zlashtirilganmavzu, paragrafyokibobbo’yichaso’rov;

  • o’quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;

  • masalalarni yechishdagi o’quv harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;

  • o’quv harakatlari ko’nikmasi va malakasini shakllantirish


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə