Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


-MAVZU: TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə72/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

9-MAVZU: TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI

  1. Tarbiya maqsadi.

  2. Tarbiya jarayoning moxiyati. Tarbiya vazifalari.

  3. Tarbiya jarayonining mazmuni.

  4. Tarbiya jarayonining diyalektikasi va uning qonuniyatlari.



Tayanch so’z va iboralar: tarbiya, tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tarbiya jarayoni diyalektikasi, ibrat
1. Tarbiya maqsadi.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbi­ya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o’rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog’liq.
Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boruvchi faoliyat jarayonidir. Tarbiya xususidataniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: « Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Ushbu fikrlardan xulosa chiqarsak, shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ijtimoiy-milliy ilmga doir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi, «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə