Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
DINSHUNOSLIK

Konfutsiylik.
Konfutsiylik dastlab falsafiy g‘oya sifatida 
maydonga kelgan. Uning asoschisi Konfutsiy (Kun Szi) 


27
miloddan avvalgi 551-yilda tug‘ilib, mil. av. 479-yili vafot 
etgan. Konfutsiy otasidan erta ajragan va onasi qo‘lida 
tarbiyalangan. Onasi ham ko‘p o‘tmay dunyodan o‘tgan. 
Konfutsiy ta’lim olib, ilm o‘rgangach, 19 yoshida uylanadi. 
Birinchi marta u omborchi vazifasiga ishga tayinlanadi, 
yoshlarga ta’lim berishga kirishadi. Yangi ustozning ong 
haqidagi fikrlari, chuqur ma’noli so‘zlari mamlakat bo‘ylab 
keng tarqaladi. Konfutsiyning 3000 ga yaqin shogirdlari 
orasida 72 eng ko‘zga ko‘ringan izdoshlari mamlakatning 
obro‘li xonadonlaridan bo‘lib, shu bilan bir qatorda 
kambag‘al, oddiy kishilardan ham iborat bo‘lgan. Konfutsiy 
maktabi qadimgi Xitoyda asta-sekin katta ta’sir doirasiga 
ega bo‘lib bordi. Uning ko‘plab shogirdlari qadimgi Xitoy 
podshohliklarida e’tiborli mansablarni egallashdi. Konfutsiy 
yoshlar tarbiyachisi va ustozi sifatida keng shuhrat qozonib
ilk Xitoy ma’rifatparvari nomiga sazovor bo‘ldi.
Konfutsiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa o‘z zamonasining 
kamchiliklari va ayb-u nuqsonlari edi.
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, 
hukm dorlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy 
an’ana va qadriyatlardan uzoqlashish – bularning hammasi 
Konfutsiy keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga kelishiga 
turtki bo‘ldi. Uning fikrlari jamoatchilik tomonidan qabul 
qilinishi uchun hamma e’tirof etgan obro‘ga sazovor bo‘lishi 
kerak edi. Konfutsiy xuddi ana shu obro‘ni uzoq o‘tmishning 
yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfutsiy vafotidan bir 
necha asr o‘tgach, uning o‘zi orzu qilganidek, podshohlar 
dono, amaldorlar fidoyi, xalq esa farovon bo‘lgan paytda uning 
ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib ulgurdi.
Konfutsiy komil inson (Szyun-szi) haqidagi g‘oyasini yaratdi. 
Szyun-szi yuksak ma’naviyatli inson – ikki asosiy xususiyatga 
ega bo‘lishi kerak: insoniylik va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi 
qarzni)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo, ishonchli va 


28
fidoyi bo‘lishi kerak. U o‘zini ayamasdan o‘z ishonchiga, o‘z 
hukmdoriga, o‘z otasi va barcha o‘zidan kattalarga xizmat qilishi 
lozim. Bunday inson doimo kamolot sari intiladi.
Konfutsiylikda markaziy o‘rinda axloqiy masalalar turadi.
Diniy masalalar, aqidalarga konfutsiylik ancha sovuqqon 
munosabatda bo‘lgan. Konfutsiyning o‘zi qadimgi Xitoyda 
keng tarqalgan turli ruhlarga bo‘lgan ishonch masalasiga 
shubhali munosabatda bo‘lgan. «Lunyuy» (Konfutsiyning 
falsafiy fikrlari va suhbatlari majmuasi, u konfutsiychilikning 
asosiy manbasi)da keltirilishicha, Konfutsiy g‘ayritabiiy 
narsalar va ruhlar to‘g‘risida gapirishni yoqtirmagan. 
Shuningdek, u taqdir, inson umri, o‘lim haqida so‘z yuritishdan 
qochgan. Undan «o‘lim nima?» – deb so‘raganlarida, u: «Biz 
tiriklik nima ekanligini bilmaymiz-u, o‘lim nima ekanligini 
qayerdan bila olar edik», – deb javob bergan ekan.
Biroq o‘sha davrda qadimdan davom etib kelayotgan diniy 
qadriyatlar, urf-odatlarga Konfutsiy ehtirom bilan munosabatda 
bo‘lgan.
Konfutsiyning yana bir asosiy ta’limoti – «Syao» ta’limotidir. 
Syao ta’limotiga ko‘ra inson o‘z ota-onasiga munosib bo‘lishi 
haqidagi g‘oyani o‘zida mujassamlashtirgan. Konfutsiy fikricha, 
inson uchun «Syao»dan muhimroq narsa yo‘q.
«Syao» ta’limotining «Li qonunlari»ga ko‘ra farzand ota-
ona hayotlik chog‘ida mutlaqo ularning ixtiyorida bo‘lgan. To 
ular dunyodan o‘tgunicha o‘ziga-o‘zi egalik qilishga haqli emas. 
Agar ota-onasi vafot etadigan bo‘lsa, farzand qanday ish bilan 
mashg‘ul bo‘lishidan qat’i nazar, qanday lavozimni egallagan 
bo‘lmasin, barcha ishini tashlab 3 yil davomida aza tutishi 
shart. Konfutsiylikning «Syao» ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy 
madaniyati, axloqiy normalariga katta ta’sir o‘tkazib keldi.
Konfutsiylik juda tez muvaffaqiyatga erishmadi. Konfutsiy-
ning o‘zi esa, zamondoshlari tomonidan tan olinmay vafot etdi. 
Uning shogirdlariga ham oson bo‘lmadi.


29
Xan sulolasi davriga kelib, (mil. av. III–II asrlar) konfutsiylik 
davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Xan podshohlari 
Konfutsiy ta’limotini to‘liq qabul qilmagan bo‘lsa-da, uning 
salohiyati, jamiyatdagi mavqeini e’tirof qilgan holda undan davlat 
boshqaruvida foydalandilar.
Konfutsiy o‘zi yashab ijod etgan joy Suyfuda vafot 
etganidan keyin uning qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. 
Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan 
uning barcha tabarruk narsalari, unga taalluqli ashyolar 
– yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro‘zg‘or anjomlari, 
aravasi va boshqa narsalari keltirib qo‘yildi. Bu maskan Xan 
sulolasi davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas 
ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195-yilda birinchi Xan podshohi 
Lyu Ban shaxsan o‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab «tay-
lyao» (Xitoyda eng oliy qurbonlik – qo‘y, ho‘kiz va cho‘chqa) 
qurbonligini keltiradi. Shundan so‘ng Konfutsiy nomi Xitoyda 
ilohiylashtirildi va unga atab muntazam qoidalar asosida 
qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi.
X–XIII asrlarga kelib, Sun sulolasi davrida unga imperatorlik 
unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. Keyinroq Yuan 
va Min sulolalari (XIII–XIV asrlar) davrida unga yana ham 
yuksakroq unvon – «Eng haqiqiy donishmand», «Millatlarning 
ulug‘ ustozi» unvonlariga sazovor bo‘ldi.
Konfutsiy nomi o‘rta asrlarda Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning 
timsoli podshohlar boshidagi tojlarda o‘z aksini topdi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə