Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
DINSHUNOSLIK

Sikxiylik 
(sanskrit tilida «shogird» degan ma’noni anglatadi). 
Sikxiylik dini XVI asrda Hindistonda vujudga kelgan. Bu 
dinning asoschisi – guru (ya’ni ustoz) – kshatriya kastasidan 
chiqqan Nanak (1469–1539) hisoblanadi.
Sikxiylik diniga Panjobda guru Nanak tomonidan asos solinib, 
unga ergashganlar o‘zlarini 
sikxlar
, ya’ni shogirdlar deb atashgan. 
«Sikxiylik» (Sikxizm) atamasi ham shu so‘zdan olingan.
Nanakning vafotidan keyin uning ta’limotini 9 ta 
guru
rivoj-
lantirgan. Xususan, to‘qqizinchi 
guru
Govind Singx (1675–1708) 
bu ishda muhim rol o‘ynagan.
Sikxiylik talqinida hinduiylikdagi Braxma, Vishnu, Shiva 
va islomdagi Alloh bir ilohiyotda mujassam bo‘ladi. U 
nirgun
(«sifatlardan xoli») va 
sagun
(«sifatlar egasi») deb talqin qilinadi. 
Uning asosiy holati 
nirgun
bo‘lib, bu holat har qanday sifatlardan 
xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u 
o‘z xohishi bilan 
sagun
holatiga o‘tadi.
Sikxiylik ta’limotiga ko‘ra, ilohiyot – Yaratuvchi, Saqlovchi, 
Vayron qiluvchi (Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni o‘zida 
mujassam qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan 
yaratilgan dunyo esa o‘zgaruvchan va foniy. Ilohiyot esa – abadiy. 
U azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda 
mavjud. Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo‘lish, tug‘ilmaganlik, 


26
o‘lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini anglatadi. 
Xudoga bo‘lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo‘lini tutgan har 
bir inson Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. 
Xudoga ibodat qilish, sikxiylik ta’limoti bo‘yicha, aslo dunyoviy 
hayotdan uzilishni, rohiblik yo‘lini tutishni anglatmaydi
aksincha, hayotda faollikni, to‘la mehnatni va oiladagi o‘z 
vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to‘la amal qilish 
pirovard natijada tug‘ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning 
xudo bilan birlashib ketishiga olib keladi. Har kim xudo bilan 
bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin.
Sikxiylik Hindiston xalqi diniy tafakkurining bir bosqichi 
sifatida kuchli islohotchilik harakatlari zaminida yuzaga 
keldi. Bu harakat Ramanand, Gorakxnatx, Chaytanyax, Kabir 
va Vallabxacharya nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, butun XVI 
asrni o‘z ichiga oldi. Bu davrda hinduiylik kabi sikxiylikka 
ham islomning ta’siri kuchli bo‘ldi. Nanak ham Kabir kabi 
hinduiylikni butparastlikdan tozalab, islomga yaqinlashtirishga 
harakat qildi. Tadqiqotchilarning fikricha, sikxlar bir Xudoga 
e’tiqod qiladilar. Bu din boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni, 
hinduiylikning yirik ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va 
sehr-joduga ishonishni taqiqlaydi hamda tug‘ilish va o‘lim bilan 
bog‘liq poklash marosimlarini tan olmaydi. Sikxiylik ijtimoiy 
tizim sifatida kasta tabaqalanishini inkor etadi va bu yo‘l bilan 
braxmanlarning tug‘ilish, o‘lim va nikoh marosimlaridagi 
rahbarlik mavqeiga barham beradi.
Sikxiylik ta’limoti uning muqaddas kitobi «Grantx Sohib» 
(Janob Kitob)da bayon qilingan. Bu kitob asosi guru (ustoz)
ning pand-nasihatlari, hayoti haqidagi lavhalardan iborat 
bo‘lib, sikxiylik ta’limotining manbai va ibodat obyekti ham 
hisoblanadi. Sikxlar jamoasi hozirgi kunda ham Hindistonda 
kuchli ta’sirga ega.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə