Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
DINSHUNOSLIK

Sehrgarlik (magiya).
Sehrgarlik – odam, hayvon va 
tabiatga g‘ayritabiiy yo‘llar bilan ta’sir o‘tkazish maqsadida 
bajariladigan xatti-harakatlardir. Bugungi kunda ham 
sehrgarlik urf-odatlari odamlar hayotida ma’lum darajada 
rol o‘ynab kelmoqda. Buning sababi insonlar doimo omadli 
bo‘lish, yaxshi hayot kechirish, sog‘lom bo‘lishni orzu qilib 
kelgan. Sehrgarlik insonning ana shu orzu-intilishlarini 
qamrab olgan. Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa 
bo‘lib amalga oshirilishi mumkin edi. Afsungarlik maqsadga 
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1) Zarar keltiruvchi;
2) Harbiylar va qurol-aslahani sehrlash;
3) Sevish yoki o‘zidan sovutish maqsadida «issiq», «sovuq» 
qilish;
4) Tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolash;
5) Ob-havo bilan bog‘liq, ya’ni yomg‘ir chaqirish.


18
Sehrgarlik dinlar va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib 
qolgan.
?
TAKRORLASH UcHUN SAVOLLAR
1. Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz?
2. Dafn etish va ov qilish bilan bog‘liq qanday marosimlar bo‘lgan?
3. Fetishizm nima?
4. Animizm qanday e’tiqodga asoslanadi?
5. Shomonlik deganda nimani tushunasiz?
6. Sehrgarlik (magiya)ning qanday turlari mavjud bo‘lib, ulardan 
nima maqsadda foydalanishgan?


19
3-§. MIllIY dInlaR. YahudIYlIK, hInduIYlIK, 
JaYnIYlIK, SIKXIYlIK, KonfuTSIYlIK, 
daoChIlIK, SInToIYlIK
Yahudiylik.
Yahudiylik dini – miloddan avvalgi 2000-
yil likning oxirida Falastinda vujudga kelgan, yakka xudolik 
g‘oyasini targ‘ib qilgan din. Unga faqat yahudiy millatiga 
mansub aholi e’tiqod qilgani uchun u millat, milliy din 
hisoblanadi. Yahudiy so‘zining kelib chiqishiga oid turli fikrlar 
mavjud. U Bani Isroil xalqiga mansub Ya’qub Payg‘ambarning 
o‘g‘li Yahudo nomidan olingan.
Yahudiy xalqi Bani Isroil (Isroil avlodlari) deb ham 
ataladi. Yahudiy xalqiga nisbatan yevrey atamasi ham ishla-
tiladi.
Yahudiylik ta’limoti asosan quyidagi g‘oyalarga asoslanadi:
1. Olamni yaratuvchi yagona xudo Yahvega imon keltirish. 
«Yahve» so‘zi «rab» (parvardigor) ma’nosini bildiradi. Tavrotning 
«Chiqish» kitobida Xudoning Musoga aytgan ushbu so‘zi kel-
tiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz Ibrohim, Is
'
 
hoq, Ya’qublarning 
parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish, 3) Yahudiy ruho-
niylari «Yahve» so‘zi o‘rniga «Adonay» (rab, xoja) so‘zini 
qo‘llashga buyurganlar. Faqat ruhoniylargina ibodat vaqtida 
Yahve nomini tilga olganlar.
Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, Yahve olamlarni yaratishni 
yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanbada esa 
yahudiylarga dam olish imkoniyati berildi. Shu sababli 
yahudiylik dinida shanba ulug‘ kun bo‘lib, jismoniy mehnatga 
qo‘l urilmaydi.


20
2. Yahudiylarning Xudo tomonidan tanlangan xalq ekanligiga 
ishonish.
3. Messiya – xaloskorning kelib chiqishiga ishonch. Unga 
ko‘ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni 
chiqaradi va u quyidagilarni bajaradi:
1) Dunyoni isloh qilib qayta quradi.
2) Butun yahudiylarni Quddus yaqinidagi Sinion tepaligi 
atrofida to‘playdi.
3) Yahudiylarning barcha dushmanlarini jazolaydi.
4. Oxirat kuniga ishonish. Unga ko‘ra, Yahvega e’tiqod 
qilganlar oxiratda u tomonidan mukofotlanadi. Uning qonunlarini 
buzganlar esa shafqatsiz jazolanadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə