Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
DINSHUNOSLIK

«teologik yondashuv»
deb nomlanadi. Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining 
tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini 
ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, 
yahudiylik va xristianlikda – Adam va Yeva, zardushtiylikda – 
Govmard, sintoiylikda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur 
ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash 
fanda 
«materialistik yondashuv»
deb nomlanadi. Mazkur 
qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor 
qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga 
kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi
hurfikrlilik namoyandalari – din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, 
XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan 
«Turlarning kelib chiqishi» (1859-y.) nomli asarning chop 
etilishiga turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust 


14
Kont va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. 
Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, his-tuyg‘ulari 
mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan 
murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – 
yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib 
o‘tgan.
Umuman olganda, barcha ilmiy adabiyotlarda dinning paydo 
bo‘lishi borasida bildirilgan fikrlar ilmiy gipoteza (taxmin)lardan 
iborat. Ushbu masalaning diniy adabiyotlardagi talqini esa har bir 
insonning diniy e’tiqodiga bog‘liq.
DINNINg IBTIDOIY SHAKLLARI
Totemizm – 
ibtidoiy odam, 
urug‘, qabilaning 
hayvon, o‘simlik 
yoki alohida 
olingan predmet 
bilan qon-
qarindoshlik 
aloqasi mavjud 
ekanligiga 
ishonish
Animizm –
tabiat va 
jonzotlarda 
ruh borligiga 
ishonish
Sehrgarlik – 
odamlarga,
hayvonlarga, 
predmetlarga 
va ruhlarga 
g‘ayritabiiy 
ta’sir etish 
maqsadida 
amalga 
oshiradigan 
duolar, harakatlar
Fetishizm – 
g‘ayritabiiy 
kuchga ega 
mavjudotlarga 
va predmetlarga 
sig‘inish
Materialistik yondashuv tarafdorlari fikriga ko‘ra, ilk diniy ta-
sav vurlar quyidagilar bo‘lgan:

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə