Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


BUDDAVIYLIK TA’LIMOTININg



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
DINSHUNOSLIK

BUDDAVIYLIK TA’LIMOTININg 
TARKIBIY QISMLARI
1. Axloq
1. Qotillikdan saqlanish;
2. O‘g‘rilikdan saqlanish;
3. Gumrohlikdan 
saqlanish;
4. Yolg‘on, qalbaki 
narsalardan saqlanish;
5. Mast qiluvchi 
narsalardan saqlanish;
6. Tushdan keyin ovqatla-
nishdan saqlanish;
7. O‘yin-kulgudan 
saqlanish;
8. Zeb-u ziynat, atir-
upalardan saqlanish.
2. Meditatsiya
1. To‘g‘ri tushunish;
2. To‘g‘ri niyat qilish;
3. To‘g‘ri o‘zini tutish;
4. To‘g‘ri anglash;
5. To‘g‘ri harakat 
qilish;
6. To‘g‘ri muomalada 
bo‘lish;
7. To‘g‘ri fikr yuritish;
8. To‘g‘ri gapirish.
3. Donolik
Bu buddaviy-
likning
asosiy
maqsadi
bo‘lib,
narsalar
tabiatini
to‘g‘ri
tushunish.
Miloddan avvalgi 273–232-yillarda hukmronlik qilgan 
Imperator Ashoka davri buddaviylikning keng hududga 
yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi. Ashoka o‘zining ilk 
hukmronlik paytidanoq buddaviylikka e’tiqod qila boshladi. 
U buddaviylikka, monaxlariga, ularning Hindiston bilan 
chegaradosh davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga 
xayrixohlik qildi. Ular o‘z da’vatlari asosida biron-bir yerlik 
aholi yoki ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchrasalar ham 
hech qanday qarshi harakat qilmay, o‘z yo‘llarida davom etganlar. 


46
Agar mahalliy aholi tomonidan o‘zlariga nisbatan xayrixohlik 
sezsalar, o‘sha yerga ko‘proq ahamiyat berib, ularni ko‘proq 
da’vat qilishgan.
Buddaviylikning Maxayana yo‘nalishi Xitoyga milodning 
1-asrida kirib kelgan. Mil. III–VI asrlarda buddaviylik 
Xitoy hududida keng tarqaldi. Bu vaqtda poytaxt yaqinidagi 
Loyana hamda Chanani kabi shaharlarda 180 ga yaqin budda 
ibodatxonalari hamda diniy markazlar faoliyat yuritgan.
Maxayananing shakllanishida Kushon davlatining roli 
katta bo‘lgan. Kushon davlatidan buddaviylikning maxayana 
yo‘nalishi Sharqda, Markaziy Osiyoning davlat va shaharlariga 
tarqala boshladi. Buyuk Ipak yo‘li orqali birinchi buddaviylik 
targ‘ibotchilari mil. av. II asrdayoq Xitoyga kelgan.
Buddaviylik miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirlarida 
Shri-Lanka, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo hamda Old Osiyoni 
o‘z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning 
diyorimizda olib borilgan arxeologik qazilmalar asnosida 
O‘ra tepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom 
mavzelaridan topilgan Shakyamuni sanamlari, hayvon haykal-
chalari, ramziy g‘ildiraklar va stupa qoldiqlarining guvoh lik 
berishicha, Kushon imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat 
berilgan.
Buddaviylik milodning I asrida Xitoy, IV asrda Koreya, VI 
asrda Yaponiya, VII asrda Tibet, XIII asrdan XVI asrgacha 
Mongoliya, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuva, 
XIX–XX asrlarda Amerika va Yevropa qit’alariga kirib borgan.
Buddaviylik o‘z ta’limotida hech qachon boshqa xudolarga 
sig‘inishni taqiqlamagan. Budda ularga ibodat qilish insonga 
vaqtincha tasalli berishi mumkin, biroq ular nirvana holatiga 
olib bormaydi deb aytgan. Shu sababli, buddaviylik ta’limoti 
turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan xudolari 
yoki ulug‘langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni 
egallagan.
Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan 
to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka 


47
(yoki Tipitaka) – uch savat ma’nosini anglatadi. U uch 
qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. 
Buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-
Lankada saqlanib qolgan. U milodning boshlarida shakllangan. 
Manba budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan 
sutra matnlari – Sutra-pitaka, rohiblik axloqi va xonaqohlar 
nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka, 
buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini 
bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari 
– Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyin chalik shakllangan 
sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka 
oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy 
qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning 
barchasi Tripitakada jamlangan.
O‘rta Osiyoda islom dinining kirib kelguniga qadar (VII–
VIII asr) qadimiy mahalliy dinlar qatori buddaviylikning keng 
yoyilganligini kuzatish mumkin.
Mil. av. I asr va milodning IV asrlari oralig‘ida Kushon 
imperiyasi buddaviylikning Maxayana yo‘nalishini davlat dini 
deb e’lon qildi. Bungacha buddaviylik Hindistonda uzoq tarixga 
ega bo‘lsa ham, u yerda asosiy yo‘nalish bo‘lgan Xinayana bunday 
mavqega erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan 
keyingi kushon imperatorlari buddaviylikni keng yoydilar. Ular 
bu din an’analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o‘rtasida 
tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, 
Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O‘sh, Bolasog‘un, Koshg‘ar va 
boshqa shaharlarda buddaviylik takyagohlari va xonaqohlari, 
ibodatxonalarini qurib, buddaviylikning muqaddas kitoblari, 
sutra va pastrilarni o‘rganish, tarjima qilish va sharhlash uchun 
sharoit yaratib berdilar.
Hozirda mamlakatimizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Sayram, 
Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki 
ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi 
budda musiqachilarining tasviri va boshqa ashyoviy osori 
atiqalar, saroy va ibodatxonalar O‘rta Osiyodagi buddaviylik 


48
haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma 
manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg‘ur bitiklarida va 
boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan.
Miloddan avvalgi III–I asrlarda buddaviylik Hindiston 
hududidan chiqib janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha Xinayana 
ta’limoti shaklida yoyilgan. Buning sababi bir necha asrlar 
mobaynida Shimoliy Hindiston, O‘rta va Markaziy Osiyo 
hududlarining yagona Kushon saltanati bayrog‘i ostida 
birlashtirilishi bo‘ldi. Aynan Markaziy Osiyo orqali buddaviylik 
Uzoq Sharqqa kirib ikkinchi hayotini boshladi.
O‘rta Osiyoda buddaviylikka tegishli juda ko‘plab tarixiy 
obidalar topilgan. Ular orasida Fayoztepadan topilgan bu dinga 
tegishli kompleks eng yirigi hisoblanadi. U yerdan chiqqan diniy 
bitiklar, haykallar bilan birga topilgan ibodatxonaning hududi 
ancha katta joyni egallagan.
Eski Termizdan topilgan Qoratepa buddaviy kompleksi 
milodning I asri Kushon saltanatining gullagan davriga to‘g‘ri 
keladi. Qoratepadagi har bir inshoot yer ustki va g‘or ichida 
joylashgan – ibodatxona, saroy, bir xizmatchi – monax uchun 
moslashtirilgan hujradan iborat.
Dalvarzintepa kompleksi 1967–1968-yillarda qazib ochilgan 
bo‘lib, Termiz yaqinidagi Surxon vohasining o‘rta qismida 
joylashib G. Pugachenkova va B. Turgunov boshchiligidagi 
olimlar tomonidan ochildi.
Dalvarzintepada topilgan buddaviylik kompleksi bu din 
ta’limoti Kushon saltanatining shimoliy viloyatlarida milodning I 
asrida yoyilganligini ko‘rsatadi.
Janubiy O‘zbekistonda joylashgan Baqtriya – Toxaristonning 
shimoliy qismida 1960-yillarning yarmidan 1980-yillargacha 
bud daviy inshootlarning yettitasi aniqlanib o‘rganildi. Budda-
viylikning tarqalishida O‘rta Osiyoning g‘arbidagi Parfiya, 
Baqtriya, Sug‘d kabi viloyatlari muhim ahamiyat kasb etganligi 
Xitoy yozma manbalarida ta’kidlanadi.
Buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biri Xinayana 
yo‘nalishidir. Xinayana «kichik g‘ildirak» ma’nosini anglatib, 


49
u rasmiy diniy yo‘nalish sifatida mil. av. I asrlarda shakllangan. 
Biroq uning asosiy qoidalari ancha avval, shu jumladan, 
Tripitakada bayon qilingan.
Xinayana ta’kidlashicha, dxarmalar tabiatini o‘rganish va 
nirvanaga erishish ma’naviy yo‘l bilan bo‘ladi. Bu yo‘l juda 
og‘ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga yetishi mumkin. 
Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali 
ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig‘inish»), buddaviylikning 
muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu 
yo‘nalish sharqiy Hindistonda, Shri-Lanka, hindi-xitoy davlat-
larida tarqalgan.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə