Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
DINSHUNOSLIK

xristianlik dinining 
muqaddas kitobi INJIL 
ikki qismdan iborat
Qadimga Ahd 
(Tavrot va Zabur) 
«Ahd» so‘zi xudoning 
insonlar bilan maxsus 
aloqasini bildiradi. Iso Masih 
tug‘ilishidan avval yozilgan. 
Ibriy va oromiy (eski yahudiy) 
tillarida yozilgan
Yangi Ahd 
(Injil) 
Iso Masih tug‘ilganidan 
keyin 1 asrda yozilgan. 
Yangi Ahd matni yunon 
(qadimga grek) tilida 
yozilgan
Injil so‘zi yunoncha «yevangelion» so‘zidan kelib chiqqan 
bo‘lib, xushxabar ma’nosini anglatadi. Unda odamzodni 
qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish Iso Masihning yer 
yuziga yubo rilganligi haqida hikoya qilinadi.
«Injil»ning dastlabki 4 kitobi Iso Masihning hayoti va 
ta’limotiga bag‘ishlangan. Ular havoriylar hamda Yuhanno 
tomonidan yozilgan. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik 
yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Xristianlikning asosiy g‘oyasi – 
Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda 
mavjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor 
haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Xristianlik ota-xudo, o‘g‘il-xudo va muqaddas ruh – «Troitsa» 
to‘g‘risidagi ta’limotni, jannat va do‘zax, oxirat, Isoning qaytishi 
haqidagi va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi.
Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga 
solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy 
tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning 324-yili xris-


52
tianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so‘ng 
amalga oshdi.
325-yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya 
Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 
Unda pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, 381-yili 
Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. II 
Jahon sobori Troitsa haqidagi qoidani ishlab chiqdi va «e’tiqod 
tamoyillari»ni qonunlashtirdi. Konstantinopol patriarxi Rim 
patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga 
ega degan qoidani kiritdi.
395-yilda Rim imperiyasining sharqiy va g‘arbiy qismlarga 
bo‘linib ketishi ikkala cherkovning ikki yo‘ldan ketishiga olib 
keldi.
Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga 
ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian 
olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga 
keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy 
tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan 
edi. 867-yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi Fetiy 
orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054-yili 
rasman tan olindi.
XVI asr boshlarida katolikdan bir necha Yevropa cherkovlari 
ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari 
vujudga keldi. Buning natijasida lyuteranlik, baptistlik, 
anglikanlik va kalvinlik cherkovlari shakllandi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə